3-amaliy mashg’ulot Mavzu. Metod tasniflarini tahlil etish Amaliy mashg’ulotning maqsadi
Download 106 Kb.
|
2 5206495635523504705
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kosmik metod.
Aerofotografik metod. Bu yangi, zamonaviy, eng qimmatli va dolzarb hamda hozirgi bosqichdagi tabiiy geografik muhitning (landshaftlarning) rivojlanishidagi asosiy xususiyatlarni, strukturalarni bilishda zarur metoddir. Aerosuratlar bizga muayyan hududning geotizimlari to’g’risida to’liq ma’lumot bera oladi. Aerosuratlar shu daqiqa uchun geotizim va tabiat komponentlarining modelidir. Bu suratlar rangli bo’lib, stereopara yordamida o’qilsa, landshaft, urochisha, fatsiya tashqi qiyofasi, ularning joylashuv qonuniyati, aloqasi va bog’liqliklari to’g’risida to’liq tasavvurga ega bo’lish mumkin. Aerosuratlar yirik masshtabli xaritalar tuzishda, dala ishlarining o’rnini almashtirishda (dalaga chiqmasdan ishni bajarishi) yoki dala ishlarining muddati va hajmini keskin kamaytirishga yordam beradi. Masalan, ko’lni geografik jihatdan tadqiq etishda: ko’llarning geografik tarqalishi, qirg’oq chiziqlari, kosasi, havzasi, o’simlik qoplami, pichan o’riladigan qirg’oq zonalari, havzaning xarakteri va h.k. o’rganish mumkin.
Qayta aerosuratga olish va oldingi davrdagi aerotasvirlar bilan qiyoslash orqali fasl, yillar davomida geotizimlarning o’zgarishini, dinamikasini o’rganishda ahamiyati cheksizdir. Umuman geografiya fanining rivojlanishida bu metodning ahamiyatini yuqori baholash mumkin. Kosmik metod. Geografik hodisa va jarayonlarni o’rganishda eng yangi va zamonaviy metod bo’lib, kelajakda yana ham takomillashib, ko’proq ahamiyat kasb etib boradi. Bu ham aerosuratlardan foydalanish singaridir. Lekin, undan farq qilib, bunda yirik hududlarni qamrab oladi, xohlagan joyning suratini tez va aniq istalgan masshtabda olish imkoni mavjud. S’yomka juda qisqa vaqt ichida amalga oshiriladi, asosiy va muhim xususiyatlari aniqlanadi. Bularni vertolyot va samolyotlar yordamida aniqlash qiyin. Masalan, Tyanshan tog’ tizmasi, Ural tog’lari va h.k. V. S.Jekulinning geografik tadqiqot metodlari tasnifini tuzing va tahlil eting. V.S.Jekulin bo’yicha geografik tadqiqot metodlari tasnifi
Download 106 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling