Ekspeditsiya metodi. Qadimgi, lekin zamonaviy usullar bilan boyitilayotgan metoddir. Odatda eng katta maydonlarda vaqt davomida sekin o’zgarayotgan hodisa va jarayonlarni o’rganishda qo’llaniladi. Bunda motorlashtirilgan (avtomobil, samolyot, vertolyot, qayiq) transport turlari va ot-ulov yordamida tadqiqot ishlarini bajaradi. Bu metod boshqa metodlar (aerokosmik, xaritalashtirish) bilan birgalikda olib boriladi. SHunda tadqiqot ishlarining natijasi sifatli bo’ladi, muddati qisqaradi va samarali natijalar bilan yakunlanadi.
Dala materiallarini to’plaganda komplekslarni, komponentlarni o’rganish va chegaralarini aniqlash katta ahamiyatga ega. Masalan, relьef shakllari va elementlariga (tiplariga) bog’liq holda komplekslarni joylashuvi, landshaft tiplari, ularning o’zlashtirish darajasi, tuproq, o’simlik turlarining, ko’l, botqoqliklarning hududlar bo’ylab tarqalishi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |