3 Amaliy mashg’ulot: Vitamin b ning mikrobiologik sintezi


Download 480.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana06.09.2023
Hajmi480.51 Kb.
#1673576
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 amaliy mashg\'ulot

V2 -vitamini 
V2 - vitamini(riboflavin)- hujayraning nafas olishi, oqsillar va yog‘lar 
sintezida, asab tizimining holatini boshqarishda, buyrak funksiyasini boshqarishda 
ishtirok etadigan ko‘pgina fermentlar tarkibiga kiradi. Uning yetishmasligi 
oqibatida ko‘pincha o‘sish sekinlashib, oqsillar almashinuvi buziladi. V2 - 
vitaminiga kunlik talab, jo‘jalar uchun 1 t ozuqaga 3-4 grammni (kristall holatdagi 
preparat), cho‘chqalar uchun esa 100 kg tirik vaznga 10-15 mg ni tashkil etadi.
V2 - vitaminini yetarli miqdorda mikroskopik zamburug‘lar, bakteriya va 
ba’zi bir achitqi turlari sintez qiladidar (18-jadval).
V2 - vitaminini sintez qiladigan maxsuldorli shtammlardan biri mikros-
kopik zamburug‘ Eremothecium ashbyii bo‘lib, u kultural suyuqlikdagi 1 g quruq 
moddada 6000 mkg gacha riboflavin hosil qiladi. Ozuqa preparati bo‘lgan V2 - 
vitaminini ishlab chiqarishning mikrobiologik texnologiyasi juda oddiy bo‘lib, u 
quyidagi bosqichlardan iborat:
Ekish materiali olish;
Fermentatsiya;
Kultural suyuqlikni quyultirish;
Konsentratni quritish.


Mikroorganizm-produsent sifatida ko‘pincha Eremothecium ashbyii mikros-
kopik zamburug‘i qo‘llaniladi. Ozuqa muhiti tarkibini 1-3% uglevodlar (glyukoza 
qiyomi, melassa yoki gidrol), 3-8% makkajo‘xori ekstrakti yoki achitqi avtolizati, 
azot manbai (ammoniy nitrat), mikroelementlar, ba’zi bir vitaminlar va 
aminokislotalar tashkil etadi.
KulturalapHi fermentyorlarda suyuq ozuqa muhitida o‘stirish 28-30°C 
haroratda doimiy aralashtirish va aeratsiyada 80-84 soat davomida olib boriladi. 
Fermentatsiya tugagach, kultural suyuqlikka issiqlik bilan ishlov beriladi va 
vakuum ostida bug‘lantiriladi, bunda quruq modda 30-40% namlik saqlashi lozim. 
Bug‘lantirilgan konsentrat purkab quritgich moslamada quritiladi. Ozuqa preparati 
bo‘lgan V2 vitamini to‘qsariq-qoramtir rangda bo‘lib, namligi 10% dan ko‘p 
bo‘lmaydi. Tayyor preparat tarkibida 10 mg/g dan kam bo‘lmagan V2 -vitamini, 
shuningdek, boshqa V guruh vitaminlarini (V1 , V3 , V6 , V12) va nikotin 
kislotasini saqlaydi.

Download 480.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling