3. Avtomobil yo‘llarini himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish. Avtomobil yo‘llarini me’moriy landshaft dizayni va manzarali ko‘kalamzorlashtirish


Download 1.74 Mb.
bet6/11
Sana04.02.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1159625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 mavzu

Archa mo‘ylovdori - Semanotus semenovi Okun. O‘zbekiston hududidagi archazorlarda tarqalgan. Nasl qoldirish ikki yillik. Qo‘ng’iz uchishi aprel oyining birinchi o‘n kunligidan boshlanadi, ko‘klam yaxshi kelgan yillarda martdan boshlanadi. Harakatga kirgan qo‘ng’izlar tuxum qo‘yishni boshlaydi, tuxumlarni 85
asosan, daraxt po‘stlog’ining yoriqlariga bir nechtadan qo‘yishadi. Embrional rivojlanishi 20-30 kun davom etadi. May oyining ikkinchi o‘n kunligida lichinkalar paydo bo‘ladi. Lichinkalarning yog’ochdagi yo‘llari egri bugri jo‘yaklardan iborat bo‘lib, ayrim hollarda bir metrgacha cho‘ziladi va unsimon qipiqlar bilan to‘lib turadi.
Lichinkalarni oziqlanishi 2-2,5 oy davom etadi. Iyul-avgust oylariga borib lichinkalar yog’ochni yana ham chuqurroq kemirib 5 sm gacha ichkariga kirib boradi, o‘zlariga uya yasab, u erda qishlaydi. Kelasi yilning iyul oyiga borib g’umbakka aylanadi. G’umbakka aylanish 20-30 kun davom etadi. Avgustda birinchi qo‘ng’izlar paydo bo‘lib, oktyabr oyining oxirlariga borib faqatgina shu yilgi generastiya qo‘ng’izlarini uchratish mumkin, bular qishni o‘z g’umbaklarida o‘tkazadilar. Kelasi yilning bahorida qishlovdan chiqishadi. Archa mo‘ylovdori soyasevar, daraxtlarning kuchsizlangan novdalarida va to‘nkalarida uchraydi.
Archa lubxo‘ri - Phloeosinus turcestanicus Sem. O‘zbekistonda keng tarqalgan xavfli zararkunanda. Ba’zi joylarda daraxtlarning 20% qismi shular bilan zararlangan bo‘ladi. Archalarning hamma turlari tanasida va shoxlarida rivojlanadi, hatto virgin archasida ham uchraydi. Generastiyasi (nasl qoldirish) bir yillik. Aprel oyining o‘rtalarida iyun oyining oxirigacha qo‘ng’izlarning uchishi davom etadi. Urg’ochi qo‘ng’izlar bir me’yorda o‘sib turgan archalarga tuxum qo‘yib chiqadi.
Archa lubxo‘ri soya salqin joylarni hush ko‘radi, daraxtning soya tushadigan janub tomonida ko‘proq uchraydi. May oyining ikkinchi o‘n kunligida lichinkalar paydo bo‘ladi, rivojlanishi 40-50 kun davom etadi. Iyul oyining oxirlariga borib g’umbakka aylanadi va shu vaqtga borib 1-2 ta yosh qo‘ng’izlari ham hosil bo‘ladi. Avgust oyi boshlarida yosh qo‘ng’izlarning yalpi uchishi boshlanadi. Yosh novdalarning o‘zagi qo‘ng’izlar tomonidan kemirilishi natijasida zararlangan shoxlar erga sinib tushadi.
Qo‘ng’izlar va lichinkalar qishlaydi, lichinkalar daraxt po‘stlog’i ostida qishlasa, qo‘ng’izlar yosh novdalarning o‘zagini kemirib oziqlanadi va shu erda qishlaydi. Bunday zararkunanda qo‘ng’izlar bilan kasallangan daraxtlarning ninabarglari to‘kiladi, kuchsizlanadi va boshqa hashorotlar bilan zararlanadi.
Kurash choralari. Archa lub kemiruvchisiga qarshi kurash avvalo ehtiyot choralari va daraxtzorlarni sanitar holatini yaxshilash tadbirlarini ko‘rishdan boshlanadi. Kuz va qish paytida yangidan zararlangan daraxtlarni aniqlash lozim, iyul oylarida archa lub kemiruvchisining qo‘ng’izlari paydo bo‘lgan vaqtda zararlangan nihollar shoxlarini sanitar holatini yaxshilash maqsadida bir yo‘la qirqib tashlash kerak, ko‘proq zararlangan daraxtlarni aniqlab insektistidlarni purkash lozim. Zararkunanda hashoratlarni uchish davri uzoq bo‘lganligi sababli, zaharning ta’siri uzoq saqlanib turadigan kimyoviy dorilar ishlatish kerak.
GXTSG (geksaxlorstiklogeksan) gamma izomerning 16 %li meneral yog’li emulsiyasi bu talabga javob beradi. Agar shu sharoitda GXTSG gamma izomerini ishlatish imkoniyatlari bo‘lmasa, u vaqtda pretroid insektistidlarni ishlatish lozim. Zararli hashoratlarni yalpi yo‘qotish maqsadida insektistidlarni hashoratlar keng tarqalgan manbaga, ya’ni quriy boshlagan daraxtlarga, to‘nkalarga va zararkunandalar qishlaydigan joylarga sepiladi.
Zararkunandalarga qarshi kurashni g’umbak paydo bo‘lishidan boshlash kerak. Agar daraxtlarni har xil zararkunanda parazit va yirtqich hashorotlar bilan 60 foizgacha zararlangani aniqlansa, dalolatnoma tuzib, daraxtlarni butunlay kesish va yoqib yuborish chorasini qo‘llash kerak.
Zararkunanda hashorotlarni qirib tashlash uchun 2-3 foizli (yoki 0,12-0,25 foizli) preparat (amaldagi modda hisobida), GXTSG gamma izomerning 16 foizli mineral-yog’ emulsiyasi hamda piretroidli insektistidlarni (nurel, ambst) ishlatish kerak.
Archa kasalliklari. Turli xil kasallik qo‘zg’atuvchilar o‘simliklarda rivojlanib biotik va abiotik omillarning ta’siri ostida patologiya jarayonlari paydo bo‘ladi, natijada o‘simliklar kasallanadi. Mana shu patalogik jarayonlar ta’sirida o‘simliklarning fiziologik funkstiyalari buziladi, to‘qimalar va o‘simliklarning
morfologik organlarida o‘zgarish sodir bo‘lib quriydi. O‘simliklarning manzaraviyligi buziladi va nihoyat ularni batamom nobud bo‘lishigacha olib boradi.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling