3-amaliy mashg`ulot Mavzu: Soha tili asoslari reja


Download 27.09 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi27.09 Kb.
#1523804
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu (1)

Arab yozuvi
Oʻzbekistonda 1929-yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920-yillarning oʻrtalaridan Oʻzbekistonda arab yozuviga keng hujum boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning, savodsizligimizning, dindorligimizning sababchisi deb eʼlon qilindi. 19291930 oʻquv yilidan Oʻzbekiston lotin yozuviga oʻtdi va biz oʻzbek xalqining asrlar davomida yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik.
Yanalif
1929-yildan boshlab arab yozuvidan yangi lotin vozuviga (yanalif) oʻtilgan. U 1940-yilgacha ishlatilgan.

Kirill yozuvi
1940-yilda Oʻzbekistonda kirill yozuviga oʻtildi. Buning natijasida 19291940-yillar oraligʻida chop etilgan ilmiy, badiiy, pedagogik, oʻquv adabiyotlardan uzilib qoldik.
1940-yildan 1991-yilgacha oʻrta hisob bilan oʻzbek tilida 50 ming nomda 50 million nusxada kitoblar chop etilganini (bunga shu yillari nashr etilgan jurnal, gazetalar kirmaydi) hisobga olsak, biz yana lotin yozuviga oʻtishda qanchadan-qancha adabiyotdan yiroqlashishimiz mumkinligi ayon boʻladi.
Lotin yozuviga koʻchish
Lekin, dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari (ularni sanab oʻtirishning hojati yoʻq) lotin yozuvidan foydalanadilar. Shuning uchun ham hozirgi eng zamonaviy texnika, tabiiy fanlar yoki ijtimoiy tadqiqotlar haqidagi adabiyotlar shu yozuv asosida yoritiladi. BMT, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarning xabar qilishlaricha, yangi texnika, texnologiya va fanga tegishli adabiyotlarning 80 foizi lotin yozuvida chop etilar ekan.
Demak, Oʻzbekistonni dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga qoʻshilishi uchun lotin yozuviga oʻtish maqsadga muvofiq deb topilganligi sababli Oʻzbekistonda hozirgi kunda loti yozuviga asoslangan o’zbek alifbosidan foydalanilmoqda..
Ijtimoiy-siyosiy leksika
Ijtimoiy-siyosiy leksika lug‘aviy sistemaning jamiyat siyosiy hayoti yoki siyosiy tizimiga bevosita aloqador bo‘lgan hodisalar, jarayonlar va munosabatlarni ifodalovchi ayni vaqtda, ijtimoiy-tarixiy, iqtisodiy, madaniy, diniy, ma'naviy-ma'rifiy kabi omillar asosida shakllanuvchi o‘zgaruvchan qatlamidir. U quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Har qanday ijtimoiy-siyosiy leksikaning tarkib topishida turli tabaqa va sinflar ijtimoiy guruh va etnik qatlamlar, xalqlar va davlatlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar muhim rol o‘ynaydi;
2. Ijtimoiy-siyosiy leksika muayyan ijtimoiy tuzum bilan bog‘liq holda mavjud bo‘ladi va rivojlanadi.
Ijtimoiy-siyosiy leksikaning rivojlanish xususiyatlariga asosan quyidagilarni kiritish mumkin:
1) ijtimoiy-siyosiy leksemalarning faollashuvi;
2) ijtimoiy-siyosiy leksemalarning ma'no taraqqiyotiga uchrashi;
3) yangi ijtimoiy-siyosiy o‘zlashmalarning paydo bo‘lishi;
4) ijtimoiy-siyosiy qatlamga mansub yangi yasalmalarning vujudga kelishi.

O‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy leksemalari mavzu jihatidan quyidagicha tasnif qilindi.


1. Davlat boshqaruviga oid leksemalar;
2. Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni ifodalovchi leksemalar;
3. Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni ifodalovchi leksemalar;
4. Ijtimoiy tabaqalanishga oid leksemalar;
5. Davlat hujjatlarini ifodalovchi leksemalar;
6. Diplomatiyaga oid leksemalar.
Yangicha ma'no qirralari bilan boyigan terminlarga senat, senator, parlament, palata, departament, fraksiya, fermer, uklad, piket, absentizm kabilar misol bo‘la oladi.
Bizga ma’lumki, ommabop uslub – matbuot, radio, teleko‘rsatuvga xos bo‘lgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat bo‘ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Har bir xabarga ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo‘yiladiki, bu hol o‘quvchining diqqatini jalb qiladi.
Ilm-fan, texnika, qishloq xo’jaligi va san'atga oid tushunchalarning aniq nomini bildiruvchi bir ma'noli so'z va birikmalar terminlar deyiladi.
Terminlar yig'indisi va shu terminlarni o 'rganuvchi soha terminologiya deyiladi. Termin grekcha terminos so 'zidan olingan bo'lib, chek, chegara ma'nolarini bildiradi.
So'zlar fan va texnikaning ma'lum tarmog'ida qo'llanilib, iste'mol doirasi chegaralangan ma'noda ishlatilsa terminlarga aylanadi.
Termin aniq, konkret tushunchalarni bildirib, his-hayajon ma'nolaridan xoli bo’ladi. So 'zning ma'nosi murakkab bo'lib, unda tushuncha qo'shimcha ma'no va uslubiy belgilarga ega bo‘ladi.
Terminlar rasmiylashgan so 'zlar bo'lganligi sababli respublika miqyosida, hatto dunyo miqyosida bir tushunchani anglatadi.
Termin soha terminlari tizimining bir elementi bo'lib, har doim bir tizim doirasida qo 'llaniladi.
Termin kasbiy ma’no bildiruvchi, kasbiy tushunchani ifodalovchi va shakllantiruvchi ayrim obyektlar va ular o‘rtasidagi aloqalarni muayyan kasblar nuqtai nazaridan bilish hamda o‘zlashtirish jarayonida ishlatiladigan so‘z yoki so‘z birikmadir.
Iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab- baravar ishlatilaveradi. Bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, haridor, bozorchi, olib-sotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir.
O ‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganish, ularni tartibga solish, terminologik lug‘atlar tuzish kabi qator chora-tadbirlar XX asrning 20-yillari o‘rtalaridan boshlangan.
1984-yilda O ‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Respublika Muassasalararo terminologik komissiya (RMTK)ning Atamashunoslik qo’mitasi tashkil etilgan.
Atamashunoslik qo‘mitasi ilm-fan, ishlab chiqarishning turli sohalariga oid terminologik lug‘atlar seriyasini chiqara boshladi.
Tilning o‘z qatlamiga mansub so‘zlar uning shakllanish davrida qanday narsalar muhim o‘rin tutganini, tilning lug‘at tarkibi esa xalq nima to‘g‘risida fikr yuritganini ko‘rsatib turadi.
Navoiy asarlarida faqat umumturkiy iqtisodiy atamalar qo ‘llanib qolmay, ularning arabcha, fors-tojikcha sinonimlari o‘z ifodasini topganki, quyida keltiriladigan misollar shundan dalolat beradi: savdopisha- savdogar-savdogarchilik; sarmoya-davlat-mablag‘; bay’ona-baho, qiymat, bay puli; manfaat-foyda- daromad; boj-xiroj; dastmoya-farmoya-naqd- pul-naqdina; narx-baho; nafaqa-maosh-xarajat va boshqalar.
Asrlar mobaynida arab, fors, tojik tillari o‘zbek tili leksikasining boyishida o‘z o ‘rnini egallab kelgan bo‘lsa, qayd etilgan davrdan boshlab bu rolni rus tili o‘ynay boshladi. Rus tilining o‘zbek tili leksikasi taraqqiyotiga ta’siri bu tildanfaqat so‘zlar olishdangina iborat bo ‘lmay, lug‘at boyligining oshishiga, so‘z yasashning ayrim jihatlariga va semantik tizimning kengayishiga ham ta’sir ko‘rsatdi.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:






  1. Download 27.09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling