3-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Markaziy mikroprosessorning turini aniqlash. Xotira va uning turlarini farqlash. Ishdan maqsad
mikroprotsessorning interfeys tizimi
Download 347.65 Kb.
|
3-Amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intel mikroprotsessorlari.
- Pentium rusumli protsessor.
- Pentium Pro“ rusumli protsessor.
mikroprotsessorning interfeys tizimi — ShKiting boshqa qurilmalari bilan ulanib, aloqa bog’lashni ta’minlaydi; o‘z ichiga MPning ichki interfeysi va xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish portlari (KChP) va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi;
interfeys (ingl. interface) — kompyuterda mavjud qurilmalarni o'zaro ulab, ular o‘rtasida aloqa bog'lash va birgalikda ishlashni ta’minlash uchun mo’ljallangan vositalar majmui; kiritish-chiqarish porti (ingl. I/O — Input/Output port) — mikroprotsessorga ShKning boshqa qurilmasini bog’lash imkonini beruvchi ulash apparati. Intel mikroprotsessorlari. 1971-yilning noyabr oyida Intel korporatsiyasi o'zining uch nafar muhandisi tomonidan ishlab chiqilgan va tijorat maqsadlarida tarqatish uchun mo‘ljallangan dunyoda eng birinchi 4004 rusumli mikroprotsessor yaratilganini e’lon qildi. Bugungi standartlarga ko‘ra juda sodda sanaladigan ushbu mikroprotsessor tarkibida atigi 2300 ta tranzistor bo‘lib, bir soniyada 60 000 ta hisoblash amallarini bajargan. Bugungi mikroprotsessorlar ommaviy ishlab chiqarilayotgan juda murakkab mahsulot bo'lib, o‘z ichiga 5,5 milliondan ortiq tranzistorni mujassam etadi, sekundiga yuz millionlab operatsiyalar bajaradi. Bu borada olib borilayotgan tadqiqotlar esa tobora jadal kechmoqda. Pentium rusumli protsessor. Intel firmasining asosiy yutuqlaridan biri „Pentium" rusumli protsessor yaratilishi bo’ldi. Bu ish 1989-yil iyun oyida boshlandi. Bitta kremniyli asosga 3,1 million tranzistorni birlashtirgan 32 razryadli „Pentium" protsessor o‘zining yuqori unumdorligi bilan tavsiflanadi. „Pentium" protsessorining superskalar arxitekturasi faqat Intel bilan mos keladigan ikki konveyerli industrial arxitekturadan iborat. Bunday arxitektura protsessorga taktli chastotaning bir davri mobaynida bittadan ortiq komanda bajarish orqali ish unumdorligining yangi darajalariga chiqish imkonini berdi. „Pentium" protsessorida amalga oshirilgan yana bir juda muhim takomillashuv — alohida-alohida keshlashtirish jarayoni joriy etilgani bo4di. Ichiga suriluvchi vergulli takomillashtirilgan hisoblash bloki o‘matilganligi bois „Pentium protsessori yuqori darajali hisoblash amallarini bajarish imkonini yaratdi. Tashqi tomondan „Pentium protsessori 32 bitli qurilma bo'lib, xotira qurilmasiga ulangan tashqi ma’lumotlar shinasi 64 bitli sanaladi. “Pentium protsessori kompyuterlarni tovush, ovozli va matnli nutq, fototasvir kabi “real dunyo alomatlari bilan ishlashga o'rgatdi. „Pentium Pro“ rusumli protsessor. 1995-yilning kuzida ishlab chiqarilgan „Pentium Pro“ protsessorlarning oltinchi avlodiga asos soldi. Pentium Pro protsessorlari tilchali chiqish joylarining matritsasiga ega modifikatsiya qilingan SPGA (Staggered Pin Grid Array) korpuslar ichiga solinib tayyorlangan. Zikr etilgan tilchalarning bir qismi shaxmat usulida joylashtirilgan. Bitta bunday korpus (mikrosxema) ichida 2 ta kristall, jumladan: protsessor yadrosi va Intel firmasida tayyorlangan ikkilamchi kesh joylashtirilgan. Ushbu kesh yadro protsessorining chastotasida ishlagan. Bu chastota esa “Pentium Proning jamiki tarixi davomida 150 MHz dan 200 MHz ga ko‘tarildi, xolos. Turli modifikatsiyalarda kesh hajmi 256 Kbaytdan 2 Mbaytgacha bo'lgan. Uning ishonchliligini oshirish uchun ESS-nazorat qo’llanilgan. Mazkur protsessorlar uchun 387 ta chiqish tilchalariga ega soket 8 tayyorlangan. Interfeys qismi simmetrik multiprotsessorli ishlov berish (SMP) uchun 4 tagacha protsessorni bevosita birlashtirish imkonini yaratadi. Funksional-ortiqcha nazorat (FRC) olib borilishi uchun protsessorlarning juft-juft qilib ulanishi ham joizdir. Bunda bir protsessor boshqa protsessorning harakatini tekshirib boradi. Download 347.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling