Tasviriy metod. Geografiyadagi eng qadimgi metodlardan biri. 2 ming yil oldin paydo bo’lgan. Antik davrdagi va o’rta asrlardagi tadqiqotchilar, sayohatchilar nimani ko’rgan bo’lsa shuni tasvirlashgan. XVIII asrlargacha bo’lgan dunyo bo’ylab va boshqa yirik ekspeditsiyalarda ishtirok etgan tabiatshunos olimlar - Aleksandr Gumbolьdt, K.I. Arsenьev, P.P.Semenov-Tyanь-SHanskiy, N.M. Prjevalьskiy, N.N. Mikluxo-Maklay va boshqalar shu metoddan keng foydalanilgan. O’sha vaqtlarda tasviriy metod ancha keng yoyilgan va rivojlangan. XX asrga kelib, yangi va eng yangi metodlarning vujudga kelishi natijasida bu metoddan foydalanish bir qancha susaydi. Mamlakatshunoslik va xalqaro turizimni rivojlantirishga bo’lgan katta qiziqish tasviriy metodning qayta tug’ilishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |