3-amaliy mashg‘ulot. Xorijiy va milliy sertifikatlashtirish tizimlari tamoyillari (2 soat)
M ustaqil Hamdo‘stlik Davlatlarida sertifikatlashtirish faoliyati
Download 141.04 Kb.
|
3-amaliy mashg\'ulot
M ustaqil Hamdo‘stlik Davlatlarida sertifikatlashtirish faoliyati. MHD davlatlarida 1992 yilda imzolangan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi siyosiy kelishuvni yuritish to‘g‘risidagi Kelishuvga asosan sertifkatlashtirish bo‘yicha faoliyat olib boriladi.
Davlatlar Kelishuvi nizom asosida hamkorlik – Kelshuv qatnashchilari milliy sertifikatlashtirish tizimini ISO/МЭК qo‘llanmalari asosida shakllantiradi va Ushbu sohadagi usullar bilan boyitib borishadi. Butun dunyoda mahsulotning sifati, xavfsizligi nazorat tekshiruv xizmatlari tomonidan olib boriladi. Xavfsizlikni nazorat qilish usullari bir qancha usuliyatlarga asoslanib ko‘pgina idora va tashkilotlar orqali amalga oshiriladi. Davlat tekshiruvlari asosan standart talablari to‘g‘ri bajarilganligi, sanitariya-gigiena qoidalari bajarilganligi ustidan nazoratni va boshqa ko‘rsatkichlarni tekshirishlar esa iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tashkilotlari tomonidan olib boriladi. Davlat nazorat idoralari umumiy tekshiruvlarni bajarishmay, faqatgina nomuvofiq mahsulotlar bo‘yicha huquqiy choralar ko‘rishadi. Ko‘pgina davlatlarning qonunlari mahsulotlarning talablarga javob berishi to‘g‘risida alohida texnik reglamentlardan iborat. Yevropa davlatlari ma’lumotlariga ko‘ra Fransiya standartlashtirish assotsiatsiyasida (AFNOR) va Yevropa assotsiatsiyasida (EACT) 5000 dan ortiq nomdagi mahsulotlar sertifikatlashtirilib, sertifikatlashtirish bo‘yicha 300 ta tizim faoliyat olib boradi, bu ishda 7000 dan ortiq sertifikatlashtirish idoralari faoliyat ko‘rsatadi. Sertifikatlashtirish azaldan sanoatda va rivojlangan davlatlarda foydalanilgan. Bu esa o‘z navbatida ushbu davlatlar bozorida nomuvofiq va standart talablariga, me’yoriy texnik hujjatlarga javob bermaydigan mahsulotlarining paydo bo‘lishidan himoya qilgan. Bitta mahsulotga har xil standart va texnik me’yorlar belgilanishi jahon bozorida xalqaro savdo-sotiqqa sun’iy to‘siqni vujudga keltiradi. Shuning uchun sertifikatlashtirish, teng hamkorlik bilan standartning uyg‘unligini va sertifikatlashtirishning qoidalariga mos kelishligi savdo-sotiqda hamkorlik qilishda muhim o‘rin tutadi. Sertifikatlashtirish idoralaridan tashqari bir qancha davlatlarda bojxona chegaralarida alohida Davlat xizmat ko‘rsatish idoralari joylashgan bo‘lib, ular hududga kirib kelayotgan mahsulotlarning (veterinar xayvonlar, usimliklar, oziq-ovqat mahsulotlari va tez buziladigan mahsulotlar) talablarga javob berishini ta’minlash bo‘yicha ish olib borishadi. Keyingi bandlarda ba’zi bir davlatlarda mavjud bo‘lgan shunday xavfsizlik xizmatlari haqida ma’lumotlar keltirilmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlari sertifikatlashtirish faoliyati. AQShda iste’molchilarning huquqini muhofaza qilish qonuni asosida ish yuritiladi. Masalan, u yerda “Milliy transport va avtomobillarning xavfsizligi”, “Pestitsidlar va rodentitsidlar” haqida qonunlar mavjuddir.AQShning Federal hukumati sertifikatlashtirish bo‘yicha uchta asosiy darajadagi dasturlarni qabul qilib tasdiqlashgan. Birinchi darajali dastur majburiy sertifikatlashtirilgan mahsulot uchun tayyorlangan bo‘lib, bularning iste’molchi uchun sog‘liqqa ziyon keltirilishi mumkin bo‘lgan hollarda ishlatilishi mumkin. Bu sertifikatlashtirish dasturi aviatexnikada, kemasozlikda, avtomobilsozlikda, konteynerlarda va truboprovodlardagi faoliyatlar kiradi. Ikkinchi darajali dastur bu Davlat mudofaa departamentlari, transport, savdo-sotiq, elektrofikatsiya orqali mahsulotni sertifikatlashtirish ko‘zda tutiladi. Uchinchi darajali dastur mahsulot sifati, narxi va uning kelib chiqish jarayonlari ko‘zda tutiladi. Bu sertifikatlashtirish dasturlari ixtiyoriy ravishda ishlatiladi. AQShda alohida Qonun asosida belgilangan sertifikatlashtirish milliy boshqarmasi mavjud emas. Amerika milliy standart texnologiyalar instituti (NIST) qoshida sertifikatlashtirish komiteti ish olib boradi va sertifikatlashtirish qoidalarini ishlab chiqadi, uning reestrini olib boradi va muvofiqlikni tasdiqlash faoliyati bilan shug‘ullanadi, hamda shu bilan birga sertifikatlashtirish idoralarining faoliyatini nazorat qilish faoliyati bilan shug‘ullanadi. Sertifikatlashtirishning me’yoriy bazasi bo‘lmish standartlarni quyidagi tashkilotlar ishlab chiqishadi:
Download 141.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling