3. Boshqaruv jarayonining axborot ta’minoti. Kommunikatsiya. Korporativ boshqaruv: mohiyat, elementlar, asosiy muammolar


Boshqaruv jarayonining axborot ta’minoti.Kommunikatsiya


Download 31.69 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi31.69 Kb.
#1532971
1   2   3
Bog'liq
Mavzu

3. Boshqaruv jarayonining axborot ta’minoti.Kommunikatsiya
«Informatsiya» (axborot) atamasi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «xabardorlik, biror voqea yoki shaxs faoliyati to‘g‘risidagi xabar» ma’nolarini anglatadi. Boshqaruv tizimini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida unga darhol ta’sir qiluvchi zarur ma’lumotlar majmui – axborot deyiladi. Yetarli va haqqoniy axborotsiz boshqaruv faoliyatini amalga oshirib bo‘lmaydi.
Ishlab chiqarish axboroti – bu boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o‘rtasidagi aloqa shaklidir. Boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimdan shlab chiqarish sur’ati va tizimining xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida axborot oladi. Olingan axborot asosida boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimning faoliyatini baholaydi va boshqaruvni yanada takomillashtirish yuzasidan topshiriqlar, ko‘rsatmalar ishlab chiqadi. Keyin esa ularni boshqariluvchi tizimga ijro etish uchun yuboradi. Axborot boshqaruv tizimining muhim bo‘g‘ini sanaladi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, boshqaruvning barcha pog‘onalarida mavjud bo‘ladi.
Axborot ham ibtido nuqtasi, ham boshqaruv apparatining ish natijasi, ham zarur shart, qolaversa, amalga oshirilayotgan harakatlarni qayd etish uslubidir. Axborot hajmi ortishi barobarida boshqaruv axborotining sifat xususiyatlariga talab ham ortadi.
Boshqaruv jarayoni barcha olingan (to‘plangan) axborotlarni yig‘ish, yetkazish va qayta ishlashdan iborat bo‘lib, bu axborotlar orqali ushbu jarayonda boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, boshqaruv buyruqlari shaklida axborotlar berish va bu axborotlarni tegishli ijrochilarga yetkazish kabilar amalga oshiriladi.
Axborotning turli shakllari mavjud: statistik, tezkor, iqtisodiy, buxgalteriya, moliyaviy, kadrlarga oid, texnologik, konstruktorlik, marketing, ijtimoiy va boshqa axborotlar.
Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot muhim vazifani bajaradi. Chunki u moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida odamlar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Shuningdek, ilmiy- texnikaviy axborotning ahamiyati ham katta. Negaki, u ilmiy-texnik taraqqiyot asosida ishlab chiqarishning rivojlanishini aks ettiradi.
Axborot o‘z manbalariga ko‘ra ichki va tashqi axborotga bo‘linadi. Tashqi axborot tashqi muhitdan olingan axborotlardan iborat bo‘ladi. Ularga ko‘rsatmalar, rejali topshiriqlar, mahsulotning sotilishi to‘g‘risidagi xabarlar, ma’lumotlar va boshqalar kiradi. Ichki axborot korxonaning o‘zida yoki uning boshqaruv bo‘g‘inida ishlab chiqiladi va korxona ichida amalda bo‘ladi. Korxona uchun bu sex tomonidan rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi, moddiy texnika ta’minoti, mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.
Yo‘nalishiga qarab axborot boshlang‘ich (umumiy) va boshqaruv (komandaviy) axborotga bo‘linadi. Komandaviy axborot – boshlang‘ich axborotni qayta ishlash asosida qarorlar qabul qilish natijasidir. Boshlang‘ich axborot quyi bosqich boshqaruv tizimidan yuqori boshqaruv tizimi tomon harakatlanadi. Komandaviy axborot esa aksincha.
Axborot vaqt o‘tishi bilan o‘z ahamiyatini turlicha saqlaydi. Doimiylik darajasiga qarab, axborotni doimiy, shartli -doimiy va o‘zgaruvchan axborotga ajratish mumkin. Doimiy axborot uzoq vaqt davomida ham o‘z ahamiyatini o‘zgartirmaydi (korxona va bo‘linmalarning nomlanishi, mahsulot turlari). Shartlidoimiy axborot muayyan vaqt davomida o‘z ahamiyatini saqlab turadi. Bunday axborotlarga korxonaning turli me’yor va me’yoriy hujjatlari (moddiy va mehnat xarajatlari, narxlar, tariflar va boshqalar) kiradi. Shartli-doimiy axborotlar ba’zi korxonalarda axborotlar umumiy hajmning 85 foizini tashkil etadi. O‘zgaruvchan axborot boshqaruv ob’ekti va boshqariluvchi jarayonlarning dinamik holatini aks ettiradi, bu esa, o‘z navbatida, qarorlar qabul qilish uchun axborotn i tez qayta ishlashni talab etadi. Aks holda axborot olishning ma’nosi qolmaydi.
Boshqaruv amaliyotida ishlab chiqariluvchi (ikkilamchi) axborot ham keng qo‘llaniladi. U birlamchi axborotni qayta ishlash mahsuli hisoblanadi. Axborotni qayd etish va to‘plash uchun turli vositalardan foydalaniladi: inson xotirasi, hujjatlar, perforatsiya kartalari va lentalari, magnit lentalar, barabanlar yoki disklar, elektr impulslari kombinatsiyasi va boshqalar. Axborotlar majmui boshqaruv axborot tizimini tashkil etadi. Bu tizim boshqaruv jarayonining axborot ta’minoti shaklida namoyon bo‘ladi. Axborot ta’minoti ishonchli, o‘z vaqtida, xolis mazmunli qarorlar qabul qilish uchun ochiq bo‘lishi kerak. Axborot hajmi minimal bo‘lishi va ayni paytda uning ma’nomazmuni maksimum bo‘lishi, shuningdek, axborot matni qisqa va aniq bo‘lishi lozim. Korporatsiyaning axborot ta’minoti axborotning turli oqimlari bo‘ylab to‘g‘ri aloqalar shaklida amalga oshadi. Bunday aloqalar ishlab chiqarishning muayyan vazifalarini hal etishni ta’minlaydi.
Zamonaviy yirik korporatsiyada axborot hajmi bir million hujjatgacha yetadi, shu bilan birga, barcha axborotlar o‘z vaqtida qayta ishlanishi lozim. Masalan, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida kundalik birlamchi axborot ko‘rsatkichi bir milliondan oshadi. Korxonaning tashqi axboroti ham tez sur’atda ortib bormoqda. Bunday sharoitda axborot bilan ishlashni tizimlashtirish va tashkil etish bo‘yicha muammolarni hal etish zarur: - ratsional axborot tizimini ishlab chiqish;
- axborot oqimlarini shakllantirish uslublarini ishlab chiqish;
- axborotni qabul qilish va uzatishning ratsional uslublarini tanlash;
- axborotni saqlash va izlashni tashkil etish;
- axborotni qayta ishlash jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish va maqbullashtirish.
Bu yo‘nalishdagi ishlarning butun majmui axborotni to‘plash va qayta ishlashning umumdavlat yagona tizimi yaratilishini ta’minlashi kerak. Axborotlar yig‘indisi boshqaruvning axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimi – murakkab axborot tuzilmasi bo‘lib, hujjatlar, axborot oqimlari, aloqa kanallari va boshqaruv ob’ektining texnik vositalarini o‘z ichiga oladi.
Axborot tizimlari murakkab va oddiy bo‘lishi mumkin. Oddiy axborot tizimi chuqur qayta ishlanishni talab etmaydi. Uning paydo bo‘lish joyidan foydalanish joyiga yetkazilishi o‘zgarishsiz amalga oshiriladi. Bunday axborot telefon yoki turli ogohlantiruvchi vositalar orqali bir martalik xabar sifatida keladi. Murakkab axborot tizimlari axborotni qayta ishlashning avtomatlashishi darajasiga ko‘ra tavsiflanadi. Birinchi guruhga shunday axborot tizimlari kiritiladiki, ularda axborotni qayta ishlash qo‘lda yoki oddiy mexanizatsiyalashgan qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Ikkinchi guruh axborotni qabul qilish va qayta ishlashni mexanizatsiyalash vositalarini keng qo‘llash asosida amalga oshirish mumkin.
Uchinchi guruhga aralash tizimlar mansubdir. Ularda ma’lumotlarni qayta ishlashning kompleks mexanizatsiyasi axborotni to‘plash va qayta ishlash unsurlari bilan bir qatorda qo‘llaniladi. Axborotni qayta ishlashda kompyuterdan foydalanadigan boshqaruv tizimlari avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ATB) deb nomlanadi.
ATB quyidagi vazifalarni bajaradi:
- axborotni olish;
- axborotni qayta ishlash;
- axborotni saqlash, to‘plash;
- axborotni boshqaruv organiga berish;
- boshqaruv buyruqlarini shakllantirish;
- buyruqlarni ijrochilarga berish va natijani taqqoslash.
Eng taraqqiy topgan axborot tizimini loyihalash quyidagilarga asoslanishi lozim:
- korxonada qo‘llanilayotgan axborot tizimini tahlil qilish, asosiy axborot oqimlarini o‘rganish;
- axborot tizimi iqtisodiy modelini ishlab chiqish, axborotning zarur hajmi va mazmunini belgilash;
- axborotni to‘plash va qayta ishlash uchun texnik vositalarni aniqlash;
- axborotni qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish;
- axborotning yuzaga kelishi va ishlatilishi davriyligini aniqlash;
- korxonada qo‘llanilayotgan axborot uchun shifrlar tizimini ishlab chiqish;
- standart xabarlarga axborot uzatish va qayta ishlashni avtomatlashtirish uchun qulay shakl berish maqsadida ularni loyihalash;
- loyihalash davomida olingan barcha materiallarni rasmiylashtirish va tizimlashtirish.
Boshqaruv texnikasi – bu aqliy mehnat taktikasi, boshqaruv sohasida axborotni qayta ishlash texnikasidir. Texnik vositalar takomillashgani sari boshqaruv texnologiyasi, boshqaruv mehnatining tashkil etilishi va butun boshqaruv jarayoni samaraliroq bo‘lmoqda. Mamlakat iqtisodiyotini optimal boshqarish uchun har yili 1016 oddiy arifmetik operatsiyani amalga oshirish lozim. Ayni paytda boshqaruv apparati xodimlari 1012ta, ya’ni 10 ming marta kam operatsiyani bajara oladilar. Bu muammoni boshqaruv mehnatini takomillashtirish, axborotni to‘plash va qayta ishlashni avtomatlashtirish yo‘li bilan hal etish mumkin. Boshqaruv texnikasini faqat hisoblash mashinalaridangina iborat deb bilish noto‘g‘ridir. Ilk bor texnik vositalar 100 yil avval paydo bo‘lgan. Ularning ruchkalar, chizg‘ichlar va oddiy kartotekalardan tortib, EHMgacha hammasini ikkita asosiy sinfga bo‘lish mumkin: tashkiliy texnika vositalari va hisoblash mashinalari.
Tashkiliy texnika vositalariga ko‘pgina qurilma va moslamalar (oddiy qurol va moslamalar, axborotni olish, qayta ishlash uchun boshqaruv mashinalari, nusxa ko‘chirish va ko‘paytirish, aloqa vositalari, axborot saqlagichlar va xizmat ko‘rsatish vositalari, xizmat xonalari uskunalari) kiradi. Boshqaruv o‘z faoliyatida juda ko‘p oddiy qurol va moslamalarni (qalam, ruchka, yozuv kitoblari, kartochkalar, jadvallar, chizmalar va boshqalar) ishlatadi. Eng so‘nggi avlod EHMlari va kompyuterlar oddiy texnik vositalar (qalam va chizg‘ichlar) o‘rnini to‘liq bosa olmaydi. Qulay va ko‘pga chidaydigan bu qurollar boshqaruv mehnatida murakkab texnik uskunalar kabi zarur va muhimdir. Oddiy qurol va moslamalarni axborotni qayta ishlash bosqichlariga ko‘ra guruhlarga jamlash mumkin . Bu, eng avvalo, yozuv qurollari (qalam, ruchka, mo‘yqalam, trafaretlar), tasvir vositalari (chizma, diagramma, nazorat va dispetcher taxtalari, yo‘nalish sxemalari va boshqalar), hujjatlarni saqlash vositalari (javonlar, konvertlar, kartotekalar, perfokarta va boshqalar), axborotni olish va qayd etish vositalari (o‘lchangan tara, tarozi, soat, o‘lchagich, tablo va turli hisoblash asboblari, yozuv va nusxa ko‘chirish mashinalari), aloqa vositalari (telefon, AS, direktor va dispetcher kommutatorlari, radioaloqa, radiofonlar, avariyaviy va chaqiriladigan signalizatsiya, gapiruvchi qurilmalar va boshqalar), axborotni saqlovchi (tovush, yorug‘lik, kartochkalar, oyna, metall, turli qoplamalar), boshqaruv mashinalarida ishlatiladigan axborot saqlovchilar (magnit lentalari, magnit disklari, qog‘oz).
Kommunikatsiyalar
. Kommunikatsiya – bu axborot almashuvidir. Bu axborot asosida rahbar samarali qarorlar qabul qilish uchun zarur ma’lumotlarni oladi va so‘ngra ularni xodimlarga yetkazadi. Rahbar faoliyati samarali axborot almashinuvini talab etadi. Agar odamlar axborot almasha olmasa, ular birga ishlay olmaydi, maqsadlarini shakllantira olmaydilar va ularga yetisha olmaydilar.
Rahbar o‘z vaqtining 50 foizdan 90 foizgachasini kommunikatsiyaga sarflaydi. Chunki axborot almashuvi boshqaruv faoliyatining barcha asosiy turlariga singib ketgan. Axborot almashuvining sifati boshqaruv qarorlarini bajarish darajasiga bevosita ta’sir qiladi.
Kengash, xizmat qog‘ozlari, telefon muloqotlari, rasmiy hisobotlar, videotasmalar va yuzma-yuz suhbatlar kabi kommunikatsiya vositalarini qo‘llash, oxir-oqibat, ko‘pgina masalalarni va ko‘plab xodimlarni qamrab olish imkonini beradi.
Korporatsiyalar tashqi muhit bilan muloqot qilish uchun turli-tuman vositalardan foydalanadi. Ular mavjud iste’molchilar bilan reklama, shuningdek, tovarni bozorda sotishning boshqa dasturlari yordamida muomala qiladilar. Axborot korporatsiya ichida vertikal kommunikatsiyalar doirasida bosqichdan bosqichga o‘tadi. U pastlovchi chiziq bo‘ylab berilishi (uzatilish) mumkin, ya’ni oliy bosqichdan quyi tomon (masalan, korxonaning ishlab chiqarish bo‘limi sex boshlig‘iga qanday mahsulotni va qaysi muddatda ishlab chiqarishni topshiradi, u esa uchastka boshlig‘i yoki ustaga topshiriq beradi), yoki yuqoriluvchi chiziq bo‘ylab beriladi (masalan, uchastka boshlig‘i sex boshlig‘ini mahsulotning tayyorlanishi haqida xabardor qiladi. U, o‘z navbatida, bu haqda ishlab chiqarish boshlig‘ini xabardor qiladi, u esa korxona direktoriga xabar beradi). Axborotni quyi bosqichdan yuqoriga berish mehnat unumdorligiga ta’sir qilishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar: https://baxili.ru/uz/magazines/sushchnost-i-struktura-korporavtinogo-upravleniya-ponyatie-korporativnogo.html
Download 31.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling