3. arpaning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish me’yorlari va chuqurliklariining ta’siri doc
Arpa navlarining fotosintetik faoliyati
Download 410.25 Kb. Pdf ko'rish
|
arpaning osishi rivojlanishi va hosildorligiga ekish meyorlari va chuqurliklariining tasiri
Arpa navlarining fotosintetik faoliyati. Barcha yashil o’simliklar o’z
hayoti davomida to’xtovsiz organik moddalarni to’plash va havoga kislorod ajratish bilan tavsiflanadigan, fotosintetik faoliyati bilan ajralib turadi. Bu esa o’z navbatida o’simliklarning o’sishi va rivojlanishini hamda eng muhimi ularning hosildorligini belgilaydi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
51 Organik moddalar hosil bo’lishining dastlabki jarayoni fotosintez – o’simlik oziqlanishining asosi hisoblanadi. Fotosintez jarayonida biologik hosil quruq massasi zahirasining 80-90 %i hosil bo’ladi. Shuning uchun fotosintez o’tish jarayoniga o’simlikning o’sishi, rivojlanishi, hosili bevosita bog’liq bo’ladi. Dehqonchilik, - deb ta’kidlaydi A.A.Nichiparovich (1953), aslida yashil o’simlikning asosiy vazifasi bo’lgan fotosintezdan foydalanish tizimidir. Dehqonchilikda ko’pchilikda ko’pchilik chora-tadbirlar fotosintetik apparatini butun ishidan sermahsul va unumli foydalanishga qaratilgan yuzladi. Fotosintez jarayonini qulay o’tishi uchun sharoit yaratishda agrotexnik usullardan ekish muddati va me’yori muhim ahamiyatga ega. Ekish muddatlari va me’yorlarini optimallashtirish hamma qishloq xo’jalik ekinlaridan, shu jumladan, kuzda ekiladigan arpadan ham yuqori hosil olishda katta ahamiyatga ega. A.A.Nichiporivich (1970), I.S.Shatilov, N.K.Qayumov (1977), boshqa mualliflar agrotexnik usullar yordamida fotosintez faoliyatini boshqarish mumkin deb hisoblashadi. Fotosintetik faoliyatning asosiy ko’rsatkichlaridan biri barg yuzasining kattaligi va uning shakllanish dinamikasidir. Yuqori hosilni faqat optimal barg yuzasini dinamik shakllantiradigan, butun o’suv davrida, uzoq vaqt davomida ishlay oladigan ekinzordangina olish mumkin. Shu maqsadda har bir o’simlik uchun konkret o’stirish sharoitida, o’suv davri davomida eng qulay o’sishi, rivojlanishi, fotosintetik potensial quvvatiga ega bo’lishi uchun optimal tup qalinligi, oziqlanish rejimi hosil qilinadi. Bunda hamma agrotexnik usullar o’simlikda optimal barg yuzasini hosil qilishga hamda uzoq vaqt davomida faol ishlaydigan fotosintetik quvvatga ega ekinzor tashkil qilishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Sug’oriladigan yerlarda kuzgi arpa barg yuzasi juda ko’p tashqi omillarga, jumladan ekish me’yorlariga bog’liq holda o’zgaradi. Bizning tajribalarimizda kuzgi arpaning barg yuzasi ekish me’yorlarining oshib borishi bilan ko’payib bordi. Kuzgi arpa tuplanish fazasida gektariga 2,5 mln unuvchan urug’ ekilganda 1 m 2
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 52 O’simlik rivojlanishining keyingi fazalarida hamma ekish me’yorlarida 1 m 2
dagi barg yuzasi ortib bordi. Bu ko’rsatkich boshoqlash fazasida eng yuqori bo’ldi. O’simlik rivojlanish fazalarida eng katta barg yuzasi boshoqlash fazasida kuzatildi. Boshoqlash fazasida ekish me’yori gektariga 2,5 mln urug’ bo’lganda 5,0 kv metr bo’lgan bo’lsa, ekish me’yori 5,5 mln urug’ga oshirilganda 5,54 m 2 ga teng bo’ldi. Eng katta barg yuzasi gektariga 5,5 mln ekilgan ekinzorda kuzatildi. Ekinzorda o’simliklar barg yuzasi gullash, sut, mum pishish fazalarida o’simlikning pastgi qismida joylashgan barglarining sarg’ayib erta qurishi tufayli barg yuzasi kamayib bordi. Ekish me’yorlariga bog’liq holda barg yuzasi mum pishish fazasida 0,95 dan 1,99 gacha o’zgardi. Barg yuzasi va o’simlikning serbargligi hamma vaqt ham hosilning kattligini ko’rsatavermaydi. I.S.Shatilov va boshq. (1979), V.S.Sheveluxa, P.P.Vaska (1978) singari mualliflar fotosintetik potensial va hosildorlik bir-biri bilan chambarchas bog’liq ekanligini ta’kidlashadi. Ko’pchilik don ekinlari, shu jumladan arpa uchun ham 1 gektar maydondagi barglarni maqbul yuzasi aniqlangan, 40-50 ming m 2 , maqbul fotosintetik potensial esa 2 mln m 2 /ga x kundan kam bo’lmasligi kerak. Bizning tajribalarimizda bug’doy fotosintetik potensiali ekish me’yorlariga qarab o’zgardi. Kuzgi arpada eng katta fotosintetik potensial o’simlikning boshoqlash fazasida kuzatildi. Bahorgi tuplanishdan gullash fazasigacha fotosintetik potensial oshib bordi. Download 410.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling