3 Amaliy mashg’ulot: Vitamin b ning mikrobiologik sintezi
Download 480.51 Kb. Pdf ko'rish
|
3 amaliy mashg\'ulot
V12-vitamini
Polimer bo‘lmagan birikmalar ichida vitamin V12 eng murakkab tuzilishga ega. Bu α-(5,6-dimetilbenzimidazol) kobalamidsianiddir. Tabiatda V12 -vitamini va unga qardosh korrinoid birikmalar mikroor- ganizmlar hujayrasida, hayvon va ayrim o‘simliklarda (no‘xat, loviya bargi va boshqalar) topilgan. Lekin vitamin V12 ning yuksak o‘simliklarda uchrashi oxirigacha aniqlangan emas. Achitqi zamburug‘i va mitselial zamburug‘lar kabi tuban eukariotlar korrinoidlar hosil qilmaydi. Hayvon organizmi mustaqil vitamin sintez qilish qobiliyatiga ega emas. Prokariotlar ichida korrinoidlar biosintez qilish qobiliyatiga ega bo‘lganlari keng tarqalgan. Propionibac-terium turkumining vakillari vitamin V12 ni faol ishlab chiqaradi. Propion kislotali bakteriyalapHi tabiiy shtammlari 1,0-8,5 mg/l korrinoidlar hosil qilish qobiliyatiga ega, P.shermanii M-82 nomli mutant olingan bo‘lib, bu mutantni o‘stirish orqali 58 mg/l gacha vitamin V12 olinadi Propionibacteriaceae oilasining boshqa vakillari ham borki, ular vitamin V12 ni hujayrada ko‘p miqdorda to‘plash qobiliyatiga ega. Shulardan biri Eubacterium limogumdir(Butyribacterium rettgerii). Vitamin sintez qiluvchi produsent sifatida ko‘pgina aktinomitsetlapHing vakillari amaliy ahamiyatga ega. Haqiqiy vitamin V12 ni bir qancha miqdor da Nocardia rugosa ham sintezlaydi. Mutatsiya va tanlash yo‘li bilan N.rugasa ning mutant shtammi olingan, u 18 mg/l gacha vitamin V12 to‘playdi. Faol vitamin ishlab chiqaruvchilar Micromonospora turkumi vakillari ichida ham kuzatilgan. Yuqori kobolamin sintezlovchi faollikka metanogen bakteriyalar ham egadirlar, masalan: Methanosarcina barkeri, M.vacuolata va galofil tupHing ayrim shtammlari Methanococcus halophilus 1 l ozuqa muhitida 16 mg gacha korri- noidlapHi sintez qiladilar. Vitamin V12 ni faol sintez qiluvchilar orasida psevdomonadalar ham bor, bulapHing orasida boshqalariga nisbatan yaxshiroq o‘rganilgan shtamm Ps.denitrificans MB-2436-mutant bo‘lib, mo‘tadillangan muhitda 59 mg/l gacha korrinoid sintez qiladi. Bu shtammdan vitamin V12 ni sanoat sharoitida olish AQShda yo‘lga qo‘yilgan. KorrinoidlapHi Rhodopseudo monas palustris, fototrof purpur bakteriyalar Rhodobacter sphericus, Rh.capsulatus, Rhodopspirillum rubrum, Chromatium vinosum va bir qancha boshqa turlar ham sintezlaydilar. Bir qancha miqdorda vitamin V12 ni sianobakteriya Anabaena cylindrica, bir hujayrali suv o‘ti Chlorella pyrenoidasae va qizil suv o‘ti Rhodo-sorus marinuslar ham hosil qiladilar. Vitamin V12 sintezlovchi mikroorganizmlar oziq-ovqat xom-ashyolari asosida tayyorlangan muhitlarda o‘stiriladi. Shu maqsadda soya uni, baliq uni, go‘sht va makkajo‘xori ekstraktidan keng foydalaniladi. Keyingi yillarda oziq- ovqatda ishlatilmaydigan xom-ashyolarda ham yuqori sifatli korrinoidlar hosil qiladigan mikroorganizmlar ham topilgan. Achromobacter sp. izopropil spirt-dan uglerod va energiya manbai sifatida foydalanib, 1,1 mg/l gacha provitamin to‘playdi. Pseudomonas sp. metanolli muhitda yoki propandiol bilan (160 mkg/l gacha) vitamin V12 sintezlaydi va shunga o‘xshash boshqa bir qancha mikro- organizmlar ham metanolli muhitda vitaminni hosil qilish qobiliyatiga egadir. Download 480.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling