3. Biznesda qo’llaniladigan kompyuterlar turlari. Texnik vositalarni rivojlanish tendensiyalari


Download 38.54 Kb.
bet1/3
Sana14.12.2022
Hajmi38.54 Kb.
#1005836
  1   2   3
Bog'liq
2-Ma\'ruza


Mavzu 2. Axborot texnologiyalarning infratuzilmasi (2 soat)
Reja:
1. Axborot texnologiyalar infratuzilmasining komponentlari.
2. Iqtisodiy masalalarni yechish jarayonida foydalaniladigan axborotlarni kiritish, chiqarish va saqlashning zamonaviy qurilmalarning turlari.
3. Biznesda qo’llaniladigan kompyuterlar turlari.
4. Texnik vositalarni rivojlanish tendensiyalari.


Tayanch soʻz va iboralar: PK dasturviy ta’minoti turlari. Dasturviy ta’minot tushunchasi. Amaliy dasturviy ta’minot. Tizimviy dasturviy ta’minot. Maxsus dasturviy ta’minot. Utilitlar. Operatsion tizim tushunchasi. PK ning operatsion tizimsining asosiy turlari. DOS operatsion tizimsi. UNIX operatsion tizimsi. DOS operatsion tizimsining asosiy operatorlari. BIOS xao‘ida tushuncha. DOS operatsion tizimsining afzalliklari. DIR operatori. FORMAT operatori. TIME operatori. DATA operatori. Bosho‘aruv operatorlari. Windows operatsion tizimsi


Axborot texnologiyalar infratuzilmasining komponentlari.
Dasturlarning turli xillari mavjud boʻlib, ularning har biri ma’lum bir ishni bajarishga moʻljallangan. Lekin insonlarga oʻxshab, EHM lar ham qandaydir koʻrsatmalarga yoki dasturviy ta’minotga muhtoj boʻladi, chunki busiz ularning ishini, ichki va tashqi hotiralar bilan ishlashni, qoʻshimcha qurilmalarga murojaat qilishni, foydalanuvchilar bilan muloqotni va kompyuter tarkibiy qismlarining bir maromda ishlashini ta’minlash mumkin emas. Bu muammolarni xal qilish uchun qanday turdagi dasturlar ishlatilishi mumkin deb oʻylaysiz? Kompter hotirasida juda katta miqdordagi qoʻshimcha joy egallaydigan ushbu dasturlarsiz u bilan samarador ishlashni amalga oshirish mumkinmi yoki yoʻqmi? Agarda shunday turdagi dasturlar mavjud boʻlmasa kompyuter bilan muloqot qanday ravishda oʻzgaradi? Bunday turdagi dasturlarni qanday asosiy guruhlarga ajratgan boʻlar edingiz?
Kompyuterdan foydalanish samaradorligini oshirishga, uni ishlatishni engillatishga va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashni osonlashtirishga moʻljallangan dastur vositalari kompleksiga dastur ta’minoti tizimsi (PTS) deb yuritiladi. Kompyuterning PTS oʻz ichiga turli xil dasturlar toʻplamini oladi (3.1 rasm). Dasturlashni avtomatlashtirish tizimsi (PAS) foydalanuvchilar dasturlarini yaratish jarayonini engillashtirish va avtomatlashtirishga moʻljallangan boʻlib PTS ning bir qismi hisoblanadi. Rivojlangan PASlar dasturlashtirish tillari, translyatorlar va sozlash dasturlarini oʻz ichiga oladi. Sozlash dasturlari tuzilgan dasturlar ishining toʻgʻriligini tekshirish va xatolarni topish uchun ishlatiladi.
Kompyuterda masalalarni echish jarayonini ta’minlash va uni osonlashtirish uchun operatsion tizim deb ataluvchi dasturlar kompleksi ishlatilib, u boshqaruvchi va qayta ishlovchi dasturlar guruhidan iborat.
Boshqaruvchi dasturlar kompyuter qurilmalari ishini boshqaradi, ya’ni kompyuter qurilmalari ishini, kiritish, tayyorlash va boshqa dasturlarning bajarilishini tashkil qiladi va boshqaradi.
Qayta ishlovchi dasturlar ma’lumotni qayta ishlash bilan bogʻliq yangi dasturlarni EHMda ishga tushirib, masalalarni echishga va boshlangʻich ma’lumotlarni tayyorlash ishlarini bajarishga xizmat qiladi.
Texnik xizmat qilish dasturlari kompyuterning profilaktika ishlarida, diagnostika masalalarini echishda va undagi nosozliklarni aniqlashda hamda boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Amaliy dastur paketlari tarkibiga insonning kundalik amaliy faoliyatida vujudga keladigan ilmiy, texnik, moliyaviy va turli-tuman iqtisodiy masalalarni echishga mo‘ljallangan, operatsion tizim imkoniyatlarini va funktsiyasini kengaytirishga hamda boshqa bir qancha konkret maqsadlarga moʻljallangan dasturlar kompleksi kiradi.
Yuqorida tasvirda koʻrsatilgan translyatorlar amaliy dasturlarni algoritmik tillardan mashina tiliga oʻgiruvchi tarjimon dasturlardir. Ular ikki xil boʻladi: kompilyatorlar va interpretatorlar.
Interpretatorlar dasturlashtirish tilida yozilgan dasturni bosqichma-bosqich (yoki qatorma-qator) mashina tiliga oʻgirib va darhol bajarib borsa, kompilyatorlar esa butun dasturni birdaniga mashina tiliga oʻgiradi va agarda uning xatosi yoki kamchiligi boʻlmasa, uni bajarishni amalga oshiradi.
Bir marta kompilyatsiya qilingan dastur boshqa kompilyatsiya qilinmaydi, negaki uning natijasi ishlovchi dasturni xosil qiladi. Interpretatorda esa dastur har bir bajarilishida qaytadan mashina tiliga oʻgiriladi va bosqichma-bosqich bajarila boradi.
Xususiy kompyuterning ham foydalanuvchi uchun qulay va samarador boʻlishi unda qanday dasturviy ta’minot mavjudligi bilan aniqlanadi. Lekin dasturviy ta’minotning qanday turlari foydalanuvchi uchun zarur boʻlishi uning qaysi soxada faoliyat koʻrsatishi bilan aniqlanadi. Endi oʻzingizni iqtisod soxasida faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassis sifatida faraz qilgan holda qaysi turdagi dasturviy ta’minot Sizning kundalik ishlarni bajarishingiz uchun kerak boʻlishini oʻylab topishga xarakat qiling. Kompyuter ishlaganda uni boshqarish uchun kerak boʻladigan dasturlar bilan amaliyotda qoʻllaniladigan dasturlar orasida qanday farq boʻlishi mumkin?
Kompyuterning dasturviy ta’minoti ularning qoʻllash samaradorligini oshirish, undan foydalanishni osonlashtirish va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashning mehnat sarfini kamaytirishi uchun moʻljallangan dasturlar tizimsidan iborat.
Kompyuter dasturlar ta’minotining toʻplami quyidagi guruhlarga ajraladi:
- tizimviy dasturlar – xilma-xil qoʻshimcha ishlarni bajarishga imkon beradi, masalan, kompyuterning ishlash jarayoni davomida nosoz qurilmalarni diagnostika va nazorat qilish vositalari, ma’lumotlarning nusxalarini olib qoʻyish, kompyuter haqida ma’lumotnomalar berish, kompyuterni boshlangʻich ishga tayyorlash va xakozolar;
- amaliy dasturlar – foydalanuvchilarga zarur boʻlgan ishlarni bajarishga imkon beruvchi dasturlar, matn taxrirchilari, jadval protsessorlari, rasmlar chizishga imkon beruvchi dasturlar, informatsion massivlar va bilimlar bazalari bilan ishlashga imkon yaratuvchi dasturlar va xokazolar.
- dasturlashtirish tizimlari yoki instrumental tizimlar – ular kompyuter uchun yangi amaliy dasturlar yoki foydali ilovalar yozish uchun xizmat qiladilar.
Tizimviy dasturlarga operatsion tizim, drayverlar, qobiq dasturlar va operatsion qobiqlarni kiritish mumkin. Operatsion qobiqlar ishga tushiriladigan dasturlar uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratishi mumkin:
- grafik interfeys – ma’lumotlarni chiqarish va ular bilan samarador ishlashga imkon beradigan vositalar toʻplamini xosil qilish mumkin, ya’ni aloxida turdagi menyular, darchalar, oynalar, ma’lumotnomalar va xokazolar;
- multidasturlashtirish – bir vaqtning oʻzida bir qancha dasturlarni ishlatish imkoniyati;
- dasturlararo ma’lumot almashinishnig kengaytirilgan vositalarini ishlatish.
Dastur ta’minoti ilmiy-texnik, iqtisodiy-statistik va boshqa masalalarni echishda, shuningdek, boshqaruv ma’lumotlarini qayta ishlash uchun hisoblash tizimlari qurishda kompyuter texnik vositalarining imkoniyatlarini ancha kengaytiradi.
Kompyuter dastur ta’minotining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:
- dasturlashni avtomatlashtirish vositalari yordamida masalani EHMda echishga tayyorlash;
- operator bilan kompyuterning eng qulay koʻrinishlardagi aloqasini tashkil qilish;
- kompyuterni nazorat qilish, unga diagnoz qoʻyish va yuzaga kelgan nuqsonlarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik.
Kompyuterning dastur ta’minoti strukturasida dasturlashning modulli tomoyili amalga oshiriladi, bu tomoyil, odatda funktsional bogʻliq boʻlmagan dasturlar yoki ularning qismlari standart modullar koʻrinishida shakllanadigan va sozlanadigan boʻlishini talab qiladi. Bunday struktura yoki ularning oʻrnini almashtirish, yoxud qoʻshimcha modullar kiritish yoʻli bilan EHMning dastur ta’minotini nisbatan oddiy kengaytirish va takomillashtirish imkonini beradi.
Kompyuter dastur ta’minotining eng muhim tarkibiy qismi, operatsion tizim boʻlib, u turli tartiblarda kompyuterning eng samarali ishlashini, shuningdek, masalani kompyuterda echishga tayyorlashdagi mehnat sarfining kamayishini ta’minlaydigan dasturli vositalar majmuidan iborat.
Personsl kompyuter funktsional maqsadiga bogʻliq holda kompleks monitor imkoniyatlari foydalanuvchi tomonidan displey kiritiladigan katta sonli boʻlmagan oddiy buyruqlarning bajarilishidan tortib, to aniq vaqt davomida har xil qurilmalar bilan boshqarishgacha oʻzgarib turadi. Monitorning odatdagi vazifasi Personsl kompyuter bilan foydalanuvchi oʻrtasida oʻzaro aloqadorlikni tashkillashtirish, resurslar taqsimlashni boshqarish va Personsl kompyuter faoliyatida talab etilgan tartibni ta’minlash, tizimli va boshqa dasturlarni ishga tushirish va bajarilishini nazorat ostiga olish, ma’lumotlar almashinish jarayonning bajarilishini boshqarishdir.
Tizimli dasturlar va ma’lumotlar guruhiga tashqi tashuvchilarga xizmat qiluvchi dasturlar, servis dasturlar va dasturlar kutubxonasi kiradi.
Axborotlarning tashqi tashuvchilarga xizmat koʻrsatadigan dasturlar tashuvchilardagi mavjud axborotlarni tenglashtirish va nazorat qilishga, shuningdek tashuvchilar bilan va alohida fayllar bilan boshqa jarayonlarni bajarishga tayyorlash, saqlashni tashkillashtirish va dasturlarni qoʻllash ishlarini engillashtiradi. Ular oʻzlarining funktsional maqsadlari nuqtai-nazaridan turli-tumandir, lekin qoidaga koʻra, ularning tarkibida matnni taxrirlash dasturlari va kutubxonalar boʻladi. Displeydan yoki boshqa bir qancha tashuvchilardan kiritilayotgan matnlar tahrir dasturlari orqali Personsl kompyuterning operativ yoki tashqi hotirasiga yoziladi, bunda ular maxsus tahrir buyruqlari yordamida oʻzgartirilishi mumkin. Koʻplab tahrir dasturlari mavjud, ular bir biridan bajaradigan imkoniyatlari bilan farqlanadi va matnlarda oʻzgarishlar qilish uchun ishlatiladi.
Dasturlashtirish tillarining tasnifi.
Dasturlashtirish tillari deganda nimani tushunasiz? Ular foydalanuvchi uchun qanday imkoniyatlar yaratadi? Dastur tillarining qaysi turlari oʻrgangansiz va ularning bir-biridan farqi nimada? Dastur tillarini qanday asosiy guruhlarga boʻlish mumkin va bu nimaga asoslanib amalga oshiriladi?
Yuqorida keltirilgan savollar va muammolar xaqida biroz fikrlang va fikrlaringizni boshqalar bilan oʻrtoqlashing.
Hozirgi paytda yuzlab algoritmik tillar mavjud boʻlib, ularga Fortran, Algol, Kobol, RL/I, Assembler, Paskal, SI, LISP, Beysik va boshqa koʻpgina tillarni misol qilib koʻrsatish mumkin. Bu algoritmik tillar universal dasturlash tillari hisoblanib, ular injener-texnik, hisoblash, iqtisodiy va boshqa xarakterdagi koʻplab masalalarni echishga, shuningdek ma’lumotlar toʻplamini qayta ishlash, matnli axborotlarni taxlil qilish va shularga oʻxshash boshqa koʻpgina masalalarni echishga moʻljallangandir.
Masalalarni dasturlash uchun kompyuterda dasturlash tillari deb ataluvchi sun’iy tillar qoʻllaniladi. Masalani echishning ishlab chiqilgan algoritmi shu tillar yordamida bir ma’noli qilib va kompyuterda qabul qila oladigan formada tavsiflanadi.
Hozirgi vaqtda dasturlash tilini u yoki bu belgisi boʻyicha tavsiflash mumkin.
Ishlatilish sohasiga koʻra dasturlash tillari universal, ya’ni barcha sohalarda ham ishlatish mumkin boʻlgan tillar va ma’lum soha yoki muammolarni echishga moʻljallangan tillarga boʻlinadi. Universal tillarga yuqori darajadagi tillardan PL/I, ADA, SI kabilar kirsa, ilmiy- texnika sohasida ishlatiladigan tillarga Fortran, Algol kabilar, iqtisodiy masalalarni echishga esa Kobol, RPG, LISP, Prolog kabi tillar misol boʻladi.
Foydalanuvchilar saviyasiga koʻra esa yuqori darajali va quyi darajali tillarga boʻlinadi. Yuqori darajali tillar keng foydalanuvchilar ommasiga moʻljallangan boʻlib, tabiiy tilga ancha yaqin va tushunarli boʻladi. Bunday tillarga PL/I, ADA, Beysik, Paskal, Kobol, RPG, Fortran kabilar misol boʻladi.
Quyi darajadagi tillar mashina tiliga yaqin boʻlib, bu tildan foydalanuvchi mashinaning tuzilishi boʻyicha ma’lum darajadagi bilimga ega boʻlishi kerak. Quyi darajadagi til mashinaning imkoniyatlaridan toʻlaroq foydalanish imkonini berib, u operatsion tizimlar, translyator va kompilyatorlar yaratish hamda shu kabi murakkab dastur vositalarini yaratishda ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda dasturlash tilini u yoki bu belgisi boʻyicha tasniflash mumkin. Odatda, dasturlash tilining EHMga koʻra bogʻliqlik darajasi boʻyicha klassifikatsiyalash eng umumiy hisoblanadi. Ushbu belgisiga koʻra barcha tillar ikkita katta guruhga: mashinaga bogʻliq va mashinaga bogʻliq boʻlmagan tillarga boʻlinadi.
Dasturlash tilining mashina tiliga yaqinligi darajasini ta’riflash uchun til darajasi tushunchasi qoʻllaniladi.
Darajasi 0 boʻlgan mashina tili darajalarni sanash boshi etib qabul qilingan. Odamning tabiiy tili eng yuqori darajadagi til deb qaraladi. Mnemokodlar birinchi darajadagi tillar hisoblanib, ular mashina tillariga eng yaqindir. Lekin mnemokod mashina tilidan shu bilan farqlanadiki, unda amal kodlari mos harfli belgilar bilan, operandlarning raqamli adreslari esa harfli yoki harf-raqamli belgilar bilan almashtirilgan.
Avtokod mnemokodlarning asosiy xususiyatlarini saqlaydi. Ammo unda mashina komandalarining simvolik analoglari bilan bir qatorda, mashina tilida toʻgʻridan-toʻgʻri analogi boʻlmagan mikrokomanda qoʻllanilishi mumkin.
Ushbu tillarning mashinaga moʻljallanganligi ularning asosida hamon konkret EHM buyruqlar tizimsi yotishini bildiradi. Shu sababli bunday tillardan foydalanish uchun qoʻllanilayotgan kompyuterning xususiyatlarini bilish zarur. Shu boisdan bu tillar amalda kamroq qoʻllaniladi.
Mashinaga bogʻliq boʻlmagan tillar ham ikki guruhga boʻlinadi: protseduraga moʻljallangan tillar turli masalalarni echish algoritmlarini tavsiflashga moʻljallangan. Shuning uchun ular koʻpincha oddiy qilib “algoritmik tillar” deb ataladi. Lekin, aniq aytganda “algoritmik til” tushunchasi dasturlash tili bilan har doim ham mos kelavermaydi. Ba’zi algoritmik tillar ularga qoʻshimcha vositalar masalan, axborotni kiritish va chiqarish operatorlari kiritilgandan keyingina dasturlash tiliga aylanadi.
Protseduraga moʻljallangan tillar echilayotgan masalalar xususiyatlarini toʻla hisobga oladi va konkret EHMga deyarli bogʻliq emas.
Foydalanuvchilarning yana shunday bir toifasi mavjudki, ular oʻz sohasida mutaxassis boʻlgan va oʻz vazifalarini yaxshi bilgani holda kichiq aniq muammoga doir masalani echish uchun EHMdan operativ foydalanishga ehtiyoj sezadilar. Lekin ular EHMda masalani echish bosqichlari, usullari bilan tanish emaslar. Foydalanuvchilarning ushbu toifasiga xususan ishlab chiqarish va boshqarish ma’muriy organ xodimlari, konstruktorlar, texnologlar, iqtisodchilar va boshqalar kiradi.
Ular uchun masala echish algoritmini mufassal yozishni talab qilmaydigan, muammoga moʻljallangan maxsus tillar ishlab chiqilgan. Foydalanuvchi faqat masalani ta’riflashi, boshlangʻich ma’lumotlarni berishi, natijaviy ma’lumotlar formasini koʻrsatishi mumkin. Ushbu axborotlarga koʻra ish dastursi avtomatik yuzaga kelaveradi.

Dasturlashtirish tizimlari taqida tushuncha.


Dasturlashtirish tizimlari nima va ular qanday ishlarni amalga oshirishga yordam beradi hamda ular qanday asosiy tarkibiy qismlardan iborat? Yuqorida olgan bilimlaringizdan ijodiy ravishda foydalangan xolda ushbu savolga javob topishga xarakat qiling va bunda guruhdagi talabalar bilan fikr almashing.
Dasturlashtirish tizimsining asosiy predmeti - matematik tizim ta’minotining nazariy va amaliy usullarini ishlab chiqish va dasturni ekspluatatsiya qilishdir.
“Dasturlash tizimsi” deganda, dasturlashni avtomatlashtirish va dasturlashni EHMga oʻtkazishni ta’minlovchi kompleks vositalari tushuniladi.
Dasturlash tizimlariga standart qoʻshimcha dasturlar kutubxonasi, dasturlash tillari va translyatorlar hamda dasturni otladka qiluvchi vositalar kiradi.
Bir qancha dasturlarda yoki bir dasturni bir qancha joylarida aniq amallarni bajarishi uchun foydalaniladigan mashinalar tilidagi buyruqlar ketma-ketligi “qism dastur” deb ataladi.
Har xil dasturlarda qabul qilinadigan qism dasturlar yagona konuniyatlar asosida shakllantiriladi va “standart qism dasturlar” deb ataladi.
kompyuterning xotirlash qurilmalarida saqlanadigan standart qism prgrammalar toʻplami standart qism dasturlar kutubxonasini tashkil etadi. Bu tipdagi kutubxonalar tarkibiga bir necha yuzlab qism dasturlar kiradi.
Barcha dasturlar, ular tayyorlashning qanday bosqichidaligiga qarab tegishli kutubxonada saqlanishi mumkindir. Dasturli modulning har bir tipi oʻz kutubxonasiga ega: dastlabki modullar kutubxonasi va yuklovchi modullar kutubxonasida dasturli fazoli koʻrinishda operatsion tizim oʻzining komponentlari va shuningdek foydalanuvchilarning bajarishiga tayyor ish dasturlari saqlanadi. Bu kutubxona albatta boʻlishi shart. Chunki har qanday dastur navbatdagi bajarilish uchun operativ hotiraga faqat yuklovchi modul kutubxonasidan keladi; qolgan 2 ta kutubxona boʻlmasligi ham mumkin.
Yuqorida kompyuterda foydalaniladigan asosiy dasturlar majmuasi bilan tanishib chiqdingiz. Lekin oʻz-oʻzidan ma’lumki ushbu dasturlar xali kompyuter bilan ishlash uchun unchalik etarli emas. U xolda foydalanuvchining ishini engillashtirish maqsadida yana qanday turdagi dasturlar ishlatilishi kerak boʻladi? Bu muammoni xal qilish uchun tashqi qurilmalarga xizmat qiluvchi, disklar bilan ishlovchi, ma’lumotlarni ximoyalash uchun moʻljallanilgan va boshqa bir qancha turdagi dasturlar ham boʻlishi mumkinligi xaqida fikrlab koʻring.
Kompyuterning ishlashini ta’minlash uchun turli qoʻshimcha dasturlar zarur boʻladi. Masalan, kattik disk (vinchester) bilan turli ishlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar zarur. Vinchesterni boʻlaklarga boʻlish, uning ma’lum boʻlaklarini parol bilan ximoyalash uchun Disk Manager deb ataluvchi dastur ishlatiladi.
Diskning xolatini tekshirish uchun esa NDD (Norton disk doctor) dastursi ishlatiladi. Bu dastur yordamida disk segmentlari tekshirilib, undagi xatoliklar topiladi va bartaraf etiladi.
Diskdagi ma’lumotlarni optimizatsiya qilish, ya’ni bir tartib bilan joylashtirib chiqishga xizmat qiluvchi SD (Speed Disk) dastursi mavjuddir. Uning yordamida diskdagi ma’lumotlar tartibga keltiriladi, bu esa diskdagi ma’lumotlarga murojaat qilishni engillashtirib, kompyuter ishini tezlatadi.
Yuqorida sanab oʻtilgan dasturlarni ishlatish qulay boʻlib, dialog darchasida hosil boʻladigan menyu punktlaridan mosini tanlash va ishlatishdan iboratdir.
Utilitlar guruhlarga birlashtirilib, ularning eng koʻp ishlatiladiganlari Norton Utilities, PC Tools Deluxe, Mace Utilities lar boʻlib hisoblanadi. Utilitlarni quyidagi tartibda guruhlarga boʻlib chiqish mumkin:
- Upakovka qiladigan dasturlar maxsus usullarni qoʻllagan xolda ma’lumotlarni siqilgan xolda joylashtirib, ularning arxiv nusxalarini xosil qilishga yordam beradilar. Masalan, PKZIP, PKUNZIP va ARJ dasturlari bularga misol boʻla oladi.
- Disklardagi ma’lumotlarning rezerv nusxalarini xosil qiladigan dasturlar qattiq diskka yozilgan ma’lumotlarni tezlik bilan disketlarga yoki strimmerlarga nusxalash uchun yordam beradilar. Masalan, Norton Backup, Fast Back Plus.
- Antivirus dasturlari, ular xilma-xil turdagi viruslarga qarshi samarali kurashish uchun xizmat qiladilaryu
- Kommunikatsion dasturlar kompyuterlararo ma’lumotlarni almashinish uchun ishlatiladilar. Masalan, Brooklin Bridge, DeskLink, LapLink, Fast Link. Telemate, Procomm, Dataline dasturlari kompyuterlarning telefon qanallari orqali muloqot qilinishiga yordam bersa, WinFax Pro, Bit Fax, Fax It dasturlari telefon ma’lumotlarini faks modem orqali uzatish imkoniyatini yaratadilar.
- Kompyuterni diagnostika qilish dasturlari uning konfiguratsiyasini va ishga layoqatliligini tekshirishga imkon beradi. Masalan, Cheeck It, ND lags, Control Room, System Sleuth dasturlarini shu dasturlar turkumiga kiritish mumkin. Disklarni tekshirish uchun Disk Technician Advance, Calibrate dasturlari qoʻllanilishi mumkin.
- Disk uchun moʻljallanilgan dastur-kesh diskdan ma’lumot oʻqishni ancha tezlashtirishga imkon beradi, chunki ushbu xolda operativ hotirada diskning tez-tez ishlatilib turadigavn boʻlaklarini oʻz ichiga olgan kesh-bufer xosil qilinadi. Masalan, Smart Drive, NKache, Super PC Kwik.
- Disklarni optimizatsiya qilish dasturlari disklarda saqlanadigan ma’lumotlar xajmini ancha oshirishga va ma’lumotlarni tezroq topishga yordam beradi. Masalan, Speed Disk yoki Fast Trax dasturlari.
- Disklarni dinamik siqishtirishga imkon beruvchi dasturlar disklarda saqlanilishi mumkin boʻlgan informatsiya xajmini ancha oshirishga yordam beradi. Masalan, Stacker, Double Space, Super Stir dasturlari.
- Avtonom ravishda chop qilish dasturlari (skulerlar) fayllarni chop qilishni boshqa ishlar bilan bir vaqtda amalga oshirishga imkon beradi. Masalan, Print Cashe dastursi.
- Xotirani boshqarish uchun moʻljallanilgan operativ xotirani yaxshiroq boshqarish uchun ishlatiladi. Masalan, Software Carousel va Switch It dasturlari xotiraga bir qancha dasturlarni yuklashga va biridan ikkinchisiga osonlik bilan oʻtishga yordam beradi.
Xususiy kompyuter operatsion tizimlari, ularning turlari va xususiyatlari.
Siz kompyuterni yoqqaningizda va uni ishga tushirish jarayonida barcha ishlar avtomatik tarzda, oʻz-oʻzidan bajariladi. Bu ishning qanday bajarilishi xaqida, qaysi dasturlar majmuasi ushbu ishni bajarishi mumkinligi toʻgʻrisida fikrlab oling. Ushbu muammoni xal qilishda oldingi boʻlimda olgan bilimlaringiz ancha asqotadi, chunki u erda bu xaqda bir qancha foydali ma’lumotlar berilgan edi. Faqat oxirgi oʻn yillikda EHM yordamida 1 birlik operatsiyani bajarish qiymati 400 baravar, bir bayt ma’lumotni saqlash qiymati esa 25 baravar arzonlashdi. Bularning barchasi bir tomondan texnikaviy taraqqiyot natijasida amalga oshgan boʻlsa, ikkinchi tomondan operatsion tizimlarning rivojlanishi orqali amalga oshdi. Chunki xozirgi zamon kompyuterlari yuqori tezlikda ishlashi bilan birga turli xildagi murakkab qurilmalar majmuini tashkil qiladi. Bunday sharoitda kompyuterning samarali ishi faqat tegishli operatsion tizim yordamida amalga oshishi mumkin.
Hozirgi paytda keng tarqalgan operatsion tizimlar SP/M, MS-DOS, UNIX va Apple Macintosh, Novell, Windows-95, 98 va Windows-2000, 2002 kabilardir. Masalan UNIX operatsion tizimsini yuqori kontseptual birlik ajratib turadi. Bu unda ishlashni sodda va qulay qilishi bilan birga uning asosida yotgan gʻoyalar uni qabul qilishni engillashtiradi. UNIX tizimsida ishlayotgan foydalanuvchi faqat uning imkoniyatlaridan foydalanmasdan, bu imkoniyatlar qanday amalga oshayotganini ham yaxshi tasavvur qila oladi.
UNIX tizimsida barcha ishlar oʻzaro raqobatlashuvchi jarayonlar toʻplami koʻrinishida ifodalanadi. Jarayon esa resurslar iste’molchisi boʻlib, ish va boshqaruv birligi hisoblanadi. UNIX tizimsi xajmi boʻyicha kichiq boʻlib, ancha sodda. Tizim vositalari yaqqol ifodalangan boʻlib, qulay mnemonikaga ega.
CP/M operatsion tizimsi eng ommaviy diskli operatsion tizimlardan biri boʻlib, 8-razryadli mikroprotsessorlar INTEL 8080 yoki ZILOG Z80 lar asosida yaratilgan kompyuterlarni boshqarishga moʻljallangan. CP/M operatsion tizimsining asosiy xususiyatlaridan biri-bir vaqtning oʻzida bir necha foydalanuvchiga xizmat koʻrsatishi, ya’ni multidastur tartibida ishlashi mumkin.
Apple Macintosh (Errl Makintosh) deb nomlangan operatsion tizim ham mavjud boʻlib, u shu nomli firma tomonidan ishlab chiqilgan kompyuterlarga oʻrnatish uchun moʻljallanilgan. Uning grafik imkoniyatlari juda qulay va rivojlangan boʻlib, foydalanuvchi uchun katta imkoniyalar yaratadi. Lekin uning noqulay tomonlaridan biri boshqa operatsion tizimlar va IBM turidagi kompyuterlar bilan mos tushmasligidir.
Lekin ushbu operatsion tizimlar orasida eng koʻp tarqalgani va keng iste’molchilar tomonidan keng miqyosda qoʻllaniladigan shak-shubxasiz maykrosoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Windows turidagi operatsion tizimdir, chunki mamlakatimizdagi asosiy mashina parki xuddi shu operatsion tizim yordamida faoliyat koʻrsatadi. Uning asosiy xarakteristikalari va koʻrsatgichlarini keyinroq koʻrib chiqamiz.
4.Diskli operatsion tizimning asosiy operatorlari va ularning ishlatilishi.
Fikrlab koʻringchi, nega ushbu operatsion tizim eng koʻp miqyosda tarqalgan va xozirga qadar ham u koʻpchilik tomonidan qoʻllaniladi? U qanday imkoniyatlarni amalga oshirib berishi mumkin? Uning qanday yaxshi tomonlari va kamchiliklari mavjud? MS DOS qanday ma’noni bildiradi va u qaysi firmaning maxsuloti?

Download 38.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling