3-amaliy mashg’ulot Mavzu: Tafakkur patologiyasi


Ravonligi bo'yicha fikrlashning о’zgarishi


Download 25.89 Kb.
bet5/5
Sana16.04.2023
Hajmi25.89 Kb.
#1359092
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu

Ravonligi bo'yicha fikrlashning о’zgarishi
Fikrlashda amorflik va yoyilib ketganlik gapning ayrim qismlarini ma‘nosi bо’yicha о’zaro bog’liklikda ifodalanadi va hattoki alohida gaplarda aytilgan umumiy ma‘noda chetlashishida ham. Aytilganni umumiy ma‘nosini ifodalay olmay yoki savolga tо’g’ri javob beraolmay Bemor ―suzmoqda, yoki ―yoyilib ketmoqdadek taassurot uyg’otadi. Shaxsiyatning shizoid buzilishi va aksentuasiya uchun xarakterli.
Nasihatgо’y fikrlash savolga tо’g’ridan-tо’g’ri javob berishdan kо’ra, masala bо’yicha, samarasi bilimdonlik qilish, faylasufona fikr yuritishda, muhokamalar ifodalanadi. Shunday qilib, bir Bemorning xotini о’z eri haqida shunday deydi: ―U shunday aqilliki, ba‘zida uni nima haqida gapirayotganligini butunlay tushunib bо’lmaydi, ammo uni hamma ham hurmat qilavermaydi, faqat aqillilargina, umuman esa, u bilan u bu narsalar, xalqaro krizis, masalan moda, kino haqida gaplashib о’tirishni yaxshi kо’raman. Shizotipik buzilishlar, shizofreniya, alkogolizm uchun xarakterli.
Batafsil fikrlash detallashtirish, alohida detallarda tutilib qolish bilan xarakterlanadi. Bemor oddiy savolga javob berayotganda ham, mayda tafsilotlarga chuqurlashishga harakat qiladi, kerak bо’lmagan ikr-chikirlarda tutilib qoladi, asosiy ma‘noni ikkinchi darajalidan ajrata olmaydi. epilepsiya, organik buzilishlar uchun xarakterli. Qiyin harakatli (torpidlik, harakatsizlik, giluvchanlik) fikrlash – fikrlarning ketma-ketligida qiyinchilikning ifodalanishi. Bemorlar savolni tushunib olishlari uchun katta kuch sarflaydilar, ammo, gapirishni boshlab, qiyinchilik bilan boshqa mavzuga о’tadilar yoki tо’xtab qoladilar. Bunday bemorlarning fikrlash jarayoni va butun psixik faolliyati kо’mir tо’ldirilgan vagonlarni slatadi. Bemorlarning nutqi va harakati torpedli bо’ bir yangi narsani tan olish va tushunishni qiyinligini ifodalab, о’jarlik bilan xarakterlanadi. Agarda bu yangi taklif uning uchun foydali bо’lsa ham, yoki bu ma‘noviy formulirovka foydali ma‘lumotga ega bо’lsa ham, о’z fikrini о’zgartirishdan bosh tortib, bemor о’z nuqtai nazarida qat'iyat bilan turib oladi.
Rigid fikrlash kognitiv yoki bilish xususiyatining pasayishi bilan kechadi, kо’pincha boshlang’ich demensiya bilan hamohang bо’ladi va yoshi kattalarda uchraydigan qon-tomir patologiya lariga xosdir, ammo epilepsiyada ham, shaxsiyatning buzilishi, aqli zaiflikda ham uchraydi. Bog’lanishga kо’ra fikrlashning о’zgarishi Tematik sirg’anish suhbat mavzusining tо’satdan о’zgarishi va aytilayotganlar orasida bog’lanishning yо’qligi bilan harakterlanadi. Masalan, ―Sizning nechta bolangiz bor? savoliga, Bemor shunday javob beradi: ―Mening ikki farzandim bor ... ertalabdan kо’proq yeb qо’ydim shekilli. Tematik sirg’anish fikrlash va nutqning о’ziga xos strukturasining belgilaridan biri – shizofreniya, bunda alohida gaplar orasida parologik aloqaning ehtimoli bor. Yuqorida keltirilgan misolda, jumladan kо’rsatilgan aloqa bolalar bilan, ertalab ular rad etgan ovqatni Bemorning о’zi eb qо’yganligi bilan aniqlanadi.
Uzib tashlangan fikrlash – bunda bemor jumlalarni tо’g’ri quradi, ammo mantiqiy bog’liqlik ular orasida mavjud emas. Inkogerent fikrlash (aloqasiz) – bunday fikrlashda gapdagi alohidagi sо’zlar orasida bog’liqlik bо’lmaydi, kо’pincha bir sо’zni takrorlash yuzaga keladi (perseverasiya).
Verbigerasiyafikrlashning buzilishi, sо’zlar orasidagi bog’lanishgina buzilib qolmasdan, balki bо’g’inlar orasida ham, Bemor alohida tovush va bо’g’inlarni stereotip talaffuz etishi mumkin. Fikrlashning uzib tashlanganlikning turli darajalari shizofreniya uchun xarakterli.
Nutq stereotiplari alohida sо’zlarning qaytarilishi kо’rinishida ifodalanishi mumkin, shu tariqa ibora yoki gap. Bemorlar bir voqeani, latifalarni bir necha marotaba takrorlab, gapirib berishi mumkin. (―gramafon plastinka simptomi). Ba‘zida tik turadigan aylanmalar о’chib qolish bilan kechadi, masalan, Bemor quyidagi iborani aytadi: ―Bosh og’rig’i ba‘zida meni bezovta qiladi. Bosh og’rig’i ba‘zida meni... Bosh og’rig’i meni... Bosh og’rig’i... Bosh…. Nutq stereotiplari shizofreniya va demensiya uchun xarakterli.
Download 25.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling