3-amaliy mashg’ulot Mavzu. Metod tasniflarini tahlil etish Amaliy mashg’ulotning maqsadi


Download 106 Kb.
bet9/11
Sana05.01.2022
Hajmi106 Kb.
#233119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5206495635523504705

Kartografik metod. Bu ham eski metodlardan bo’lib, hozirgi davrda maxsus va kompleks xaritalarning tabaqalanish jarayoni kuzatilmoqda. Har bir tabiat komponentlariga alohida maxsus xaritalar (masshtabi turlicha bo’lgan) tuziladi. Jumladan, geologiyasi, geomorfologiyasi iqlim ko’rsatkichlari, suv resurslari, tuproq, o’simlik, hayvonot olami va insonning xilma-xil xo’jalik faoliyati uchun turli masshtabli landshaftlar, kompleks xaritalar bor. Maxsus xaritalar yig’indisi dunyo, O’rta Osiyo, tekislik va tog’lik uchun, alohida respublikalar kabi o’lkalarning atlaslari uchun xosdir. SHaharlar uchun ham, masalan, Toshkent shahrining geografik atlasi. Qisqa davrda bunday atlas va xaritalar bilan tanishib xohlagan materik o’lka yoki biror kichik  joyning qisqacha tabiiy geografik tavsifini berish mumkin.

Eng asosiysi bu metod orqali geografik ob’ektlar, hodisalar va jarayonlarning makonda qonuniy geografik tarqalishini, ularning taraqqiyotida o’zaro aloqadoligini va bog’liqligini aniqlash mumkin.

SHuni alohida qayd etish kerakki, ko’pgina geografik qonuniyatlar (masalan, tabiiy sharoitning, landshaftning zonalligi) tabiiy geografik zonalar chegarasini va boshqa zonal-regional hodisa va jarayonlarni tushirgandan so’nggina ma’lum bo’ladi. Bu metod tibbiy geografiya, amaliy geografiya, geografiyaning maxsus tarmoqlarining yo’nalishida katta ahamiyatga ega.


Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling