3-amaliy mashg’ulot Mavzu. Metod tasniflarini tahlil etish Amaliy mashg’ulotning maqsadi


Download 106 Kb.
bet2/11
Sana05.01.2022
Hajmi106 Kb.
#233119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5206495635523504705

Dialektik metod. Tabiat va jamiyat tarqqiyotidagi hodisa va jarayonlarni bilishda qo’llaniladi va asosiy metodlardan biri sanaladi. Bu metodning asosiy mohiyati shuki, unda barcha tabiat komponentlari doimo dinamik birlikda va o’zaro ichki qarama-qarshilikda rivojlanadi, deb, qaraladi. Tabiatda kuzatiladigan har qanday hodisani sabab va oqibatsiz tasavvur etish qiyin. Tabiatning biror komponentiga ta’sir etilsa, boshqalarini ham muqarrar ravishda o’zgartiradi. Bularni dialektik metod ilmiy asosda yechishga yordam beradi. Narsa va hodisalarni bevosita dala sharoitida o’rganilayotganda ularning nimalarga aloqadorligini, rivojlanishidagi qarama-qarshiliklarini bilish va o’zgarishlarini to’g’ri baxolay olish zarur.

Dalada, asosan landshaft, urochisha, fatsiyalar kabi komplekslar sinchkovlik bilan o’rganiladi. Ularning rivojlanishidagi yetakchi va ikkinchi darajali komponentlarni (litologiyasi, relьefi, mikroiqlimi, suvlari) ajratish va baholash muhim ahamiyatga ega.

Har bir geotizim qarama-qarshiliklar birligidan iboratdir va qarama-qarshi tomonlarning kurashi uning taraqqiyotini belgilaydi. Xohlagan fatsiya, urochisha, landshaft o’zgarmas va abadiy emas. Dialektik metod komplekslarning taraqqiyotini oldindan bilishga imkon beradi, komplekslardagi o’zgarishni aniqlaydi, bir vaziyatdan boshqa vaziyatga (holatga) va hatto boshqa kompleksga aylanishini avvalroq aniqlashga yordam beradi. Masalan, soy, tog’ oldi tekisligi, jar, irmoq yoyilmalari qisman yoki butunlay boshqa komplekslarga aylanishi mumkin. Ya’ni yoyilma darajasida o’zining chuqurlatishi oqibatida yonbag’ir, terrasa komplekslariga aylanib ketadi. Yoyilmaning boshqa yo’nalishida ham taraqqiy etishi ehtimoli bor. Bu ko’proq iqlim va yangi zamon tekonik haraktlarining xarakteriga bog’liq. Yoyilmaning o’sishi va maydonning ortishi bilan boshqa fatsiyalar tarkib topadi: botqoqlashgan qismlar, quruq o’zanlar, qoldiq o’zan ko’llari va h.k. Ba’zan yoyilma fatsiyasi tektonik harakat, iqlim va suv eroziyasining ta’sirida rivojlanib keyinchalik urochishaga, urochisha esa landshaftga ham aylanishi mumkin.

Dialektik metodning mohiyatini Mirzacho’lning o’zlashtirilishi misolida yaqqol ko’rish mumkin. CHo’lni dastlab o’zlashtirganda paxtadan mo’l hosil olingan. Yillar o’tishi bilan hosildorlik tobora kamaya borgan. Tadqiqotlar natijasida tuproqning sho’rlanishi sababchi ekanligi aniqlandi. SHo’rlanishga esa yer osti suvlari sathining ko’tarilishi sababchi ekanligi ma’lum bo’ldi.  Yer osti suvlari sathini pasaytirish maqsadida zovurlar (ochiq, yopiq va vertikal) qazildi, tuproq tarkibidagi sho’r (tuz) ni yuvish uchun yaxob suvlari quyildi va h.k. Bu yerda inson xo’jalik faoliyatida tabiat komponentlarining o’zaro uzviy aloqada va yaxlit birlikda rivojlanishi, agarda birorta komponentga ta’sir etsa boshqalari ham o’zgarishi mumkinligi hisobga olinmagan. Natijada inson tabiatni o’ziga qarshi qilib qo’ydi. Demak, birinchi yer osti suvlari sathining o’zgarishi tabiiy muhitning tubdan o’zgarishiga olib keladi.

Har qanday narsa paydo bo’ladi, rivojlanadi va o’z umrini tugatib, ikkinchi sifatga o’tadi. Biroq, ma’lum davrgacha o’z barqarorligini saqlab turadi.


Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling