3-amaliy mashg’ulot Mavzu: Tafakkur patologiyasi
Download 25.89 Kb.
|
3-mavzu
Obsessiv fikrlash obsessiv-kompulsiv buzilishlar, anankastli va vahimali shaxsiyat buzilishlari uchun xarakterli. О’ta qimmatli fikrlash yuqori qimmatli fikrlashni, yoki emosional bо’lgan fikrlashni о’z ichiga oladi, ular su'bekt о’ziga xos e‘tiborli ma‘noga ega. Ayrim stenik shaxsiyatlarda rivojlanadi, ulardan halos bо’lish hissi va xohishi bо’lmaydi, ammo psixik hayotida dominirlanadi, hamma qolgan sabab va tanbehlarni siqib chiqarib tashlaydi. О’ta qimmatli hosilalar namunasi bu jahonning revolyusion transformasiya, kashfiyot fikri, shu jumladan doimiy dvigatel, yoshlik eliksiri, falsafa toshining kashf etilganligi; cheksiz sonli psixotexnika yordamidagi jismoniy va ahloqiy barkamollik fikri; sudda ishni kо’rish yordamida aniq shaxsga qarshi sudlashish va kurash fikri; shu jumladan kolleksiya yig’ish bо’yicha о’ta qimmatli g’oyalar, buning uchun Bemor qolgan butun umrini shu predmetni yig’ishga bag’ishlaydi.
О’ta qimmatli fikrlash paranoyal buzilishli shaxslar uchun xarakterlidir. Tuzilmasi bо’yicha fikrlashning buzilishi - mantiqiy tizm buzilishi, fikrlashning ravonligi va bog’liqligining о’zgarishiga bо’linishi mumkin. Mantiqiy tizm bо’yicha fikrlashning о’zgarishi Mantiqiy tizm bо’yicha fikrlashning о’zgarishi paralogik, prelogik, autistik, simvolik, ambivalent, formalizlovchi, identifisirlovchi va konkret-vaziyatliga bо’linadi. Fikrlash tipining har biri shaxsiy mantiqqa asoslangan. Paralogik fikrlash – taqqoslab bо’lmaydigan vaziyatlar, xodisalar, holatlarning birlashishi; zid fikrlarni obrazlarni ihtiyorsiz bir tushunchani boshqasi bilan almashtirish yordamida birlashishi. Assosiativ aloqalarning hosil bо’lishi va qurilish jarayonining о’zi buziladi, bunda bemorlar о’zining kasallik mintaqasidan kelib chiqib, о’zining xulosalarini beradi. Masalan, bemor vrachga uni uch kundan sо’ng psixiatrik kasalxonadan chiqarishlarini, chunki ―oyna tashqarisidagi qarg’a uch marotaba qag’illadi deyishi mumkin. Shizofreniya uchun xarakterli. Prelogik fikrlash – yuqorida biz tomondan bayon etilgan mifopoetik fikrlash ekvivalenti. Psixopatologiyada bunday fikrlash sehrgarlik, mistika, psixoenergetika, diniy bid'at, masxarabozlik fikri obraz va ifoda yordamida tо’lg’azilishi bilan harakterlanadi. Butun olam poetik, mantiqiy his ramzlarida tushunilishi mumkin va intuitiv tasavvurlardan kelib chiqib tushuntiriladi. Bemor shunga ishonganki, tabiat yoki shaxsiy hissiyotlar belgilari asosida emas, balki u о’zini shunday to‘tishi kerak. Bunday fikrlash regressiv deb hisoblanishi mumkin, chunki u bola fikrlashini eslatadi. Shunday qilib, qadimiy xalqlarga xarakterli bо’lgan prelogik fikrlash arxiatik mantiqni ishlatadi. О’tkir xissiy vasvasaga shaxsiyatning isterik buzilishlariga xarakterli bо’lib, kо’proq aqliy zaiflikda uchraydi. Austik fikrlash – Bemorning shaxsiy fantaziyalar olamiga berilib ketish, bunda simvolik formada tо’liq qiymatga ega bо’lmagan komplekslar kompensirlanadi. Tashqi sovuqqonlikda, reallikdan parishonlik, befarqlik, boy, g’alati va ba‘zida Bemorning fantastik ichki olami hayratda qoldiradi. Bu fantaziyalarning bir qismi vizualizlangan tasavvur bilan birga kechadi, ular Bemorning ijodiy mahsulini tо’ldiradi, chuqur falsafiy ma‘no bilan tо’ldirilishi mumkin. Shunday qilib, shaxsiyatning rangsiz sahnalari orqasida ruhiy hayotning dabdabali ziyofatlari rо’y beradi. Boshqa vaqtlarda esa emosional holatning о’zgarishida Bemor-autistlar о’zining ijodiy fantaziya sini ochiq namoyon etishi mumkin. Bu holat ―autizm teskarisiga deb belgilanadi. Autist-bolada qisman boy fantaziyalar, va hattoki ba‘zi bir ilm sohasida yuqori natijalar, masalan falsafa, astronomiya, moddiy aloqani, qarashni, koordinirlanmagan motorli va dvigatelli stereotiplarni chetlab о’tib niqoblanadi. Autistlardan biri simvolik tarzda о’z olamini tasvirladi: ―о’z ijodiyoti aylanasi bilan tashqaridan kо’rimsiz bo’lib qolishi. Autistik fikrlash fantaziyali mantiqda quriladi, ongsiz individual motivasi dan kelib chiqqan holda tushunarli bо’lib, stressga yuqori sezgirlikning о’ziga xos kо’rinishidir. Shuning uchun autistik olamning о’ziga xos qochishi hisoblanadi. Shizofreniya, shaxsiyatning shizotipik va shizoid buzilishlari uchun xarakterli, ammo aksentuasiyalarda, ya‘ni psixik sog’lomlarda uchrashi mumkin. Simvolik fikrlash bemorning о’ziga tushunarli bо’lgan simvollarni produsirlanishi bilan xarakterlanadi, ular favqulotda baland-parvoz va о’ylab topilgan sо’zlar bilan (neonologizm) ifodalangan bо’lishi mumkin. Ya‘ni, masalan, Bemorlardan biri sо’zlarni shunday tushuntiradi: ―sifilis – ―jismoniy kuchli (―silniy fizicheskiy), ―tuberkulez sо’zini esa ―juda yaxshi kо’rganimni olaman (―tuberu, qotoruyu lyublyu do slez). Boshqacha aytganda, oddiy murakkab tushuncha (simvol) madaniyat (kollektiv ongsiz), diniy kinoya, ma‘naviy guruhlar hususiyatidan kelib chiqib izohlanishi mumkin, bunda simvolik mulohaza shaxsiy chuqur ongsiz yoki о’tmishdagi tajriba asosida izohlanadi. Shizofreniya uchun xarakterli. Fikrlashning ambivalentligi (ambitendentlik) – psixik faolliyatda antogonistik (qarama-qarshi) tendensiyaning mavjudligi, fikr, intilish, niyat, bemorning harakati qarama-qarshi ikkilanganlikda kо’rinadi, bu esa xulqning adekvat emasligidan dalolat beradi. Ambivalent fikrlashning klassik misolini mashhur trilogiya ―Uzuklar hukmdori» dan personaj Smegul namoyish etgan, bunda u о’zining yomon yarmi – uning о’zini ichida yashovchi Gorlum bilan kurashishga majbur bо’lgan. Yoki, masalan, bemor о’z onasini ayovsiz kaltaklaydi, ammo buni shu bilan tushuntiradiki, u ―uni juda qattiq yaxshi kо’radi. Shizofreniya va shaxsiyatning buzilishida xarakterli. Formalizlovchi fikrlash shu tariqa u ham byurokratik deb nomlanishi mumkin. Bunday Bemorlarning kognitiv hayoti qonunlari, reglamentlar va sxemalar bilan tuldirilgan bо’lib, ular odatda ijtimoiy atrofdan olinadi yoki tarbi bilan bog’liqdir. Bu sxemalardan tashqari chiqishning ilojisi yо’q, agarda reallik ularga taalluqli bо’lmasa, u holda bunday shaxsiyatlarda vahima, e'tiroz yoki nasihatga intilish yuzaga keladi. Ma‘nosi bо’yicha yaqin bо’lgan formalizlovchi fikrlash rigid fikrlash qiymatiga ega, bunda sub‘ekt о’z nuqtai nazarini о’zgartirmaydi, hattoki navbatdagi zaruratda buni qilishda va qiyinchilik bilan bir ma‘noli konstruksiyadan boshqasiga о’tishda ham. Shaxsiyatning buzilishi va organik buzilishlar uchun xarakterli. Identifirsirlovchi fikrlash shu bilan harakterlanadiki, bunda inson о’z fikrlashida ma‘no, ifoda va tushunchalardan foydalanadi, aslida uning о’ziga taalluqli emas, boshqalarga, kо’pincha avtoritar, dominant shaxslarga taalluqlidir. Mazkur fikrlash identifikasiya loyiha mexanizmi bilan bog’langan. Bog’liq va dissosial buzilishli shaxslar uchun xarakterli. Konkret vaziyatli fikrlash tushunib bо’lmaydigan murakkab ma‘naviy ta‘rif va aniq izohlash abstrakt tushunchasini xarakterlaydi. Sodda sо’zli formalarda rasmiy va aniq mantiq bilan ifodalanadi. Masalan, savolga – siz bu matalni qanday tushunasiz ―Olma olma daraxti tagiga tushadi? Bemor javob beradi ―Olmalar har doim daraxt tagiga tushadi. Aqli zaif va demensiya uchun xarakterli. Download 25.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling