3 Amaliy mashg’ulot: Vitamin b ning mikrobiologik sintezi
Download 480.51 Kb. Pdf ko'rish
|
3 amaliy mashg\'ulot
1-chizma. V12 - vitamini ozuqa konsentratini ishlab chiqarishning
texnologik chizmasi Chorvachilik amaliyotida ishlatish uchun vitamin V12 ni termofil metan hosil qiluvchi bakteriya bilan aralashgan kulturalardan foydalaniladi. Korri-noidlar hosil bo‘lishi faqat aralashgan kulturada emas, balki metan hosil qiluvchi bakteriyalapHing toza kulturasida ham aniqlangan. Metan hosil qiluvchi bakteriyalarda korrinoidlarning miqdori quruq biomassada 1,0-6,5 mg/l gacha to‘planadi. Metan hosil qiluvchi bakteriyalapHing aralash kulturasi yordamida ozuqa preparati V12 vitamini (KMB-12) olish usuli ishlab chiqilgan (4-chizma). V12 - vitamini ozuqa konsentrati ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari quyidagi asosiy bosqichlardan iborat: 1. Aseton-butilli bardalarni bijg‘itish; 2. Metanli brajkani stabillashtirish; 3. Brajkani quyultirish; 4. Quyiltirilgan brajkani quritish; 5. KMB -12 preparatini joylash va qadoqlash. Metanli bijg‘ish uchun substrat sifatida aseton butilli va spirtli barda xizmat qiladi. KMB-12 vitamin V12 (100 mg/kg preparatda) quruq konsentrati tarkibida boshqa bir qancha o‘sishni tezlashtiruvchi moddalar ham bor. Ayniqsa, vitamin V12 antibiotiklar, aynan biomitsinning, kichik miqdori bilan birgalikda ishlatilganda chorvachilikda yaxshi natijalar beradi. Amerikada cho‘chqa va parrandalar uchun maxsus ishlab chiqarilayotgan omuxta ozuqalapHing hammasi vitamin V12 bilan boyitiladi. Vitaminlar guruhiga mikroorganizmlar orqali sanoatda olinadigan riboflavinni (vitamin V2), ergosterinni (yog‘da eriydigan vitamin D2 olish uchun asosiy mahsulot hisoblanadi), korotinoidlarni va boshqalarni kiritish ham mumkin. Download 480.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling