3.7-jadval
O’simliklarning hosil yig’ishtirishigacha saqlanishining ekish me’yorlarigaga
bog’liqligi, (2013-2014 yy)
Ekish me’yori,
mln urug’/ga
Mavlono
Temur
1 m
2
da saqlanib
qolgan o’simlik
soni, dona
Saqlangan
o’simlik, %
1 m
2
da saqlanib
qolgan o’simlik
soni, dona
Saqlangan
o’simlik, %
2,0
113,3
64
108,9
62
2,5
141,5
61
136,6
60
3,0
165,7
59
161,5
59
3,5
174,4
57
169,1
56
O’simlik bo’yining balandligi, yotib qolishga chidamligi. Kuzgi arpa
hosilini shakllantirishda mahsuldor poyalarning optimal qalinligini ta’minlashda
ekish me’yorlarini ahamiyati katta.
Arpa seleksiyasi va o’stirish texnologiyasi bo’yicha ko’plab tadqiqotlar
o’tkazishgan bir qator olimlarning ta’kidlashicha, yotib qolgan arpa barglarining
fotosintetik faoliyati pasayadi, so’ruvchi-o’tkazuvchi to’qimalar tizimi buziladi,
don sifati yomonlashib, hosilni yig’ishtirib olish qiyinlashadi, hosil miqdori keskin
kamayadi. Bundan tashqari, ular bunday yotib qolishning asosiy sabablaridan biri
tuproqda namlikning me’yordan ortiqcha bo’lishi, urug’larning zich va erta
muddatda ekilishi, tuproqda azotning keragidan ziyodligi, yorug’likning
yetishmasligi, zamburug’ va bakterial kasalliklar bilan kasallanishi kabi omillarni
ko’rsatishgan.
Z.Juraeva,
U.Qarshieva
(2013),
A.Mamatqulov
(2013)
singari
tadqiqotchilarning yozishicha boshoqli don ekinlarining yotib qolishiga qarshi
kurash chora tadbirlari majmuasi ichida seleksiya yo’li bilan chidamli navlar
yaratish ishonchli va arzon tadbirlardan biridir.
P.P.Lukyanenko (1966), G.K.Kurbanovlarning (1981) yozishicha, Meksika,
Hindiston, AQSh va boshqa davlatlar seleksionerlarining tajribalarida agrofon
sharoitida yotib qolmaydigan kalta poyali navlar eng yuqori don hosili
shakllanishini ta’minlagan.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
50
Arpaning yotib qolishiga chidamligi bilan o’simliklar balandligi o’rtasida
o’zaro bog’liqlik bor. O’simliklar bo’yi qancha baland bo’lsa, ularning yotib
qolishga moyilligi osha boradi. Keyingi yillarda arpa poyasi o’sishi
sekinlashtiradigan va uning mexanik chidamliligini oshiradigan TUR pereparati
keng qo’llanilmoqda.
Tajribalarimizning ko’rsatishicha, ekish me’yorlarini oshirish arpa navlari
bo’yining nisbatan past bo’lishiga olib keldi. Ushbu hol ekish me’yorining ortib
borishi bilan o’simlarning oziqlanish maydoni kamayishi, oziq moddalarning
yetishmasligi bilan izohlanadi (3.8-jadval).
3.8-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |