3. amaliy. Faol diqqat tezligi va nerv sistemasining ishchanlik qobiliyatini aniqlashni o`rganish. Darsning maqsadi


Download 33.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi33.6 Kb.
#1544947
1   2   3   4
Bog'liq
3. AMALIY. Faol diqqat tezligi va nerv sistemasining ishchanlik qobiliyatini aniqlashni o`rganish.

Ixtiyoriy diqqat haqida ma’lumot. 
Nazariy qism. 
Ixtiyoriy diqqatga odamning irodasi sabab bo’ladi va u ongli ravishda 
qo’yilgan maqsad bilan bog’liq bo’ladi. Ixtiyoriy diqqatning fiziologik asosi bo’lib 
bosh miya katta yarim sharlarining muayyan funksional sistemalarida 
qo’zg’alishning jamlanishi xizmat qiladi, ular tevarak atrofdagi odamning odam 
uchun ahamiyati bo’lgan hodisalarga muvofiq keladi. Shu sababli bu sistemalar 
optimal qo’zg’atuvchanlik xususiyatiga ega bo’ladi. Demak, har qanday zaif, lekin 
shu yo’nalishda harakat qiluvchi qo’zg’atuvchi xuddi ana shu sistemalarni 
qo’zg’atadi, bu esa faol (aktiv) diqqat ko’rinishida yuzaga chiqadi. 
Ixtiyoriy diqqat odamning turmushi va faoliyatida hal qiluvchi ahamiyatga 
ega bo’ladi. Shu tufayli uni o’rganish va takomillashtirishga alohida ahamiyat 
beriladi. Yosh bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida maktabda oladigan 
bilimlari va ko’nikmalari hal qiluvchi rol o’ynaydi. Katta yoshdagi odamning 
diqqati shaxsning o’zi bilan birga rivojlanib boradi. Bu o’rinda mehnatning 
ahamiyati beqiyos. Sog’lom odamlarda diqqatning rivojlanishida, mustahkamlanib 
borishida va kishilarda uning qayta tiklanishida jismoniy mashqlar bilan 
shug’ullanish katta o’rin tutadi. Diqqatning o’ziga xos xususiyati uning 
barqarorligi, uning muayyan ob’ektga uzoq vaqtgacha qarata olishidir. Atrof 
muhitda odamning fikr va kechinmalarida , uning organizimida chalg’ituvchi 
ta’sirotlar (og’riq sezish va hokazolar) qanchalik kam bo’lsa, diqqqatning 
barqarorligi shunchalik oson saqlanib qoladi.
 
Ishni bajarish tartibi:
Ixtiyoriy diqqat tezligini aniqlash. 6

10 sm
2
hajmdagi oq qog’oz teng 
to’rtga bo’linib, tekshiriluvchi tekshiruvchining buyrug’iga asosan qalam bilan har 
bir kvadratga nuqtalar qo’yadi. Birinchi kvadratdan ikkinchi kvadratga o’tish vaqti 
10 sekunt. Nuqtalar sonlar tartibiga qarab qo’yiladi. 





Download 33.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling