2-chizma. 1:1000 000 masshtabli karta varag’i nomenklaturasi
3-chizmada 1:1000 000 masshtabli karta trapetsiyasi nomenklaturasi bilan ko’rsatilgan.
1:1000 000
3 -chizma
1:1 000 000 karta varag’i nomenklaturasi qator harfi va ustun nomeridan yig’iladi masalan N -34.
Bitta 1:1000 000 masshtabli karta varag’ida 4 ta 1:500 000 masshtabli karta varag’i millionli karta varag’larini tashkil etadi va millionli varag’ nomenklaturasiga A, B, V, G bosh harflarni qo’shib belgilanadi - N - 34 - A (4-chizma), 9 ta 1:3000 000 masshtabli karta varag’larga bo’linadi. Millionli varaq nomenklaturasi oldiga joylashadigan I dan IX gacha rim raqamlari bilan belgilanadi - I-N-34 (5-chizma), 1: 200 000 masshtabli kartaning varag’i 1:1000000 masshtabli karta varag’ining 1/36 qismini tashkil qiladi va 1:1000000 varaq nomenklaturasidan keyin joylashgan rim raqamlari bilan belgilanadi - N-34-VII (6-chizma).
1:100000 masshtabli karta varag’ini hosil qilish uchun 1:1000000 masshtabli karta varag’i 144 qismga bo’linishi va 1 dan 144 gacha arab raqamlari bilan belgilanishi kerak N-34-37.
1:1000 000
4 – chizma
1:1000 000
5 – chizma
1:1000 000
6-chizma
1:1000 000
7-chizma
Berilgan misol uchun bu karta varag’larining nomenklaturalari mos ravishda N -34-A, I- N -34, N-34-VII, N-34-37 larga bo’ladi.
1:100 000
8-chizma
1:100000 masshtabli karta varag’i undan yirik masshtabdagi karta varag’larini bo’lish va nomenklaturasini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
1:100000 masshtabli karta varag’ida 4 ta 1:50000 masshtabli karta varag’lari joylashadi va ular rus alifbosining bosh harflari A,B,V,G bilan belgilanadi. Varaqning o’lchamlari kenglik bo’yicha =10', uzoqlik bo’yicha 15' ga teng deb olinadi (9-chizma).
1:100 000
Do'stlaringiz bilan baham: |