3. arpaning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish me’yorlari va chuqurliklariining ta’siri doc
Quruq moddaning to’planishi va fotosintez sof mahsuldorligi
Download 410.25 Kb. Pdf ko'rish
|
arpaning osishi rivojlanishi va hosildorligiga ekish meyorlari va chuqurliklariining tasiri
Quruq moddaning to’planishi va fotosintez sof mahsuldorligi.
O’simliklarning o’suv organlarining mahsuldorligiga tashqi muxit omillari: yorug’lik, issig’liq, namlik, oziqa elementlarining yetishmasligi kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ushbu omillarning yetishmasligi, o’simlikda quruq moddaning tuplanish jadalligini pasaytiradi, bu esa ekinlarning hosilini kamaytirib yuboradi (Nichiporovich, 1956). O’suv jarayonida o’simliklarning quruq modda to’plashi hosildorlikni belgilaydi. O’simlik rivojlanish fazalari bo’yicha sutka davomida quruq moddaning to’planishi barg yuzasi va fotosintez sof mahsuldorligiga bog’liq holda o’zgarib turadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 53 I.S.Shatilov (1979), D.T.Tooming, T.X.Taamets (1984) ma’lumotlariga ko’ra, boshoqli ekinlarning maksimal quruq modda to’plashi boshoqlash fazasiga to’g’ri keladi. Bizning tajribalarimizda ekish me’yorlarining ortib borishi bilan gullash fazasigacha quruq moddalarning to’planishi ham ko’payib bordi. Faqat gullash fazasiga kelib ekish me’yori gektariga 2,5 mln dona unuvchan urug’ ekilganda quruq moddani to’planishi 50,6 dan 54,1 s/ga kamaydi. Bu asosan siyrak ekilgan o’simliklarni kuchli tuplanishi poyalarning qalinlashishi va pastki barglarining sarg’ayib qurishi bilan bog’liq. Tajribalarimizda kuzgi arpa o’simligida quruq moddaning eng ko’p to’planishi hamma me’yorlarida donning mum pishishi fazasiga to’g’ri keldi. Keyin barglarning qurishi, tushib ketishi, shuningdek plastik, oziq moddalarni yer ustki organlaridan ildizga oqib o’tishi tufayli quruq moddani to’planishi kamayishi kuzatildi. Fotosintez sof mahsuldorligi faqat o’simlik assimilyasiya apparatining kattaligiga emas, balki uning ishlashini davomiyligiga, barglar ishining intensivligiga bog’liq bo’ladi (Nichiporovich va boshq., 1961). O’suv davrida o’simliklardagi fotosintez sof mahsudorligi (FSM) o’zgarib turdi, o’simlik rivojlanishining boshlarida u yuqori bo’lmadi, keyinchalik asta- sekin gullash fazasigacha ortib bordi. Gullash fazasidan mum pishish fazasigacha fotosentiz sof mahsuldorligi kamayib bordi. Boshoqlash fazasida kuzgi arpa ekilgan maydonda eng katta barg yuzasi kuzatildi. Ammo, bu davrda fotosintez sof mahsuldorligi naychalash fazasiga nisbatan kam bo’ldi (3.9-jadval). O’simlik tup qalinligining oshib borishi bilan fotosintez sof mahsuldorligi kamayib bordi. Kuzgi arpaning Mavlono va Temur navlarida fotosintez sof mahsuldorligi ekish me’yori gektariga 2,5mln urug’ ekilganda navlarga muvofiq holda 4,70; 4,50 bo’lsa ekish me’yori 55 mln urug’ bo’lganda 3,41;3,20 g/m 2 x sutka bo’ldi. Boshoqlash fazasida eng yuqori fotosintez sof mahsuldorligi gektariga 2,5 mln dona unuvchan urug’ ekilganda kuzatildi. Ekish meyorlarini oshirib borish bilan fotosintez sof mahsuldorligi kamayib bordi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
|
ma'muriyatiga murojaat qiling