3-amaliy mashgulot: Tovarshunoslik tahlilida qollaniladigan meyoriy hujjatlar. Mashg‘ulotning maqsadi
Ekspluatatsiya (foydalanish) hujjatlari
Download 241.49 Kb. Pdf ko'rish
|
4-3 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil bajarish uchun vazifalar: 1-vazifa.
Ekspluatatsiya (foydalanish) hujjatlari
Har bir tibbiy asbob-uskuna ishlab-chiqaruvchi korxona tomonidan foydalanish hujjatlari bilan butlanadi. Dori vositalariga ulardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar, qadoqlarning yorliqlarida esa nomi, qabul qilish tartibi, yaroqlilik muddati, ishlab chiharilgan sana, turkumi va h.k. ko‘rsatiladi. Asboblar yoki buyumlar bilan birga qutiga solinadigan yoki qutining qopqog‘iga elimlanadigan yorliq bilan ta'minlanadi. Yorliqda buyumning nomi, uning belgisi yoki indeksi, texnik ma'lumotlar, standart raqami yoki TSh, buyumni qabul qilish, bitta qadoqdagi mahsulot to‘g‘risidagi ma'lumotlar, ishlab chiharilgan sanasi ko‘rsatiladi. Murakkab mahsulotlarga pasport yoki formulyar –varaqa ilova qilinadi. Pasport – mahsulotning asosiy ustuvorliklari va tavsiflarini o‘zida jamlagan hujjatdir. Mazkur hujjatda mahsulot, uning texnik ma'lumotlari, etkazib berish to‘plami, qabul qilish shahodatnomasi, korxonaning kafolat majburiyati va saqlash haqida qadoqlashga doir umumiy ma'lumotlar ko‘rsatiladi. Yangi mahsulotlarga ular uchun zarur bo‘lgan ishlatilganligi va ishonchliligi haqidagi varaqa – formulyar ilova qilinadi. Unga asbobning ishlatilganligini hisobga olish daftari va texnik xizmat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi varaqchalar va ma'lumotlar kiritiladi. Zarur hollarda mahsulot bilan birga texnik ta'rifnoma va foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma etkazib beriladi. Ko‘pincha ushbu hujjatlar bitta to‘plamga birlashtiriladi. Murakkab mahsulotlar uchun foydalanish hujjatlari tarkibiga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta'mir uchun zarur bo‘lgan texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma kiritiladi. Mustaqil bajarish uchun vazifalar: 1-vazifa. Tavsiya etilgan tibbiyot buyum sifatini tekshirish uchun me'yoriy hujjatni to‘g‘ri tanlab oling va ushbu hujjat bo‘limlariga izoh bering. 2-vazifa. Tavsiya etilgan asbobni sifat tahlilini hamda qadoqlash va saqlash tartibini me'yoriy hujjat (ГОСТ, TSh) asosida ko‘rib chiqing va ish daftaringizga yozing. 3-vazifa. Berilgan me'yoriy hujjat turini aniqlang, uni asosida tibbiyot buyumini sifatiga baho bering va ko‘rsatkichlarini sinash usullarini sanab chiqing va ish daftaringizga yozing. 4-vazifa. Tibbiy texnika do‘koniga Alton-test‖ elektrokardiografi keltirildi, ishlab chiqaruvchi - Rossiya. U qanday foydalanish hujjatlari bilan komplektlanishini ta'riflang va ish daftaringizga yozing. Download 241.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling