3-amaliy mashgulot: Tovarshunoslik tahlilida qollaniladigan meyoriy hujjatlar. Mashg‘ulotning maqsadi


Download 241.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana20.09.2023
Hajmi241.49 Kb.
#1682520
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-3 мавзу

  
  
Tayanch atama va iboralar. Standart, standartlash, me'yoriy 
hujjatlar toifalari, xalharo standartlar, davlat standartlari, milliy 
standartlar, tarmoq standartlari, korxona standartlari.


Nazariy qism:  
Standartlar tayyor mahsulot sifatiga talablarni, sifat ko‘rsatkichlari, 
ularni nazorat qilish va sinash usullari va vositalarini, buyumlarning
vazifasi va ulardan foydalanish shartlariga bog‘liq holda ishonchlilik va 
chidamlilikning zarur darajasini belgilaydi.
Standart, bu – manfaatdor tomonlarning aksariyat ko‘pchiligining 
roziligi asosida ishlab chiqilgan va muayyan sohada tartibga solishning 
optimal darajasiga erishishiga qaratilgan faoliyatning har xil turlariga 
tegishli qoidalar, umumiy tamoyillar, tavsiflar, talablar va usullardan 
umumiy va ko‘p marta foydalanish maqsadida belgilanadigan, tan 
olingan idora tomonidan tasdiqlangan me'yoriy hujjatdir.
Standartlash jarayonida tibbiyot tovarlarni Yuksak sifatini 
ta'minlash katta ahamiyat kasb etadi. Standartlash bo‘yicha Xalharo 
tashkilot kengashi tomonidan qabul qiingan ta'rifga ko‘ra, standartlash – 
foydalanish shartlari va havfsizlik talablariga rioya qilishda, umumiy 
oqilona tejamkorlikka erishish uchun manfaatdor tomonlarning foydasi 
va ishtirokida muayyan soha bo‘yicha faoliyatni tartibga solish 
maqsadida qoidalar belgilanishi va qo‘llanishidir.
Standartlash maqsadlariga quyidagilar kiradi:  
- mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlar ( bundan keyin 
―mahsulotlar‖) sifati va nomenklaturasi masalalarida iste'molchilar va 
davlat manfaatlarini himoya qilish, odamlar hayoti va sog‘lig‘i 
havfsizligini, atrof-muhit muhofazasini ta'minlash;
- fan va texnika taraqqiyoti, aholi va xalq xo‘jaligi ehtiyojlariga 
muvoffiq mahsulotlar sifatini oshirish;
- mahsulotlarning mutanosibligi va o‘zaro almashinuvini 
ta'minlash;
- iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash;
- savdoda
texnik
to‘siqlarni bartaraf
etish, jahon 
bozorida
raqobatbardoshlikni ta'minlash;
- xalq 
xo‘jaligi 
ob'ektlarining 
havfsizligini 
ta'minlash. 
Standartning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- iste'molchi va davlat manfaatlari yo‘lida mahsulotlar sifati va 
nomenklaturasiga optimal talablarni belgilash;
- davlat, 
respublika 
fuharolari 
va 
eksport 
ehtiyojlari, 
tayyorlanayotgan mahsulotning ishlanmasi, ishlab chiqarilishi va 
qo‘llanilishi, shuningdek bu hujjatlardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat 
qilish uchun tegishli talablarni belgilaydigan me'yoriy hujjatlar tizimini 
yaratish;
- texnologik jarayonlarga nisbatan talablarni belgilash;


- mahsulotni standartlash sohasida xalharo hamkorlik bo‘yicha 
ishlarni tashkil qilish va uning natijalaridan foydalanish;
- sinovlarning 
me'yoriy-texnik 
ta'minoti, 
mahsulotni 
sertifikatlash, baholash va sifatini nazorat qilish;
- metrologik me'yorlar, qoidalar va talablarni belgilash;
- O‘zbekiston Respublikasining xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini 
qondirish maqsadida mahalliy standartlar va texnik shartlar sifatida 
xorijiy mamlakatlarning xalharo mintaqaviy va milliy standartlarini 
bevosita qo‘llanishini kengaytirish.

Download 241.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling