O’simliklarning hosil yig’ishtirishgacha saqlanishi. Hosilni yig’ishtirish
davrigacha o’simliklar sonini saqlanishi juda ko’p omillarga bog’liq bo’ladi. Arpa
o’stirishda o’simliklar hosilini yig’ishtirishgacha saqlanishiga ekish me’yorlari
ham bevosita ta’sir ko’rsatadi. Urug’larning dala sharoitida unuvchanligi va
qishlab chiqqan o’simliklar soni hosilni yig’ishtirishgacha saqlangan o’simliklar
miqdorini belgilashda katta rol o’ynaydi.
O’tkazilgan ko’p sonli tajriba natijalariga ko’ra, kuzgi arpa navlarining
hosilni yig’ishtirishgacha saqlanishining yuqori ko’rsatkichi maqbul muddatlarda
ekilganda kuzatilgan. Shuningdek, bu ko’rsatgich 3,5-4,5 mln unuvchan urug’
ekilganda ham yuqoriligi aniqlangan. Ekish me’yorlarining gektariga 4,5 mln dan
6,0 mln gacha oshib borishi bilan 1 m
2
maydonchadagi o’simliklar soni kam
me’yorlarda ekilgandagiga nisbatan ko’p bo’lsada, foiz hisobida kamayib borgan.
O’simliklarning hosilni yig’ishtirishgacha saqlanishi ekish me’yorlariga
bog’liq. Mavlono va Temur navlarida muvofiq holda 57,0- 64,0; 56,0-62,0 %
bo’ldi. Navlar o’rtasida bu ko’rsatkich bo’yicha katta farq kuzatilmadi.
O’simliklarni hosil yig’ishtirishgacha saqlanishi eng yuqori ekish me’yori
gektariga 2,5 mln unuvchan urug’, eng past 5,5 mln bo’lganda aniqlandi. Ekish
me’yorining gektariga 2,5 mln dan 5,5 mln gacha oshirish hosilni
yig’ishtirishgacha saqlangan o’simliklarni Mavlono navida 7,0, Temur navida 6,0
% kamaytirdi. Ammo ekish me’yorini gektariga 2,5 mln dan 5,5 mln gacha
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
49
oshirish 1 m
2
dagi hosilni yig’ishtirishgacha saqlangan o’simliklar sonini
ko’payishiga olib kelishi kuzatildi (3.7-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |