3. Davlat tushunchasiga ta'rif bering?


O‘zbekiston prezidenti quyidagi vakolatlarga ega


Download 111.08 Kb.
bet4/6
Sana24.11.2023
Hajmi111.08 Kb.
#1796706
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nomzodlar uchun savollar va javoblar

O‘zbekiston prezidenti quyidagi vakolatlarga ega:
fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlariga rioya etilishining, O‘zbekiston suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligining kafilidir, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi;
mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston nomidan ish ko‘radi;
muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekistonning shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;
o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
O‘zbekistonning chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalarining rahbarlarini tayinlash uchun nomzodlarni Oliy Majlisning Senatiga taqdim etadi;
Xalqiga hamda Oliy Majlisga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega;
vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzadi hamda tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik Senat tasdig‘iga kiritadi;
Senat raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni Senatga taqdim etadi;
Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasi a’zolarini Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi;
Qo‘mitalar, agentliklar va boshqa respublika davlat organlari rahbarlarini qonunchilikka muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
Bosh prokurorni, Hisob palatasi raisini Senat ma’qullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi;
Senat bilan maslahatlashuvlardan keyin Davlat xavfsizlik xizmati raisini lavozimga tayinlaydi va uni lavozimidan ozod etadi;
Senatga Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi tarkiblariga nomzodlarni, shuningdek Markaziy bank boshqaruvining raisi, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbari va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbari lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislarini va rais o‘rinbosarlarini, Harbiy sud raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Prezident o‘z qarori bilan ularni lavozimidan ozod etishga haqli;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va hokimlarning hujjatlarini to‘xtatadi, bekor qiladi;
Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli;
Qonunlarni imzolaydi va e’lon qiladi;
qonunni o‘z e’tirozlari bilan takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga haqli;
O‘zbekistonga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Oliy Majls palatalarining tasdig‘iga kiritadi;
alohida hollarda (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, butun hududda yoki ayrim joylarda favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Oliy Majlisning palatalari tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;
Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, oliy harbiy unvonlar beradi;
Ordenlar, medallar va yorlig‘ bilan mukofotlaydi, O‘zbekistonning malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;
O‘zbekistonning fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi;
amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida Oliy Majlisning Senatiga taqdimnomalar kiritadi va sudlar tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi;
Xavfsizlik kengashini tuzadi va unga boshchilik qiladi, o‘z vakolatlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida prezident Administratsiyasini, shuningdek prezident huzuridagi maslahat-kengash organlarini va boshqa organlarni shakllantiradi;
Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

11.O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi qanday vakillik organi hisoblanadi va uni ikki palatali qilishdan maqsad nima?


O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-maddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Respublikada qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi maqomi: O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senat vakolat muddati — besh yil.

Download 111.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling