3 Amaliy mashg’ulot: Vitamin b ning mikrobiologik sintezi
V12 vitaminini olish va uni qo‘llash
Download 480.51 Kb. Pdf ko'rish
|
3 amaliy mashg\'ulot
V12 vitaminini olish va uni qo‘llash
V12 vitamining dunyo bo‘yicha bir yilda ishlab chiqarilish hajmi 9-12 ming kilogrammni tashkil qiladi. Undan 6500 kgi tibbiyot maqsadlari uchun foydalaniladi, qolgan qismi esa chorvachilikda qo‘llaniladi. Vitamin V12 ishlab chiqarish asosan propion kislotali bakteriyalapHi o‘stirishga asoslangan (Rossiyada, Buyuk Britaniyada, Vengriyada). Rossiya va Vengriyada mezofil va termofil metonogen bakteriyalardan ham foydalaniladi. Italiyada aksino-mitsetlar va shunga yaqin bakteriyalar asosida vitamin V12 olinadi. Vitamin V12 ni olish uchun bakteriya anaerob muhitda, makkajo‘xori ekstrakti solingan glyukoza, kobolt tuzi, ammoniy sulfatli aralashmada o‘stiriladi. Bijg‘ish jarayonida hosil bo‘lgan kislota ishqor eritmasi bilan neytrallash- tiriladi, 72 soatdan keyin muhitga vitamin tarkibiga kiruvchi oraliq modda -5,6-DMB (5,6- dimetilbenzimidazol) solinadi. Fermentatsiya 72 soatdan keyin tamomlanadi. Vitamin V12 bakteriya hujayra-sida to‘planadi. Shuning uchun bijg‘itish tamom bo‘lgandan keyin separatsiya qilinadi, undan vitamin, pH 4,5-5,0 gacha nordonlashtirilgan suv bilan, 85-90 ⁰S da 60 min. stabilizator sifatida 0,25% li NaNO2 colingan eritma bilan ekstraksiya qilinadi. Vitamin V12 ning suvdagi eritmasi sovutiladi, pH ni 5,0% li NaOH eritmasi bilan 6,8-7,0 gacha olib boriladi. Eritmaga oqsilni kaogulyatsiya qilish uchun Al2(SO4)3·18H2O va suvsiz FeCl3 qo‘shiladi so‘ngra zich-filtr orqali filtr-lanadi. Eritmani tozalash ion almashuvchi smolali SG-1 da olib boriladi, undan kobolaminning ammiak eritmasi bilan elyusiya qilinadi. Keyin vitaminning suvdagi eritmasida organik eritmalar bilan qo‘shimcha tozalash ishlari olib boriladi, parlantiriladi va kolonkada Al2O3 bilan tozalanadi. Ammoniy oksididan kobolamin suvli aseton bilan elyusiya qilinadi. Vitaminning suv-aseton eritmasiga aseton qo‘shiladi va 3-4 ⁰S, 24-48 soat ushlab turiladi. Cho‘kmaga tushgan vitamin kristali filtrlanadi, toza aseton va tibbiyotda ishlatiladigan efir bilan yuviladi so‘ngra vakuum-eksikatorda P2O5 ustida quritiladi. Ko- V12 ni parchalanib ketmasligi uchun hamma jarayonlar kuchli qorong‘i qilingan xonalarda yoki qizil nurli yorug‘likda olib boriladi. Shunday qilib, faqatgina CN - kobolamin oksidi aralashmasini olish mumkingina bo‘lib qolmasdan, yuqori terapevtik samaraga ega bo‘lgan vitaminning koferment ko‘rinishini ham olish mumkin. Rossiyaning mikrobiologiya sanoati kobalaminlapHing turli xil ko‘rinishdagi davolash preparatlarini ishlab chiqaradi: ampulada (CN- V12 sterilizatsiya qilingan eritmasi bilan, 0,9% li NaCl eritmasi aralashmasi), tabletkada (CN- V12 folievoy kislota bilan aralashmasi), (mukovit), tarkibida CN- V12 mukoproteid shaklida tayyorlanib, dori-xonalarda sotiladi. Ampulada sotiladigan: kompolon, antianemin va gepovit kabi davolash preparatlarining – tarkibiga katta shoxli mollar jigarining suvdagi ekstrakti qo‘shilgan. Rossiyada sanoat miqyosida vitamin V12ni propion kislotali bakteriyalardan olish yo‘lga qo‘yilgan va u tibbiyot talabini to‘laligicha qondiradi. Sut achituvchi mahsulotlapHi vitamin - V12 bilan boyitish maqsadida, toza holdagi propion kislotali bakteriyalar hamda sut zardobida tayyorlangan konsentrat ko‘rinishda foydalaniladi. Quyida vitamin V12 ozuqa konsentratsisini ishlab-chiqarishning texnologik chizmasi keltirilgan (1-chizma): Download 480.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling