3. Avtomobil yo‘llarini himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish. Avtomobil yo‘llarini me’moriy landshaft dizayni va manzarali ko‘kalamzorlashtirish
Download 1.74 Mb.
|
7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurash choralari.
- Archa zlatkasi - Anthaxia conradti Sem.
O‘rta Osiyo unsimon qurti - Pseudococcus. Bu zararkunandani ba’zan qonli shira deb ham atashadi. U so‘ruvchi zararkunanda bo‘lib, 3-5 mm uzunlikda ko‘zga yaxshi tashlanadi. Unsimon qurt zararkunandasi oq kukunsimon, mumsimon g’ubor bilan qoplangan, bu uni yaxshi himoyalaydi. Zararkunanda hashorotining erkagi urg’ochisiga qaraganda maydaroq, qanotchali bo‘ladi, unda og’iz apparati mavjud emas, chunki ular etuk yoshida umuman oziqlanmaydilar. Shu sababli hashorot uzoq yashamaydi. Zararkunanda issiq, nam muhitli sharoitni xush ko‘radi. U archa shoxlarini vegetastiya davri davomida faol zararlaydi. U O‘zbekistonda keng tarqalgan bo‘lib, virgin archasini kuchli zararlaydi va uni qurishiga olib keladi. Zararkunanda aprel oxiri, may boshlarida paydo bo‘ladi. Yosh lichinkalar yosh 84
novdalar shirasini so‘rib, uning qurishiga olib keladi. Bir yilda bir necha avlod beradi. Kurash choralari. Bu archaning so‘ruvchi zararkunandasiga asosan kimyoviy uslubda kurashiladi. Kimyoviy preparatlardan Imitrin 20% li eritmasi 0,5 l/ga, Imido 35% li eritmasi 0,2 l/ga, Bi-58 40% li eritmasi 0,3-0,5 l/ga miqdorida 600 l/ga ishchi eritmada purkaladi. Bitta daraxtga 0,2-1,3 l ishchi eritma purkaladi. Archa zlatkasi - Anthaxia conradti Sem. Archaning hamma turlarida uchraydi. Nasl qoldirishi (generastiyasi) ikki yillik. Qo‘ng’izlarini uchishi aprel oyining ikkinchi yarmidan boshlanib ayrim hollarda iyul oyigacha davom etadi. Tuxumlarni 3-5 ta va undan ortiq miqdorda bir joyga, daraxt po‘stlog’i yoriqlariga qo‘yadi. Qo‘ng’izlar yashash uchun yorug’, oftobda yaxshi isitiladigan tomondagi yosh novdalarni tanlaydi. Archa zlatkasi daraxtning yuqori qismiga nisbatan pastki qismida ko‘proq joylashadi. Shuning uchun ham daraxt tanasining qurishi pastdan boshlanadi. Tuxumlarning embrional rivojlanishi 20-25 kun davom etadi. Iyun oyining birinchi o‘n kunligida birinchi lichinkalari paydo bo‘ladi, ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida esa, lichinkalar yalpi holatda chiqadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar daraxtning yosh novdalarini kemira boshlaydi. Qishlovdan chiqqan lichinkalar esa, yana kemirishni davom ettiradi. Iyul oyiga borib lichinkalar g’umbakka aylanib, yog’ochning ichki qismlariga joylashadi. Qo‘ng’izlar ikkinchi yil qishlovni o‘tkazishadi. Agar sharoit yaxshi bo‘lsa, rivojlanish birinchi yilning o‘zida nihoyasiga etadi. Qo‘ng’izlar erta bahorda qoqi o‘tining, keyinroq esa na’matak gulining changi bilan oziqlanadi. Archa zlatkasi asosan, tashqi tomondan sog’lom daraxtlarga qo‘nadilar, ayrim hollarda kesilgan daraxt to‘nkalarida ham uchrashi mumkin. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling