3-bob. Mehnat va ish haqi hisobi


Ish vaqtidan tashqari ish


Download 433.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/35
Sana16.06.2023
Hajmi433.02 Kb.
#1495874
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
3 Moliyaviy hisob va hisobot

Ish vaqtidan tashqari ish buxgalteriyada naryadlar, ish vaq- 
tini hisobga olish tabeli, ma’lumotnoma-hisob-kitob bilan rasmiy- 
lashtiriladi hamda ikki baravardan kam b o im ag an miqdorda 
haq to ia n a d i ( 0 ‘zR Mehnat kodeksining 157-moddasi). Haq 
toiashning aniq miqdori kollektiv shartnomasida o‘matiladi, agar 
u tuzilmagan b o isa, korxona rahbari tomonidan kasaba uyushmasi 
yoki ishchilaming boshqa vakil organi bilan kelishilgan holda bel- 
gilanadi.
Ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir xodim uchun 
surunkasiga ikki kun davomida to‘rt soatdan (mehnat sharoiti 
og‘ir va zararli ishlarda bir kunda ikki soatdan) va yiliga bir yuz 
yigirma soatdan ortiq boim asligi lozim ( 0 ‘zR Mehnat kodeksi­
ning 125-moddasi). Ish smenasining muddati o‘n ikki soatdan ibo­
rat boiganda, shuningdek, mehnat sharoiti o ‘ta og‘ir va o ‘ta zararli 
ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga y o i qo‘yilmaydi.
Soat 22.00 dan to soat 6.00 gacha b o ig a n vaqt tungi vaqt 
deb hisoblanadi ( 0 ‘zR Mehnat kodeksining 122-moddasi). Agar 
xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) m uddatining 
kamida yarmi tungi vaqtga to ‘g ‘ri kelsa, tungi ish vaqti mud­
dati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda 
qisqartiriladi.
Tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun kamida bir yarim 
baravar miqdorda haq toianadi, ya’ni tungi vaqtdagi ish uchun 
qo‘shimcha to io v miqdori soat stavkasining 50 %dan kam boiishi 
mumkin emas.


Xodimlarga o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddat 
bilan yillik asosiy ta’til beriladi. Ta’tillaming muddati olti kunlik 
ish haftasi yuzasidan kalendar bo‘yicha ish kunlari bilan hisoblab 
chiqariladi. Ta’til davriga to‘g‘ri kelib qolgan va Mehnat kodek- 
sining 131-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan kunlar deb hiso- 
blanadigan bayram kunlari ta’til muddatini belgilashda hisobga 
olinmaydi. Yillik ta ’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqa- 
rishda qo‘shimcha ta ’tillar yillik asosiy ta ’tilga (shu jumladan, 
uzaytirilgan ta’tilga ham) qo‘shib jamlanadi.
Mehnat kodeksining 135-moddasiga muvofiq quyidagilarga 

Download 433.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling