3-amaliy mashg‘ulot. Xorijiy va milliy sertifikatlashtirish tizimlari tamoyillari (2 soat)


Sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha jamiyat


Download 141.04 Kb.
bet8/8
Sana18.06.2023
Hajmi141.04 Kb.
#1576302
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-amaliy mashg\'ulot

Sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha jamiyat (DQS). Germaniyada sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha Amaliy ishlarni olib boradi.

Sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha DQS jamiyati faoliyat olib borib, u firma va kompaniyalarning majburiy bo‘lmagan holda ya’ni ixtiyoriy ravishda murojaatlarini qabul qiladi. Bundan tashqari RW TUV va bir necha xalqaro miq’yosda tanilgan Germaniya kompaniyalari ham sertifikatlashtirish ishlari bilan shug‘ullanishadi.

Yaponiya sertifikatlashtirish tizimi faoliyati. Yaponiyada asosan ixtiyoriy sertifikatlashtirish ishlari mavjud bo‘lib, hozirgi bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, raqobat tufayli majburiy sertifikatlashtirishga aylangan. Mahsulotlarni ixtiyoriy sertifikatlashtirish bilan birga ularning turli tekshiruvlari ham olib boriladi. Mahsulot yoki xizmatlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha 25 dan ortiq qonunlar mavjud bo‘lib, bularning ba’zilari faqatgina mahsulotlarni tekshiruvlarini olib borish faoliyatiga qaratilgan.


Standartlarga muvofiqligini kafolatlovchi, hamda sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha eng taniqli tashkilotlardan biri Yaponiya sanoat standartlari komiteti (JISC) bo‘lib, u tomonidan ishlab chiqilgan standartlar qator vazirliklar tomonidan (qishloq xo‘jalik, tashqi savdo va sanoat, o‘rmonchilik, baliqchilik, qurilish, aloqa xizmati va maoriflarda) qabul qilingan. Oziq-ovqat, qishloq xo‘jalik va o‘rmonchilik mahsulotlari uchun JAS standartlari talablari asosida sertifikatlashtirishda ishlari olib boriladi. Yaponiyada qishloq xo‘jalik assotsiatsiyasi tomonidan ham standartlar ishlab chiqilib, u qishloq xo‘jalik va o‘rmonchilik mahsulotlarini standartlashtirish va tamg‘alashga mo‘ljallangan.
Baliqchilik va o‘rmonchilik xo‘jaliklarida nazoratni ushbu vazirlik tomonidan ro‘yxatga olingan mustaqil tashkilot olib boradi.
Mahsulotlarga qo‘yilgan VCCI belgisi mahsulotning elektromagnit moslashuvchanligini bildiradi. Ushbu belgini olish va uni mahsulotlar yorlig‘iga qo‘llash ixtiyoriy sanaladi.
SG – belgisi 50 dan ortiq turdagi mahsulot va tovarlar uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, bu belgi ularning xavfsizligi haqidagi kafolat belgisi hisoblanadi, T – belgisi mamlakat ichki bozor savdosi va sanoat vazirligi tomonidan belgilangan bo‘lib, import mahsulotlar ya’ni elektrotexnika mahsulotlarining xavfsizligi belgisini bildiradi.



Yaponiyada uchta shakldagi sertifikatlashtirish amal qilinadi: majburiy sertifikatlashtirish, qonuniy talablarga muvofiqligini tasdliqlash, milliy standartlarga muvofiq ixtiyoriy sertifikatlashtirish.
Majburiy sertifikatlashtirishni hukumat tasarrufidagi idoralar va ixtiyoriy sertifikatlashtirishni xususiy idoralar shug‘ullanishadi.

Yaponiya qonunlarida turli xil mahsulotlar va turli toifadagi tavsiflari hamda xavfsizliklarini belgilanadi.

Xitoy sertifikatlashtirish tizimi. Xitoy Xalq Respublikasi (XXR)da standartlashtirish faoliyati davlat qonunlari va qarorlari orqali boshqariladi va takomillashtiriladi, bu qonun va qarorlar Xitoy xalq vakillar yig‘ilishida (XXVY) yoki Xitoy yuqori tashkilotlar idoralari huquq doirasida qabul qilinadigan farmoyish va buyruqlar asosida bajariladi. Metrologiya, standartlashtirish, mahsulotning sifatini nazorat qilish, eksport va import mahsulotlari bo‘yicha qabul qilingan qonunlarda o‘z aksini topgan. 1991 yil may oyida Xitoy Xalq Respublikasida (XXR) sertifikatlashtirish, mahsulotlarni sifatini aniqlash bo‘yicha qoidalar ishlab chiqilgan. Mahsulotning sifatini aniqlovchi eng asosiy tashkilotlardan biri Davlat texnik nazorat byurosi (DTNB) va Davlat import-eksport tovarlarining boshqarmasi (DIETB) eksportga chiqariladigan va import bo‘yicha olib kiriladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirishni nazorat qiladi.


Xitoyda milliy standartlarga amal qilish, sog‘liqni saqlashdagi talablar, ekologiya va insonlarni muhofaza etish talablari majburiydir.
Qolgan standartlar faqatgina qo‘llanishga tavsiya etilib, ammo sertifikatlashtirish tizimi talablariga ko‘ra import bo‘yicha mamlakatga mahsulotlarni olib keluvchi shaxslarda sifat sertifikati bo‘lishi shartligi belgilangan. Bu hollarda mahsulot tekshiruvdan o‘tgandan so‘ng talablarga javob berganligi tasdiqlansa unga sertifikat beriladi.
Xitoyda import va eksport mahsulotlar uchun quyidagi belgilar mavjud:
- Sog‘liq uchun xavfli emas belgisi – CCIB uning rangi havo rangda bo‘lib, H indeksi bilan belgilangan bo‘lsa «sog‘liq» belgisi sifatida qabul qilinadi.
- Xavfsizlik belgisi - CCIB harflari sariq rang bo‘lib, S indeksi bilan belgilangan bo‘lsa “xavfsiz” deb qabul qilinadi.
- Sifat belgisi - CCIB harflari qizil rangli bo‘lib, Q indeksi bilan belgilangan bo‘lsa sifatli deb qabul qilinadi.
Yuqorida aytib o‘tgan belgilarimizni ishlatishga ruxsat, mahsulot o‘rnatilgan tartibda tekshiruvdan o‘tgandan so‘ng beriladi.

Rossiya Federatsiyasida sertifikatlashtirish milliy tizimini yaratilishi. Rossiya davlat standartining sertifikatlashtirish va akkreditlash tizimlarini tashkil etish bo‘yicha Butunrossiya standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti (Всероссийский научно-исследовательский институт стандартищации - ВНИИС) bosh tashkilot bo‘lib hisoblanadi.


ВНИИС dunyodagi sertifikatlashtirish sohasidagi ilg‘or tajribalarni mujassamlashtirib, Rossiyani dunyo bozorida mahsulot savdo sotig‘i bo‘yicha teng huquq bilan qatnashishiga asos solmoqda.
Institut Rossiya davlat standarti (Rosdavstandart) tashkilotining akkreditlash sohasi bo‘yicha vakolatli tashkiloti hisoblanib, shunga asoslangan holda u akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalarining ustidan nazoratni ham amalga oshiradi.
Bu tashkilot tomonidan korxonalarni sertifikatlashtirish sohasiga taalluqli yetarli axborot va uslubiy materiallar bilan ta’minlash, malaka oshirish maqsadida sanoat xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil qilinib, shu bilan birga ularga bu sohalar bo‘yicha turli maslahat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Rossiyada sertifikatlashtirish tizimi “ГОСТ sertifikatlashtirish tizimi”deb yuritiladi. Bu ochiq tizim bo‘lib, har bir tashkilot yoki korxona, agar uning qoidalari bilan rozi bo‘lsa va ularga amal qilsa, unga kira olishi mumkin.
“ГОСТ” tizimiga asos qilib, ISO va МЭКlarning me’yoriy hujjatlari, shuningdek EN 45000 seriyali Yevropa norma (standart)lari olingan. Tizimning asosiy qonun-qoidalari, tuzilishi va tartiblari 1991-yilda davlat standartlari tomonidan belgilangan.
Rossiyada sertifikatlashtirishni maxsus akkreditlangan Idoralar, sinov laboratoriyalari amalga oshiradi.
Sertifikatlashtirishni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha harajatlar murojaat qilgan tomon hisobidan bo‘ladi.
Harajatlarni to‘lash yo‘li har xil bo‘lishi mumkin: sertifikatlashtirish xizmati uchun bir yo‘la to‘lash orqali, hamda sertifikatlashtiriluvchi mahsulot (sifat tizimlari)ni nazorati uchun vaqti-vaqti bilan yoki muvofiqlik belgisidan foydalanganligi uchun to‘lash orqali.
Yetakchi mamlakatlarning amaliy tajribalarini qo‘llagan holda, quyidagi xizmatlar uchun bir yo‘la haq to‘lash qabul qilingan:

  • talabnomalar va boshqa sertifikatlashtirish bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizalari uchun;

  • mahsulot sinovlarini o‘tkazish uchun;

  • sifat tizimlarini baholash va (yoki) sertifikatlashtiriluvchi mahsulot chiqaradigan korxonani attestatlash uchun;

  • muvofiqlik sertifikatini berish haqidagi qaror qabul qilinganligi, uni rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun.

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligini (MDX) tashkil qilinishi munosabati bilan sobiq Ittifoqdagi standartlarning ishlatishni chegaralash muddatlari 1992 yildan bekor kilinishiga kelishilgan. Shu maqsadda ilgarigi ba’zi standartlar hozirda ham o‘z kuchlarini yo‘qotgani yo‘q.
Rossiya davlat standarti qo‘mitasi va ВНИИС ko‘pgina, dunyoda obro‘li, sertifikatlashtirish bo‘yicha tan olingan mamlakatlar tizimlari bilan aloqalarni yaxshilash yo‘lida ish olib bormoqdalar. Ular bu sohadagi ishlarini rivojlantirish bilan bir qatorda, mamlakatdagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sertifikatlashtirilishini boshqa mamlakatlarda tan olishligiga harakat qilmoqdalar. Shu maqsadda ВНИИС sifat tizimlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha juda ko‘p chet el davlat tashkilotlari va xalqaro darajada tan olingan tashkilotlar bilan o‘zaro aloqada ishlash bo‘yicha bitimlari mavjud.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida bir-birining ish natijalarini tan olish maqsadida Buyuk Britaniya, Fransiya, Shveysariya, Kanada va boshqa mamlakatlar bilan ham ikki tomonlama kelishuv imzolangan bo‘lib, bunga ko‘ra quyidagilar ko‘zda tutilgan:

  • sertifikatlashtirish bo‘yicha ekspert-auditorlar tayyorlovchi yagona maktab yaratish;

  • sertifikatlashtirish maqsadida o‘tkaziladigan baholash auditlarida birgalikda tekshiruv o‘tkazish;

  • sifat tizimlarini sertifikatlashtirish idorasining “sifat tizimlarini sertifikatlashtirishda javobgar bo‘lgan sertifikatlashtirish idoralari uchun umumiy mezonlar” ISO\МЭК 65 raqamli me’yoriy hujjatga muvofiq alohida tashkilotni tuzish bo‘yicha ish boshlash.

Bundan tashqari metrologiya, standartlashtirish, akkreditlash masalalari va bu soha uchun mutaxassislar tayyorlash va boshqa shunga o‘xshash masalalar ham shu kelishuvlarda ko‘zda tutilgan.
Yuqoridagi qayd qilingan uchta masalalardan bugungi kunda ikkitasi to‘liq amalga joriy qilingan.
Bu kelishuvlar doirasida muntazam ravishda ekspert-auditorlarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda, hamkorlikda tayyorlangan sertifikatlashtirish bo‘yicha mutaxassislarning hammasi o‘qish yakuniga qarab Rosdavstandart qarori bilan ekspert-auditor sifatida ro‘yxatga olindi.
Rossiyada sertifikatlashtirish milliy tizimining vujudga kelishini turli tizimlar majmui holida yoki aniq mahsulot bo‘yicha sertifikatlashtirishda yoxud majburiy va ixtiyoriy tus olgan sinovlarning turlari bo‘yicha ifodalash mumkin.
Hozirgi vaqtda “Iste’molchi xuquqlarini himoyasi haqida” qonuniga binoan havfsizlik va ekologik parametrlar bo‘yicha mahsulotning sertifikatlashtirish tizimlari yanada takomillashtirilmoqda.
Rossiya Federatsiyasida sertifikatlashtirish tizimlari to‘rtta darajadagi idoralardan iborat.
Birinchi darajadagi idoraga Rossiya Federatsiyasining sertifikatlashtirish milliy idorasi kiradi. U Rosdavstandarti bo‘lib, sertifikatlashtirish bo‘yicha respublikada tashkiliy ishlarni boshqaradi va xalqaro hamkorlikni ta’minlaydi. Uning vazifasiga quyidagilar kiradi:

  • mahsulot (xizmat)ning sertifikatlashtirilishini Rossiya hududida o‘tkazishning umumiy qonun-qoidalarini belgilash;

  • xalqaro va mintaqaviy setrifikatlashtirish tizimlariga qo‘shilish va sertifikatlashtirish natijalarini o‘zaro tan olish haqida qaror qabul qilish;

  • lozim topilgan hollarda Rossiya Federatsiyasining tashqi mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlarida va xalqaro tashkilotlarda vakolatxonasiga ega bo‘lish.

Ikkinchi darajadagi idoralar - bular qonunda ko‘rsatilgan bo‘ladi yoki hukumat Qarorlari bilan davlat tashkilotlariga yuklatiladi va buni markaziy sertifikatlashtirish tizimlarining idoralari deb ataladi.
Uchinchi darajadagi idoralarga aniq mahsulotni sertifikatlashtirish idoralari kiradi. Bular akkreditlanish doirasiga qarab sertifikatlashtirishni o‘tkazuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalardir.
To‘rtinchi darajadagi idoralarga akkreditlangan sinov laboratoriyalari kiradi. Akkreditlanishi doirasiga qarab, aniq sinovlar yoki ularning aniq xillarini qonuniy ravishda amalga oshiradi.
Mahsulotning sertifikatlashtirilishi natijasida so‘rovchiga sertifikat, hamda litsenziya kelishuviga asosan aniq namuna uchun muvofiqlik belgisini ishlatish xuquqi beriladi.
Sertifikatlashtirish sohasidagi hamma ishlar kelishilgan holda manfaatdor bo‘lgan tomonlarga yetkazilishi shart. Faqat tijorat sirlarini tashkil etuvchi xabarlar bundan mustasno hisoblanadi.
3-amaliy mashg‘ulotni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1. O‘zbekiston respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi haqida ma’lumot bering.
2. Xalqaro sertifikatlashtirish faoliyatining milliy sertifikatlashtirish tizimi bilan aloqadorligi haqida bahs-munozara yuriting.
3. Qanday xorijiy sertifikatlashtirish tizimlarini bilasiz?
4. Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish faoliyatida xalqaro sertifikatlashtirishning qanday o‘rni bor?
Download 141.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling