3. Baliqdan tayyorlangan issiq, sovuq, yopilgan, va gazakli taomlar
Download 331.96 Kb.
|
Baliqli taomlar
Toblangan baliqli taomlar
Baliqlar ham dimlab yoki qovurib toblab pishiriladi. Xom baliqni oq sardak ostida, dimlangan baliqni sutli sardak ostida, qovurilgani smetanali va tomatli qо‘ziqorin sardaklari ostida toblab pishiriladi. Yog‘ surilgan tovada 1 dan 6 porsiyagacha baliq toblanadi. Uzatishda uni likopchalarga solib, baliq toblab pishirishda hosil bо‘lgan sardak qо‘yiladi: baliqli gazaklar 1 porsiyali tovalarda, rakovinachalarda tayyorlanadi. «Rо‘ba po-russki» taomini tayyorlash uchun pо‘stli suyaksiz laxm porsiyasiga 1-2 bо‘lakdan maydalanadi, yog‘ surilgan tovaga xom kо‘rinishida teriladi, chetlarida qaynatilgan somoncha kartoshka joylashtirilib, oq sardak qо‘yiladi. Tuxumli baliq oldindan tayyor bо‘lguncha qovurib toblab pishiriladi; tovaga baliq bо‘laklari, qaynatilgan kartoshka, qovurilgan piyoz solinadi, tuxum qо‘yib chiqiladi, tuxumga tuz solib aralashtiriladi va toblanadi. Osetr oilasiga mansub baliqlar Moskvacha toblab pishiriladi. Buning uchun tovaga ozroq smetana sardagi solinadi, unga qovurilgan baliq bо‘laklari solib atrofiga aylana shaklda qovurilgan kartoshka teriladi, baliqqa qovurilgan piyoz qо‘ziqorin bо‘laklari va qaynatilgan tuxum teriladi va smetana sardagi qо‘yiladi. Pomidorli toblangan baliqlarni hamma turdagi qovurilgan baliqdan tayyorlanadi. Pomidorlar pо‘stidan tozalanadi, 2 bо‘lakka bо‘linadi, urug‘lari tozalanadi, tuzlanadi, qalampir sepiladi va о‘simlik moyida qovuriladi. Tovaga yoki idishga baliq bо‘lagi qо‘yiladi, ustidan pomidorlar terilib estragonli tomat sardagi qо‘yiladi. Rakovinachalarda osetr oilasiga mansub yoki sudak baliqlari toblanadi. Shu rakovinachalarda ular issiq gazakdek uzatiladi. Baliq laxm gо‘shti bо‘laklarga (20 gr atrofida) bо‘linadi, dimlanadi, dimlangan qо‘ziqorin bilan qо‘shib, bug‘langan sardak qо‘yiladi, yog‘langan rakovinachaga ustun qilib teriladi va sutli sardak qо‘yiladi. Baliqli solyanka odatda yog‘li baliqdan tovada pishiriladi. Suyaksiz gо‘shtli laxm bо‘laklarga (30 gr atrofida) bо‘linadi va dimlab pishiriladi. Yupqa kesilgan tuzli bodring, maydalangan piyoz va tomat pyureli qayla alohida tayyorlanadi va u sof shо‘rvada qizdiriladi. Tayyorlangan tovaga bir qatlamdan dimlangan karam, sabzavotli qayla, baliq va osetr turidagi baliqning qaynatilgan yupqa umurtqa pog‘onasi solinadi, ustidan dimlangan karam qavati bilan yopiladi. Tayyor bо‘lgan baliqqa qirg‘ichlangan pishloq, sariyog‘ sepiladi va 15 – 30 minut davomida 250-280 0S haroratda toblab pishiriladi. Toblab pishirilgan baliq tayyor bо‘lganini taom yuqori qatlami oltin rang tusga kirgach va ichki tuqima matolari 800S haroratga erishilgani bilan aniqlanadi. Uzatishda solyanka, limon bо‘laklari, tuzlangan sabzavotlar, kо‘kat barglari bilan bezatiladi.Moskvacha toblab pishirilgan va baliqli solyanka rus oshxonasining milliy taomi bо‘lib hisoblanadi. Download 331.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling