3-bob. Mehnat va ish haqi hisobi


Download 433.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/35
Sana16.06.2023
Hajmi433.02 Kb.
#1495874
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Bog'liq
3 Moliyaviy hisob va hisobot

sutkalik xarajatlar
vakillik xarajatlari
transport xarajatlari
/ V
k o ‘zda tutilm agan 
xarajatlar
yash ash uchun (turar jo y n i ijarasi 
b o ‘yich a) xarajatlar
qop lanishi lozim b o ig a n xizm at 
safarining boshqa xarajatlari
3.3-rasm. Xizmat safari xarajatlari1
1 Financial and managerial accounting. 12e. Carl S.Warren, James M.Reeve,
Jonathan E.Duchac. 2014.77 p.


Xizmat safarida va yo‘lda b o ig a n vaqt uchun sutkalik xara­
jatlar xizmat safariga yuborilgan ishlarga jamoa shartnomalari, 
jamoa kelishuvlari va mehnat shartnomalarida ko‘zda tutilgan miq- 
dorlarda, lekin Toshkent shahrida, shahar hmda viloyatlar markaz- 
larida - 0,1, boshqa shaharlar va aholi yashaydigan punktlarda -
0,08dan kam bo‘lmagan holda belgilanadi (respublika bo‘yicha 
o‘rnatilgan eng kam oylik ish haqiga nisbatan koeffitsiyentlarda).
Agar mehm onxonalarning lyuks-nom erlarida (xonalarida) 
yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda, turar joy 
xonasining ijaraga olish bo‘yicha haq to ia sh ushbu nomerning 
(xonaning) qiymatini 70 % miqdorida amalga oshiriladi.
Turar joy xonasining ijaraga olganlikni tasdiqlovchi hujjatlar 
yo‘q bo‘lgan hollarda, xarajatlar har bir sutka uchun belgilangan 
eng kam oylik ish haqi miqdorini 2 % miqdorida qoplanadi.
Ishchi xizmat safaridan qaytgan kundan e ’tiboran uch kun 
mobaynida avans (bo‘nak) hisobotini taqdim etishi shart. Ushbu 
hisobotga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xizmat safari 
guvohnomasi va xizmat safarida haqiqatda sarflangan xarajatlami 
tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
H isobdor shaxslar b o ‘yicha hisob-kitoblar to ‘g ‘risidagi 
axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga 
oshiriladi:
4220-«Xizmat safarlariga berilgan bo‘naklar»;
4230-«Umumxo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar»;
6970-«Hisobdor shaxslarga b o ig an qarzlar».
Hisobdorlikka berilgan summa pul mablagiarini hisobga olu­
vchi hisobvaraqlar bilan, jum ladan, 5010-«M illiy valutadagi 
pul m ablagiari», hisobvaraqlari bilan bogiangan holda, ushbu 
hisobvaraqlaming debetida aks ettiriladi.
Qarzning qoplanishi, xarajatlar va xarid qilingan qiymatliklami 
hisobga oluvchi hisobvaraqlar yoki amalga oshirilgan sarf-xarajat- 
lamingtavsifidankelibchiqibboshqahisobvaraqlarbilanbogiangan 
holda, ushbu hisobvaraqlaming kreditida aks ettiriladi.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblaming sintetik hisobi 4220 
«Xizmat safarlariga berilgan bo‘naklar» schyoti yuritiladi. Xizmat


safariga yuborilgan xodimlar soni qarab 4220-«Xizmat safarlariga 
berilgan bo‘naklar» schyoti bo‘yicha analitik (4221, 4222,...) 
schyotlar ochish mumkin.
4230-«Umumxo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar» 
schyotida mayda xo‘jalik xarajatlari uchun, hisobdorlik ostida 
vakillik xarajatlari uchun ekspeditorga berilgan bo‘naklarni hisobga 
olish mumkin. Vakillik xarajatlariga korxonaning o ‘zaro hamkorlik 
o ‘rnatishyoki uni saqlab turish, shuningdek, korxonaning boshqaruv 
va nazorat organlari majlislariga kelgan ishtirokchilami qabul qil­
ish hamda ularga xizmat ko‘rsatish maqsadlarida sarflanadigan 
xarajatlari kiradi. Bu xarajatlar m azkur shaxslarning rasmiy 
qabulini o ‘tkazish, ularni transport bilan ta’minlash, muzokaralar 
vaqtida bufet xizmati ko ‘rsatish xarajatlari, ziyofatlar va bo‘sh 
vaqtni tashkil etish, korxonaning shtatida turmagan tarjimonlar 
xizmatiga haq to‘lash xarajatlaridir.
6970-«Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarzlar» schyoti korxona 
xodimlariga m a’muriy-xo‘jalik va operatsion xarajatlar, xizmat 
safarlari uchun berilgan hisobdorlik summalari bilan haqiqatda 
sarflangan summalar o‘rtasidagi farq natijasida kelib chiqadigan 
qarzlami aks ettiradi.
3.6-jadval

Download 433.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling