3-Amaliy va laborotoriya mashg‘uloti Mavzu: Tarmoq protokollari va tizimlari. Vernam, Gammalash hamda uitstonning ikkilik kvadrat shifrlash usullari yordamida shifrlash Kirish
Download 0.6 Mb.
|
3-Tarmoq protokollari va tizimlari. Vernam, Gammalash hamda uitstonning ikkilik kvadrat shifrlash usullari yordamida shifrlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- IP-manzillarda niqoblardan foydalanish.
1-rasm IP-manzil sinflari (c- tarmoq raqamiga taaluqli bit, y -tugun raqamiga taaluqli bit, a - multikast guruxi manziliga taaluqli bit, z - zaxiralangan manziliga taaluqli bit).
A guruxida 224 ta ya’ni 16777216 tagacha kompyuter bo‘lishi mumkin. Bu yerda s-bit tarmoqga tegishli nomer u u-bit tugunga kompyuterga tegishli nomer a-bit multikast guruxiga kiruvchi nomer z-bit zaxiraga kiruvchi manzil. Agar tarmoq manzilning 2 lik kodining 1-2 tasi 10 ga teng bo‘lsa u xolda IP manzil V guruxga tegishli bo‘ladi. Bunda tarmoq nomeri va tugun nomeri uchun 16 bit joy ajratiladi. B guruxida 216 ya’ni 65536 gacha kompyuterlar bo‘lishi mumkin. Agarda IP manzilning 2 lik kodining 1-3 ta rakami 110 bo‘lsa u holda IP manzil S guruxga tegishli hisoblanadi. Bu holda tarmoq nomeri uchun 24 bit joy ajratiladi. Tugun nomeri uchun 8 bit joy ajratiladi. Bu gurux keng tarqalgan bo‘lib, kompyuterlar soni 28 yani 256 gacha bo‘lishi mumkin. Agarda IP manzilning 2 lik kodi 1110 dan boshlansa, u holda manzil D guruxga tegishli xisoblanadi va multikast guruxiga tegishli muxim manzilliligini bildiradi. Bunday guruxdagi IP manzillardan jo‘natilayotgan paketda IP manzil D guruxga tegishli bo‘lsa u holda paket shu guruxga tegishli barcha kompyuterlarga jo‘natiladi. Agarda IP manzilning 2 lik kodi 11110 dan boshlansa, unda IP manzil E guruxga tegishli hisoblanadi. Bu guruxdagi manzil keyinchalik qo‘llash maqsadida zaxiraga olingan hisoblanadi. IP-manzillarda niqoblardan foydalanish. Internetda manzillar oralig‘ini ajratuvchi element tarmoq osti tarmoq deb ataladi. Tarmoq osti tarmoq bu - ko‘plab tarmoqlar to‘plami bo‘lib, boshqa tarmoq osti tarmoqlar bilan kesishmaydi. Bu shuni bildiradiki, tashqi lotning tarmog‘i kismlarga ajratilgan bo‘lib, bularning xar biri tarmoq osti tarmoqlardan tashqi l topgan bo‘ladi. Xar bir tarmoq osti tarmoq fizik jixatdan lokal tarmoqga mos keladi (misol uchun, Ethernet). Tarmoq osti tarmoq fizik jihatdan tarmoqda kabel uzunligi va kompyuterlar soni cheklanganligi tufayli tashqi l qilinadi. Masalan: ingichka Ethernet segmentining maksimal uzunligi 185 metr va 32 tagacha tugunlarni ulash mumkin. Eng kichik tarmog‘ S sinfi bo‘lib 254 tugundan iborat bo‘ladi. Bu natijaga erishish uchun bir nechta fizik segmentlarni birlashtirish zarur. Buni fizik qurilmalar (misol uchun, takrorlagichlar) yordamida yoki shlyuz-mashinalar yordamida amalga oshirish mumkin. Birinchi holatda mantiqiy tarmoq bir butundek ko‘ringani uchun tarmoq osti tarmoqga bo‘lish shart emas. Shlyuzni ishlatganda tarmoq tarmoq osti tarmoqlarga bo‘linadi. Tarmoqning tarmoq osti tarmoqlarga bo‘linishda IP -manzilning kompyuter raqamiga birlashtirilgan qismini ishlatadi. Tarmoq admistratori IP -manzilning bir qismini niqoblashi mumkin va uni tarmoq osti tarmoqlarni raqamlash uchun qo‘llashi mumkin. Amalda manzilning ikkiga bo‘linish usuli kompyuter manziliga tarmoq osti tarmoqlarga bo‘lishni amalga oshiradigan tarmoq IP -manzili tomonidan qo‘llanadi. Tarmoq osti tarmoq niqobi - bu tarmoq osti tarmoq raqamini olish uchun IP -manzilga biriktiriluvchi 4 baytli ma’lumot. Masalan: 255.255.255.0 niqobi V sinf tarmog‘ini 254 tarmoq osti tarmoqga, xar biriga 254 tagacha tugun ulash imkonini beradi. Tarmoq osti tarmoqlar nafaqat muammolarni hal etadi balki, bir qator muammolarni ham keltirib chiqaradi. Masalan, manzillarning yo‘qolishi sodir bo‘ladi. Bu jarayon fizik cheklovlar sababli emas balki, tarmoq osti manzillarini qurish vaqtida yuzaga keladi. Tarmoqning standart sinflari uchun niqoblar quyidagi qiymatlarga ega: Sinf A- 11111111. 00000000. 00000000. 00000000 (255.0.0.0); Sinf B- 11111111. 11111111. 00000000. 00000000 (255.255.0.0); Sinf C- 11111111. 11111111. 11111111. 00000000 (255.255.255.0). Xar bir IP-manzilni niqoblab manzillar sinflari atamasidan voz kechish mumkin va manzillashtirish tizimini mustahkamlash mumkin. Misol uchun 185.23.44.206 manzil 128-191 oraliqga to‘shadi bu manzil V sinfga tegishli. Mos tarzda tarmoq raqami ikkita nol qo‘shilgan birinchi ikki bayt - 185.23.0.0 bo‘lib, tugun raqami esa - 0.0.44.206 bo‘ladi. Agar bu manzilga 255.255.255.0 ko‘rinishdagi niqobni qo‘llasak, tarmoq osti raqami 185.23.0.0 emas balki 185.23.44.0 bo‘ladi. Niqoblarda tarmoq raqamini chegarasini aniqlovchi birlar soni ketma ketlikda manzilni baytlarga bo‘lishni qaytarish uchun 8 likda keltirilgan bo‘lishi majburiy emas. Olaylik 129.64.134.5 IP-manzil uchun 255.255.128.0 niqob ko‘rsatilgan bo‘lsin, bu esa ikkilik ko‘rinishda: IP-manzil 129.64.134.5 – 10000001.01000000.10000110.00000101 Niqob 255.255.128.0 – 1111111.11111111.10000000.00000000 Agar tarmoq raqami chegarasini aniqlash uchun niqob qo‘llanilsa, IP-manzilda “joylashtirilgan” niqobdagi 17 ta ketma ket birlar ikkilikdagi tarmoq raqami sifatini aniqlaydi: 10000001.01000000.10000000.00000000 yoki o‘nlik ko‘rinishda– tarmoq raqami 129.64.128.0, tugun raqami 0.0.6.5. IP (Internet Protocol) – paketlarni uzatuvchi protokol, tarmoq protokollari jumlasiga kiradi. Xozirgi kunda internet tarmog‘ida keng qo‘llaniladigan adres tizimi IPv4 (1981y.) ko‘rinishdagi IP adres tizimidir. IP protokoli tarmoqdagi xar bir kompyuterga yoki tizimga to‘rt xonalik IP – manzil (4 oktetli) mos qo‘yiladi. Shu bilan birga kuyi tarmoqdagi kompyuterlar manzilning umumiy boshlang‘ich bitlari bilan birlashtiriladi. Internat tarmog‘iga ulangan xar bir kompyuter o‘zining noyob IP adresiga ega bo‘ladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling