3-amaliy mashgulot: Tovarshunoslik tahlilida qollaniladigan meyoriy hujjatlar. Mashg‘ulotning maqsadi
Standartlash sohasida me'yoriy hujjatlarning toifalari
Download 241.49 Kb. Pdf ko'rish
|
4-3 мавзу
Standartlash sohasida me'yoriy hujjatlarning toifalari.
Standartni ishlatilishiga qarab standartlash organ va xizmatlari turli darajaga bo‘linadi: xalharo standart (davlatlar aro); milliy standart (davlat ichida) davlat standarti; tarmoq standarti. O‘zbekiston Respublikasida standartlash ishlarini ―Uzstandart‖ davlat Agentligi olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi hududida standartlash –ob'ektlariga nisbatan talablarni belgilaydigan me'yoriy hujjatlarning quyidagi toifalari amal qiladi: - Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligining xalharo standartlari (ГОСТ); - O‘zbekiston Respublikasi standartlari (O‘z RS); - texnik shartlar (O‘z TSh); - birlashmalar, firmalar, kontsernlar, korxona va boshqa xo‘jalik sub'ektlari standartlari (O‘z S); - xorijiy mamlakatlar (GMP, ISO, xalharo Farmakopeyalar, MEK va boshqalar) ning xalharo mintaqaviy va milliy standartlari. Sobiq SSSRning davlat standartlari (ГОСТ) - MDH davlatlarining davlatlararo standartlari- Rossiya va boshqa davlatlar tomonidan qabul qiingan milliy standartlash idoralari Farmoishi asosida o‘zgartirilmasdan ishlatishga ruxsat berilgan. Masalan: 1973 yilda tibbiy asboblar bo‘yicha 1926-73 ГОСТ belgilab qo‘yilgan, ya'ni asboblarni sinash usullari, rusumlash, qadoqlash qoidalari, tashish va saqlash usullari belgilangan. Ommabop bog‘lash ashyolari, kesuvchi va qisuvchi asboblar, bir martalik shpritslar va h.k. bo‘yicha ham ГОСТ lar mavjud. O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari (Qz‘ Dst) – ommabop mahsulotlar uchun belgilanadi, O‘zbekiston Respublikasi hududida (Meditsinskie izdeliya , 2003 yil 17 martda joriy etilgan) davlat boshqaruv idoralari, xo‘jalik Yurituvchi sub'ektlar tomonidan qo‘llanishga majburdir. Milliy standartlar- respublika standartlash milliy idorasi tomonidan qabul qiingan bo‘lib, ular mahsulot, xizmatlarga ishlab chiqariladi. Milliy standartlar toifalariga quyidagilar kiritilgan: Tarmoq standartlari- ushbu sohaning barcha korxonalari, shuningdek ushbu soha mahsulotlaridan foydalanuvchi korxonalar va boshqa tarmoqlarga mansub tashkilotlar uchun majburiydir. Masalan, tibbiyot texnikasi tarmog‘i tibbiy-texnik vositalarni ishlab chiqaruvchi barcha korxonalarni qamrab oladi. Korxona standarti- korxona tomonidan tayyorlanadi va qabul qilinadi. Tovarni ishlab chiqarish jarayonini o‘ziga xos hususiyatlarini aks ettiradigan xujjat bo‘lib, o‘z ichida sifatiga qo‘yiladigan talablarni mujassam ettiradi (ГОСТ va tarmoq standartlari talablaridan past bo‘lmasligi kerak). Tayyor tibbiy tovarlar sifatini nazorat qilish amalga oshiriladigan asosiy me'yoriy hujjat, bu – Texnik shartlar (O‘z TSh) dir. Tibbiy buyumlarga nisbatan TSh da quyidagilar belgilanadi: a) buyumning vazifasi; b) toifalah; v) asosiy o‘lchov-hajmlari; g) texnik talablar; d) butlanganlik; e) qabul qilish qoidalari va sinov usullari; j) rusumlash, qadoqlash va saqlash. Download 241.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling