3-amaliy topshiriq. 3- amaliy topshiriqlar


-rasm. A5/1 ketma-ketlik generatori. Misol


Download 392.11 Kb.
bet3/3
Sana04.04.2023
Hajmi392.11 Kb.
#1327791
1   2   3
Bog'liq
AHKU fanidan 3-amaliy. EFX 303

1-rasm. A5/1 ketma-ketlik generatori.


Misol. Faraz qilamiz, 64 bitli kalit 𝐾 ni 𝑋, 𝑌 va 𝑍 registorlariga bo’lib, yozish natijasi quyidagicha bo’lsin (2 - rasm).

2-rasm. A5/1 ketma-ketlik generatori.

Mazkur holda 𝑚aj(𝑥8, 𝑦10, 𝑧10) = 𝑚aj(1,1,0) = 1 bo’ladi va bu 𝑋 va 𝑌 registrlar siljishini ko’rsatadi. Shuning uchun,


𝑡 = 𝑥13⨁𝑥16⨁𝑥17⨁𝑥18 = 0⨁1⨁1⨁1 = 1
𝑖 = 18,17,16, … ,1 uchun 𝑥𝑖 = 𝑥𝑖−1
𝑥0 = 1

Shunga o’xshash, 𝑌𝑌 registr uchun ham quyidagilar bajariladi:


𝑡 = 𝑦20⨁𝑦21 = 0⨁0 = 0
𝑖 = 21,20,19, … ,1 uchun 𝑦𝑖 = 𝑦𝑖−1
𝑦0 = 0
𝑋 va 𝑌 registrlari siljiganidan keyingi holat esa quyidagicha bo’ladi (3-rasm):

3-rasm. A5/1 ketma-ketlik generatori.

Siljigan holatdan so’ngi registrlar holatidan generasiyalangan bir bit


𝑠 = 𝑥18⨁𝑦21⨁𝑧22 = 1 ⨁ 0 ⨁0 = 1 bo’ladi. Shu tartibda, talab etilgan bitlar ketmaketligi generasiyalanadi.
Hisoblash qurilmalari hozirgi kundagi kabi rivojlanmagan vaqtlarda oqimli shifrlash algoritmlari juda ham mashhur bo’lgan, hozirgi kunda esa ularning o’rnini simmetrik blokli shifrlar egallamoqda. Biroq, shunday holatlar mavjudki, oqimli shifrlar shubhasiz zarur bo’ladi. Masalan, real vaqt tizimlaridan biri GSM tarmog’ida ma’lumotlarni shifrlashda blokli simmetrik shifrlarni qo’llashning imkoni yo’q. Sababi, shifrlash uchun zarur bo’lgan bir blokni (blok uzunligi kamida 64 bit bo’ladi) ma’lum vaqtda to’plashi talab etiladi. Bu esa so’zlashuvda to’xtalishga olib keladi. Bundan tashqari, ma’lumotni shifrlab uzatish jarayonida shifrmatnga bo’lgan o’zgarishga (tashqi ta’sirlar natijasida) simmetrik oqimli shifrlash bardoshli sanaladi. Masalan, oqimli shifrlashda shifrmatndagi bir bitning o’zgarishi ochiq matnning ham bir bitining o’zgarishiga olib keladi. Simmetrik blokli shifrlarda esa bir bitning o’zgarishi bir blokning (masalan, 64 bit) o’zgarishiga olib keladi. Bundan tashqari, simmetrik oqimli shifrlash, blokli shifrlarga qaraganda, kichik qurilmalarda amalga oshirilish imkoniyatiga ega.



Download 392.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling