3. arpaning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish me’yorlari va chuqurliklariining ta’siri doc
-jadval Ekish me’yorlariga bog’liq xolda mahsuldor tuplanish va 1 m
Download 410.25 Kb. Pdf ko'rish
|
arpaning osishi rivojlanishi va hosildorligiga ekish meyorlari va chuqurliklariining tasiri
3.4-jadval
Ekish me’yorlariga bog’liq xolda mahsuldor tuplanish va 1 m 2 dagi mahsuldor poyalar, dona (2013-2014 yy) Ekish me’yori, mln urug’/ga
Mahsuldor tuplanish 1 m
2 dagi
mahsuldor poyalar
Mahsuldor tuplanish 1 m 2
mahsuldor poyalar
2,5 1,50
311,3 1,41
294,7 3,5
1,46 414,5
1,39 393,1
4,5 1,43
509,7 1,38
485,1 5,5
1,37 574,2
1,36 564,0
O’simliklarning qishga chidamligi. Kuzda ekiladigan arpaning qishlab chiqishi ko’pgina omillarga, xususan, o’simlikning yetarli namlik bilan ta’minlanib, qulay issiqli rejimi bo’lganda me’yorida rivojlanadi, kuchli ildiz tizimi hosil qiladi, yetarli miqdorda qand to’playdi va natijada qish va erta bahorning noqulay ob-havo sharoitiga chidamli bo’ladi. Kun uzunliginig asta sekinlik bilan qisqarib borishi bilan, havo haroratining pasayishi kuzatiladi. Bu O’zbekiston sharoitida o’simlik o’suv davrining tobora tinim davrig o’tishiga imkon beradi. O’simlik O’zbekiston sharoitida ko’pincha qishda sovuqdan emas, balki kuzgi va qishgi qurg’oqchilikdan, ya’ni kuzgi yog’ingarchiliklar bo’lmasligi va sug’oriladigan tuproqlar qurib qolishi tufayli nobud bo’ladi. Arpa sovuqdan nobud bo’lganda xujayralar oralig’ida suv muzlaydi va xujayra devorlarini kesuvchi muz kristallari hosil bo’ladi hamda protoplamaga mexanik bosim ko’rsatadi. Tajribalarimizda kuzda ekilgan arpa navlari sovuqdan zararlanganda (qor erigandan keyin) barglar sarg’ayib, bo’g’im oralig’i va ildizlari qo’ng’ir tusga kirib qurib qolganligi kuzatildi. Sog’lom o’simliklarda esa bir necha kun o’tgach barglar yashillashib, ildizi oq rangga kirib, vegetasiya davrini o’tashga kirishganligi kuzatildi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 46 O’zbekiston sharoitida kuzda ekilgan arpaning nobud bo’lishiga asosiy sabablardan biri o’simliklarning kuchsiz unib chiqqanligi, ularning kuzgi issiq davomiyligida rivojlanib ketishi va issiq tuproqqa qor tushishida bo’lsa, ayni vaqtda qorli va qorsiz qishlarda haroratning keskin o’zgarishi ham sabab bo’ladi (Amanov, Urinbaev, 1983; Tojiev, Xushmanov, 2000). Odatda o’simliklarni sovuq urishi ekinzorni siyraklashishiga va hosili pasayishiga olib keladi. Ayniqsa, arpa bug’doy urug’lari unib chiqishi davrida haroratning keskin pasayishiga to’g’ri kelgan yillari arpani kuchli sovuq uradi. Ba’zi hollarda tuproqdan unib chiqayotgan qo’shimcha novdalarni hosil bo’lishiga, tuplanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. O’zbekiston sharoitida kuzgi arpaning sovuqdan zararlanishiga qaramasdan, ularning nobud bo’lishini ekish me’yorlari bilan bog’liq holda o’rganishga qaratilgan ishlar yetarli emas. Tadqiqotlarimizning ko’rsatishicha, tajriba yillarida past haroratning o’simliklarga ta’siri turlicha bo’ladi va u o’simlikning unib chiqish vaqtiga, urug’ning unib chiqish sharoitiga, ob-havo va o’simlikning qishlashga kirish vaqtidagi holatiga bog’liq bo’ladi. Tajribalarimizda o’simliklarning qishlab chiqishini ekish me’yorlariga bog’liqligi o’rganildi. Ekish me’yori gektariga 2,5 mln dan 5,5 mln dona urug’gacha oshirilganda qishlab chiqqan o’simliklar Mavlono va Temur navlariga muvofiq holda 12,2; 11,2 % kamayganligi qayd etildi (3.5-jadval). Download 410.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling