3. Davlat tushunchasiga ta'rif bering?


Download 111.08 Kb.
bet6/6
Sana24.11.2023
Hajmi111.08 Kb.
#1796706
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nomzodlar uchun savollar va javoblar

Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy) ( 810-yilda Buxoroda to`g`iladi — 870-yilda , Samarqand yaqinidagi Hartang qishlogʻida vafot etgan) — islom olamining yirik mutafakkiri. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi.
U ko‘plab kitoblar yozgan bo‘lib,Ular orasidagi „Al-jomeʼ as-sahih“ asari islom olamida Qur’ondan keyingi eng muhim manba sifatida eʼzozlanuvchi manba hisoblanadi. Manosi: Ishonchli toplam. Mana shunday og‘ir davrda Imom al-Buxoriy “Al-Jomi’ as-Sahih” kitobini 16 yilda yozib tugatib, unga 7275 dan ortiq sahih hadislarni boblarga ajratib tartibli ravishda jamladi. Undan 600 ming hadisning ichidan saralanib olingan. Hadislarni «mingdan ortiq ishonchli ulamodan hadis yozib oldi»
3. Ma'naviyat deganda nimani tushunasiz?
Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami maʼnaviyatdir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, maʼnaviyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bagʻishlaydi. Maʼnaviyat maʼrifat va madaniyat bilan bogʻliq. Maʼnaviyat odamlarda tap-tayyor holda vujudga kelmaydi. Unga muttasil oʻqish, oʻrganish, tajriba orttirish orqaligina erishiladi. Maʼnaviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi.
„Maʼnaviyat — insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yoʻq joyda hech qachon baxt-saodat boʻlmaydi“, degan edi Oʻzbekistonning ilk prezidenti Islom Karimov.

4. Samarqand shahridagi Registon maydonida joylashgan 3 ta muhtasham tarixiy obidalarni sanab o'ting va ularning ahamiyatini tushuntirib bering?


Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni boʻlib, bu yerda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalari. Registon – qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi. U haqda Temuriylar faxr bilan: „Kim bizning kuch-qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni koʻrsin“, deganlar. 2001-yilda bu uch madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.

5. Sharq rivoyatlariga ko'ra kimlar bilan do'st bo'lish kerak?


6. Hadis deganida nimani tushunasiz va hadislardan namunalar keltiring?
Hadis (arabcha: xabar, gap, yangilik) — Muhammad (s.a.v) aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʼondan keyin 2-manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat boʻladi: matn va isnod. Hadis 2 turga — hadisi qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan boʻlgan hadislar) va hadisi nabaviyga boʻlinadi. Hadislar eʼti-borga olinishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ashoblaridan so‘radilar: «Birortangiz uyingizning oldidan oqib o‘tadigan daryoda (yoki soyda) har kuni besh mahal yuvinsangiz, badanimda kir qolibdi, deb aytasizmi?» Sahobalar: «Sira ham kir qolmaydi», deyishdi. Rasuli Akram: «Besh vaqt namoz ham shunga o‘xshash bo‘lib, Alloh taolo bu o‘qilgan namozlar tufayli gunohlarni kechiradi».

7. “Vatan” tushunchasiga ta'rif bering va ulug' ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy Vatanga qanday ta'rif bergan?


Vatan:
Kishilarning tugʻilib oʻsgan joyi, yurti, mamlakati; tarixan muayyan xalqqa tegishli hudud hamda uning tabiati, aholisi, oʻziga xos taraqqiyoti, tili, madaniyati, turmushi va urf-odatlari majmui. Vatanona kabi yagona, muqaddas. Vatan oldidagi qarzdorlik tuygʻusi, masʼuliyati har bir yetuk insonga xos xususiyatdir. Vatanni sevish vatanparvarlikda namoyon boʻladi;
Bu so'z hamma xalqlar uchun juda aziz.Kurrai zaminimiz unda yashayotgan 7,5 milliardga yaqin aholi uchun Vatandir.Har bir xalq uchun Esa taqdiran va tarixan ato etilgan hamda chegaralangan hudud ona-Vatandir. "Vatan" atamasi arabcha so'z bo'lib,ona yurt ma'nosini bildiradi.Alisher Navoiy Vatan tushunchasini ona yurt,tug'ilib o'sgan joy,maskan,manzil ma'nolarida ishlatgan.O'zbekiston biz tug'ilib,o'sgan joy,avlod-ajdodlarimiz umr kechirgan yurt,millatimiz yashaydigan davlat.

. Sohibqiron bobomiz Amir Temur haqida nimalarni bilasiz?


. O'zbekiston jahondagi davlatlarning xalqaro uyushmasi – Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qachon qabul qilindi va u bilan qaysi yo'nalishlarda hamkorlik amalga oshirilmoqda?
. Demokratiya tushunchasiga ta'rif bering?
. “Mahalla” va “Qishloq” tushunchalariga ta'rif bering?
. “Shahar” tushunchasiga ta'rif bering va yurtimizdagi tarixiy shaharlarni sanab bering?
. “Mustaqillik maydoni” qachon tashkil etilgan va bu maydon haqida nimalarni bilasiz?
. Mustaqillik maydonining to'rida joylashgan Mustaqillik va ezgulik monumenti haqida nimalarni bilasiz?
. “Avesto” kimlarning muqaddas kitobi va Avestoda qayd etilgan inson hayotining asosiy qoidasi bo'lishi kerak bo'lgan g'oyalarni sanab bering?
. Kosmopolitlar kimlar va “O'troq hayot” deganda nimani tushunasiz?
. Chingizxonga qarshi kurashlarda jasorat ko'rsatib, uni lol qoldirgan vatandoshimiz kim va u haqida nimalarni bilasiz?
. Ikkinchi jahon urushi yillarida yurtimizga fashistlar bosib olgan hududlardan ko'chirib keltirilgan millatlar haqida nimalarni bilasiz?
. 9 may – Xotira va qadrlash kuni qaysi yildan buyon yurtimizda keng nishonlanib kelinmoqda va bu bayram nima maqsadda tashkil etilgan?
. Ikkinchi jahon urushi arafasida O'zbekistonda qancha aholi yashagan va shundan qanchasi Ikkinchi jahon urushidagi janglarda ishtirok etgan?
. “Tinchlikning qadri” deganda nimani tushunasiz?
. Vatan tuyg'usi deganda nimani tushunasiz va bir umr Vatan tuyg'usi bilan yashagan, Hindiston o'lkasida podsholik qilgan Zahiriddin Muhammad Boburning qabri qaysi shaharda joylashgan?
. “Alloma” deganda nimani tushunasiz va Vatan tuyg'usi har ishda, har qadamda madadkor bo'lsin deb o'z ismi shariflariga tug'ilgan joylarining nomini qo'shib yozgan mutafakkirlardan kimlarni bilasiz?
. Qaysi yillarda sobiq SSSR hududida mudhish ommaviy siyosiy qatag'onlar amalga oshirilgan va buning O'zbekistonga ta'siri qanday bo'lgan?
. “Oila” tushunchasiga ta'rif bering va oilaning tayanch ustunlari haqida nimalarni bilasiz?
. “Tarbiya” tushunchasiga ta'rif bering va bola tarbiyasida ko'proq nimalarga e'tibor berish lozim?
. Vatanimiz bayrog'ini jahon arenalarida yuqoriga ko'targan yosh shaxmatchilar Nodirbek Abdusattorov hamda aka-uka Javohir va Islombek Sindorovlar haqida nimalarni bilasiz?
. Mardlik, fidoyilik va ezgulik kabi mavzularga yo'g'rilgan qanday jahon xalqlari hamda xalqimizning dostonlarini bilasiz? Buyuk sarkarda bobomiz Amir Temur hamma sohada adolatni bosh mezon deb bilib qaysi shiorga amal qilib yashagan va “Tuzuklar” kitobida nimalar bayon qilingan?
O'zbekiston Respublikasi haqida nimalarni bilasiz?
Buyuk ipak yo'li haqida nimalarni bilasiz?
Ilm manbai bo'lmish “Kitob” haqida nimalarni bilasiz?
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi haqida nimalarni bilasiz?
“Xalq” tushunchasiga ta'rif bering?
O'zbek xalqi deganda kimlar tushuniladi va ular haqida nimalarni bilasiz?
“Rasadxona” deganda nimani tushunasiz va Mirzo Ulug'bek rasadxonasi haqida gapirib bering?
Mirzo Ulug'bek muzeyi haqida nimalarni bilasiz?
Zardushtiylik ta'limotining bosh kitobi qaysi va u haqida nimalarni bilasiz?
Qadimda mamlakatimiz hududida qanday davlatlar rivoj topgan?
. Demokratiya va huquqiy demoktarik davlat tushunchalariga ta'rif bering?
. Mustaqil davlat deganda nimani tushunasiz?
. “Jadidchilik harakati” va ularning asosiy maqsadi haqida nimalarni bilasiz?
. Mamlakatimizdagi prezidentlik boshqaruvi haqida gapirib bering?
. Davlat siyosati qanday qismlarga bo'linadi va ularga ta'rif bering?
. Imom Buxoriy majmuasi haqida nimalarni bilasiz?
. Rasmiy timsollar deganda nimani tushunasiz va Vatanimizning rasmiy timsollarini sanab bering?
. O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i haqida nimalarni bilasiz?
. O'zbekiston Respublikasi davlat gerbi haqida nimalarni bilasiz?
. Qadimda qaysi shahar Choch, Shosh hamda Binkat nomlari bilan atalgan va bu shaharning qadimda nechta darvozasi bo'lgan?
. Milliy qadriyat deganda nimani tushunasiz?
. Vatanparvarlik deganda nimani tushunasiz?
. Buyuk ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning asarlari va tarbiyaga oid aytgan fikrlari haqida gapirib bering?
. Sog'lom turmush tarzi deganda nimani tushunasiz?
. Toshkent shahri haqida nimalarni bilasiz?
. Xiva shahri haqida nimalarni bilasiz?
. Samarqand shahri haqida nimalarni bilasiz?
. Buxoro shahri haqida nimalarni bilasiz?
. Qo'qon shahri haqida nimalarni bilasiz?
. Sirdaryo viloyati qachon tashkil topgan va uning geografik joylashuvi hamda demografik ma'lumotlari haqida gapirib bering?
. Jizzax viloyati qachon tashkil topgan va uning geografik joylashuvi hamda demografik ma'lumotlari haqida gapirib bering?
. Samarqand viloyati qachon tashkil topgan va uning geografik joylashuvi hamda demografik ma'lumotlari haqida gapirib bering?
. Navoiy viloyati qachon tashkil topgan va uning geografik joylashuvi hamda demografik ma'lumotlari haqida gapirib bering?
. Buxoro viloyati qachon tashkil topgan va uning geografik joylashuvi hamda demografik ma'lumotlari haqida gapirib bering?
. Xorazm viloyati qachon tashkil topgan va uning geografik joylashuvi hamda demografik ma'lumotlari haqida gapirib bering?
. Qashqadaryo viloyati qachon tashkil topgan va uning geografik joylashuvi hamda demografik ma'lumotlari haqida gapirib bering?
. Surxondaryo viloyati qachon tashkil topgan va uning geografik joylashuvi hamda demografik ma'lumotlari haqida gapirib bering?
. Farg'ona viloyati qachon tashkil topgan va uning geografik joylashuvi hamda demografik ma'lumotlari haqida gapirib bering?
. Namangan viloyati qachon tashkil topgan va uning geografik joylashuvi hamda demografik ma'lumotlari haqida gapirib bering?
Andijon viloyati qachon tashkil topgan va uning geografik joylashuvi hamda demografik ma'lumotlari haqida gapirib bering?
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy bog'i haqida nimalarni bilasiz?
. Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboni haqida nimalarni bilasiz?
Poytaxtimizdagi Hazrati Imom majmuasi haqida nimalarni bilasiz?
Toshkent shahridagi Xotira maydoni haqida nimalarni bilasiz?
Buxoro, Samarqand, Termiz va Marg'ilon shaharlarida joylashgan buyuk qadamjolarni sanab bering? “Tarixiy xotira” va “Manqurt” tushunchalariga ta'rif bering?
Mustaqillikka erishganimizdan so'ng dunyoning qaysi shaharlarida saqlanayotgan milliy merosimizning minglab noyob namunalari yurtimizga olib kelindi?
Samarqanddagi Registon maydoni haqida nimalarni bilasiz?
“Samarqandning yuragi” deya e'tirof etiladigan tarixiy yodgorlikni ayting?
Movarounnahr haqida gapirib bering?
Qadimiy Xorazm zaminidan etishib chiqqan, ilm-u ma'rifat yo'lidagi beg'iyos xizmatlari uchun “Jorulloh” ya'ni “Allohning qo'shnisi” degan yuksak e'tirofga sazovor bo'lgan mutafakkir kim?
“Tib qonunlari” asarining muallifi kim va bu asar haqida nimalarni bilasiz?
Jahon tilshunos olimlarining tadqiqotiga ko'ra buyuk yozuvchi va shoirlar orasida eng ko'p so'z boyligiga ega inson sifatiga kim tan olingan va bu inson faoliyati davomida o'z asarlarida qancha so'z ishlatgan?
. So'z mulkining sultoni, mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy xotirasiga bag'ishlanib dunyoning qaysi shaharlarida bu insonning haykallari o'rnatilgan?
. Kamoliddin Behzod haqida nimalarni bilasiz?
. Uyg'onish davri deganda nimani tushunasiz hamda G'arb uyg'onish davri qachon va qaerda boshlangan?
. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Xalqaro Navro'z kuni qachon e'lon qilindi?
. Milliy qadriyatimiz bo'lgan – tilimiz haqida nimalarni bilasiz?
. Umumbashariy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz?
. Jasur frantsuz qizi Janna D'arkning jasorati haqida nimalarni bilasiz?
. Ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi jasorati haqida nimalarni bilasiz?
. Bugungi kunda yoshlarni o'z ta'siriga olib, shu tariqa mamlakatimiz kelajagiga bolta urmoqchi bo'lgan kuchlarni sanab bering va ularga qarshi kurashishning eng samarali yo'lini ayting?
. Sog'lomlik nima va u necha xil ko'rinishga ega?
. Sog'lom turmush tarzi deganda nimani tushunasiz?
. O'zini o'zi tarbiyalash deganda nimani tushunasiz?
. Hakimbek obrazi qaysi dostonning bosh qaxramoni hisoblanadi?
. Alpomish dostonidagi personajlar va undagi voqealar rivoji haqida gapirib bering?
. Ma'naviyat deganda nimani tushunasiz?
. Insonning ichki dunyosi deganda nimani tushunasiz? . Iroda deganda nimani tushunasiz?
. Qanday illatlar insondagi vijdon tuyg'usini so'ndirib, bora-bora uni vijdonsiz insonga aylantirib qo'yishi mumkin?
. Fikr nima va odamlarning orzu niyatlariga qarab fikrlar necha xil bo'ladi?
. G'oya deganda nimani tushunasiz?
. Milliy g'oya qanday shakllanadi, uning ijodkori kim?
. Adolat g'oyasi deganda nimani tushunasiz?
. So'z mulkining sultoni, mutafakkir bobomiz Mir Alisher Navoiyning besh dostondan iborat bo'lgan asari va uning ahamiyati haqida gapirib bering?
. Konservatsiya nima va konservativ g'oyaga ta'rif bering?
. G'oyalar xalqning irodasi, orzu-intilish va manfaatlarini qanchalik to'g'ri yoki noto'g'ri aks ettirishiga qarab qanday turlarga bo'linadi?
. Bunyodkor g'oyalar haqida nimalarni bilasiz?
. “ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal” degan qoida qaysi kitobda o'z aksini topgan va buning ma'nosini tushuntirib bering?
. “Dil ba yor-u dast ba kor”, ya'ni “Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin” degan hikmat muallifi kim va bu hikmat qanday fikrni ifoda etadi?
. Bunyodkorlik mehnat mahsuli bo'lgan dunyo va yurtimiz mo''jizalarini sanab bering?
. Vayronkor g'oyalar haqida nimalarni bilasiz?
. Bolshevizm va Ateizm tushunchalariga ta'rif bering?
. Mustabid mafkura deganda nimani tushunasiz?
. Ma'naviy tahdid deganda nimani tushunasiz?
. “Qo'shning tinch – sen tinch” degan maqolning mazmunini aytib bering?
. Diniy aqidaparastlik deganda nimani tushunasiz?
. ekstremizm deganda nimani tushunasiz?
. Terrorizm deganda nimani tushunasiz?
. Madaniyat deganda nimani tushunasiz?
Komil inson deganda nimani tushunasiz?
Xudbinlik deganda nimani tushunasiz?
Mahalliychilik deganda nimani tushunasiz?
Kamtarlik va manmanlik haqida nimalarni bilasiz?
Sohibqiron bobomiz Amir Temurning “Kimki qudratimizga shubha qilsa, biz qurgan binolarga boqsin” degan so'zlari qaysi inshootning devorlariga bitilgan?
Insonparvarlik deganda nimani tushunasiz?
“Tilga ixtiyorsiz – elga e'tiborsiz” naqlining muallifi kim va buning ma'nosini aytib bering?
Tajovuzkor g'oya haqida nimalarni bilasiz?
Xalqimizga qarshi qaratilgan “paxta ishi” haqida nimalarni bilasiz?
Bugungi kunda mafkuraviy-g'oyaviy xujumlar nima orqali tarqatiladi?
Aqidaparastlik deganda nimani tushunasiz?
“Ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi xurujlar deganda nimani tushunasiz?
. Mafkuraviy poligon deganda nimani tushunasiz?
. Diniy ekstremizm deganda nimani tushunasiz?
. Bugungi kunda dunyo mafkuraviy manzarasida qanday kuchlarning o'zaro kurashi avj olmoqda?
. G'oyaviy bo'shliq deganda nimani tushunasiz?
. Ishonch deganda nimani tushunasiz?
. Qanday insonlarda g'oyaviy bo'shliq paydo bo'lishi mumkin?
. Inson dunyoqarashi deganda nimani tushunasiz?
. Immunitet so'ziga ta'rif bering?
. Mafkuraviy immunitet deganda nimani tushunasiz?
. Ogohlik deganda nimani tushunasiz?
. Ma'rifat deganda nimani tushunasiz?
. Bugungi kunda qaysi shior asosida yoshlarimizni zamonaviy talablar darajasida bilim olish, kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallashga da'vat etmoqdamiz?
. Ona tili haqida nimalarni bilasiz?
. Temuriylar davrida o'zbek tilining obro'yi, uning nufuzini ko'tarish uchun kurashgan mutafakkir kim?
. Ona tilimizdagi qaysi so'zlarni boshqa tillarga aynan tarjima qilib bo'lmaydi?
. Umumbashariy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz?
. Qonun ustuvorligi deganda nimani tushunasiz?
. Hurfikrlilik deganda nimani tushunasiz?
. “O'rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferentsiya qachon va qaysi shaharda o'tkazilgan?
. Qaysi davlatlarda buyuk mutafakkir bobolarimiz Ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy va Ahmad Farg'oniylarning haykallari o'rnatilgan?
. Toshkent shahri qachon va qaysi tashkilot tomonidan Islom madaniyati poytaxti deb e'lon qilindi?
. Strategik yo'l deganda nimani tushunasiz?
. O'zbek modelining asosiy tamoyillarini sanab bering?
. Islohot deganda nimani tushunasiz?
. Oila deganda nimani tushunasiz?
. Qanday yo'llar bilan topilgan boylik harom hisoblanadi?
. “Yuksak ma'naviyat – engilmas kuch” asarida “xalqimizga xos o'zini-o'zi boshqarish tizimining noyob usuli” deya nima ta'riflangan?
. Konstitutsiyamizning 105-moddasiga ko'ra mahalla raisi (oqsoqol) va uning maslahatchilari necha yil muddatga saylanadi. Ularning faoliyat yo'nalishlari?
. “Turkiy guliston yoxud axloq” asari haqida gapirib bering?
. Ma'rifatparvar bobomiz Abdurauf Fitratning tarbiyaga oid mashhur fikrlarini ayting?
. “Ustoz – otangdek ulug'” degan hikmatni tushuntirib bering?
. Inson hayotida har qanday iqtisodiy yoki siyosiy qaramlikdan ham ko'ra daxshatliroq qaramlik bu nima?
. Gladiator tushunchasi qaysi davrga tegishli va ular kimlar bo'lgan?
. Giyohvand moddalarning noqonuniy savdosidan topilayotgan katta miqdordagi nopok pullar qanday maqsadlarda sarflanmoqda?
Inson mehnati qanday turlarga bo'linadi va ularni tushuntirib bering?
Haqiqiy qaxramonlik deganda nimani tushunasiz?
XX asr boshlarida xalqimiz maorifi va madaniyatini yuksaltirish, iqtisodiy hamda siyosiy hayotini bosqinchilar izmidan ozod qilish yo'lida bemisl fidoyilik ko'rsatgan ajdodlarimizni sanab bering?
Mahmudxo'ja Behbudiyning hayoti va ijodi haqida gapirib bering?
Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi haqida gapirib bering?
Abdurauf Fitratning hayoti va ijodi haqida gapirib bering?
Cho'lpon hayoti va ijodi haqida gapirib bering?
Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi haqida gapirib bering?
Din deganda nimani tushunasiz?
Salib yurishlari haqida nimalarni bilasiz?
Yahudiylarning Markaziy Osiyoda yashaganliklariga guvohlik beruvchi arxeologik topilmalar tadqiqotchilar tomonidan ilk bor qachon va qaerdan topilgan?
O'zbekistondagi birinchi yahudiylar teatri qachon va qaerda tashkil qilingan?
Yahudiylik ta'limoti Xudo tomonidan Musoga nozil qilingan O'n amrga rioya etishga asoslanadi. Shu 10 amrni sanab bering?
Yahudiylarning muqaddas kitobi nomini ayting va bu kitob qaysi tillarda yozilgan? Buddaviylik dini qachon va qaerda vujudga keldi?
. Ayritom topilmasi haqida nimalarni bilasiz?
. Fayoztepa topilmasi haqida nimalarn bilasiz?
. Quva topilmasi haqida nimalarni bilasiz?
. Xristianlik dini haqida nimalarni bilasiz?
. Jizzax viloyatida Vinkerd hududidagi g'ordan qanday madaniy yodgorlik topilgan?
. Xristianlikning muqaddas kitobi qaysi va u necha bo'limdan iborat?
. Islom dinining Markaziy Osiyoga kirib kelish tarixi haqida gapirib bering?
. Islom dinining muqaddas kitobi qaysi va bu kitob kim tomonidan ilk bor to'liq ravishda zamonaviy o'zbek tiliga tarjima qilingan?
. Qaysi xalifa davrida “Qur'oni karim” ikkinchi marta jamlanib, kitob holatiga keltirildi?
. Islom dinining “Qur'oni karim”dan keyingi o'rinda turuvchi muqaddas manbasini ayting?
. Islom dini ta'limoti haqida gapirib bering?
. Islom dinining asosiy bayramlari haqida gapirib bering?
. “Yo Vatan, yo sharofatli o'lim” shiori ostida mo'g'ullarga qarshi kurashgan mutafakkir kim?
. Ma'lumki, Naqshbandiya tariqati 4 tamoyil asosiga qurilgan. Ushbu 4 tamoyilni sanab bering?
. Muhammad ibn Muso Xorazmiyning ilm-fan taraqqiyotiga qo'shgan hissasi haqida gapirib bering?
. Kim Kolumb sayohatidan 500 yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit'a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surgan?
. Ahmad Farg'oniyning ilm-fan taraqqiyotiga qo'shgan hissasi haqida gapirib bering?
. Abu Rayhon Beruniyning ilm-fan taraqqiyotiga qo'shgan hissasi haqida gapirib bering?
. “Islom olamining eng mashhur faylasufi va qomusiy allomasi hamda insoniyatning eng buyuk mutafakkirlaridan biri” degan unvonga sazovor bo'lgan inson kim?
. “Ommaviy madaniyat” tushunchasi haqida nimalarni bilasiz?
. Islomning mohiyatiga mutlaqo zid bo'lgan hodisalar yoki harakatlarni aytib bering?
. Hadislarda aytilishicha, “Ikki narsa borki, ko'pchilik insonlar uning qadriga etmaydilar”. Ular nima?
. Missionerlarning asosiy maqsadi nimadan iborat?
. Missionerlikka qarshi kurash masalasi O'zbekiston Respublikasining qaysi hujjatida belgilab qo'yilgan?
. Kibernetika deganda nimani tushunasiz?
. Milliy istiqlol g'oyasi nima?
. Milliy istiqlol mafkurasining bosh g'oyasi nima?
. Milliy mafkura nima?
. Milliy mentalitet nima?
. Milliy qadriyatlar nima?
. Milliy g'oya tushunchasiga izoh bering?
. Milliy g'urur nima?
. Milliylik nima?
. Mustamlakachilik nima?
. Mustaqillik tushunchasiga izoh bering?
. Mustaqillik g'oyasi nima?
. Mafkura yakkaxonligi nima?
. Mafkuraviy beqarorlik nima?
. Mafkuraviy vaziyat nima?
. Mafkuraviy immunitet nima?
. Mafkuraviy markazlar nima?
. Mafkuraviy maqsad nima?
Mafkuraviy muammolar nima?
Mafkuraviy poligon nima?
Mafkuraviy profilaktika nima?
Mafkuraviy siyosat nima?
Mafkuraviy tajovuz nima?
Mafkuraviy tarbiya nima?
Mafkuraviy xavfsizlik?
Mafkuraviy tolerantlik nima?
Mafkuraning funktsiyalari nima?
Mahalliychilik nima?
Mehnat jamoalari nima?
Millat nima?
Millatlararo totuvlik nima?
Millatchilik nima?
. Istiqlol nima?
. Istiqlol mafkurasi nima?
. Iudaizm nima?
. “Ichki ishlarga aralashmaslik” nima?
. Iqtisodiyotni erkinlashtirish nima?
. Konservatizm nima?
. Konstitutsionalizm nima?
. Konfutsiylik nima?
. Kosmopolitizm nima?
. Ko'ppartiyaviylik nima?
. Liberalizm nima?
. Materializm nima?
. Ma'naviyat so'ziga ta'rif bering?
. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etish tushunchasini izohlang?
. Ozodlik g'oyasi nima?
. Ommaviy axborot vositalari nima?
. Oila nima?
. Paternalizm tushunchasiga izoh bering?
. Pragmatizm nima va u qaysi mamlakatda shakllangan?
. Plyuralizm nima?
. Radikalizm nima?
. Salb yurishlari nima?
. Siyosiy hayotni erkinlashtirish nima?
. Sog'lom mafkura nima?
. Suverenitet so'ziga izoh bering?
. San'at nima?
. Tamoyil tushunchasiga izoh bering?
. Taraqqiyotning O'zbek modeli tushunchasining ma'nosi?
. Tarixiy xotira nima?
. Temur tuzuklari qanday asar?
. Teng huquqlilik va o'zaro hamkorlik nima?
. Totalitarizm nima?
. Umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi tamoyillari nimalardan iborat?
. Umuminsoniy g'oyalar nima?
. Urf-odatlar va marosimlar tushunchasiga izoh bering?
. O'zbek milliy davlatchiligi nima?
. “O'zbekiston - yagona Vatan” g'oyasiga izoh bering?
. O'zbekistonning Davlat ramzlari bu ...?
. Fikr qaramligi, tafakkur qulligi nima?
. Fuqarolik jamiyati nima?
Xalq farovonligi nima?
Tsivilizatsiya nima? e'tiqod nima?
Yurt tinchligi g'oyasi nima?
Qadriyat nima?
G'oya nima?
G'oyaviy bo'shliq qay tarzda vujudga keladi?
G'oyaviy zaiflikning sabablari nima? G'oyaviy ziddiyat nima?
G'oyaviy mutaassiblik nima?
G'oyaviy savodsizlikning asosi nima?
G'oyaviy turg'unlik nima?
G'oyaviy qaramlik nima?
G'oyasizlik nima?
Hurfikrlilik nima?
Adolat tushunchasini izohlang?
Ateizm nima?
Bunyodkor g'oya qanday g'oya?
. Buyuk davlatchilik shovinizmi nima?
. Vayronkor (buzg'unchi) g'oya nima?
. Vatan ravnaqi tushunchasiga izoh bering?
. Geopolitika nima?
. Geostrategik manfaatlar deganda nimani tushunasiz?
. Davlat mafkurasi nima?
. Din nima?
. Diniy bag'rikenglik (tolerantlik) nima?
. Diniy ekstremizm nima?
. Diniy g'oyalar nimaga xizmat qiladi?
. Dogmatizm nima?
. Dunyoviy g'oya nima?
. Dunyoning mafkuraviy manzarasi tushunchasini izohlang?
. Jamoatchilik fikri nima?
. Idealizm nima?
. Ijtimoiy hamkorlik nima?
. Inson huquqlari nima?
. Irqchilik nima?
. Islom dini ma'nosi nima?
. Bizga yot g'oyalarga qarshi qanday kurashmoq lozim?
. Qaysi g'oyalar taraqqiyotga xizmat qiladi?
. Milliy istiqlol g'oyasining falsafiy ildizlari aytib bering?
. Milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish usullari nimalardan iborat?
. Islom dini qanday g'oyaga asoslangan?
. Bizning bosh strategik maqsadimiz nimadan iborat?
. Mafkuraviy profilaktika nima?
. Komil inson qanday g'oya?
. O'zini islom nomi bilan bog'laydigan ekstremistik tashkilotlarning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
. Takfir va jihod so'zlariga ta'rif bering?
. “Qur'oniylar” kimlar, ular qachon va qaerda paydo bo'lgan?
. Qaysi hujjatga asosan Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi tashkil etildi?
. Tariqatchilar deganda nimani tushunasiz?
. Bahouddin Naqshband haqida nimalarni bilasiz?
. Urf-odat deganda nimani tushunasiz?
. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning qanday kitoblarini bilasiz?
. Jaloliddin Rumiyning ta'kidlashicha hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun 3 narsa kerak ekan. Bular nima?
. Oqil farzand fazilatlari nimada namoyon bo'ladi?
. Milliy an'analar deganda nimani tushunasiz?
. Inson ma'naviyati qanday manbalar orqali shakllantiriladi?
Ma'naviy meros deganda nimani tushunasiz?
Abu Ali ibn Sino asarlarining umumiy soni qancha va bizgacha qanchasi etib kelgan?
O'zbekistonni yangilash va rivojlantirish yo'li ma'naviy meros nuqtai nazaridan qaraganda 4 ta asosiy negizga asoslanadi. Ular qaysilar?
“Qutadg'u bilig” va “Silsilat uz zaxab” asarlarining mualliflari kim?
Millatlararo totuvlik deganda nimani tushunasiz?
Polietnik va monoetnik tushunchalariga ta'rif bering?
Adabiyot deganda nimani tushunasiz?
ekologik madaniyat deganda nimani tushunasiz?
Globallashuv deganda nimani tushunasiz?
Iymon – e'tiqodli irodali inson deganda kimni tushunasiz?
Milliy qadriyatni kanday tushunasiz, misol keltiring?
Diniy qadriyatni qanday tushunasiz, misol keltiring?
Tsivilizatsiya, tsivilizatsiya beshigi tushunchasini yoritib bering?
Tarix, ko'xna tarix tushunchalarining farqlarini tushuntirib bering?
«Etti o'lchab bir kes» maqoliga ta'rif berib, kasbiy misollar keltiring?
Allomalar, ulamolar deganda kimlarni tushunasiz?
Moddiy-ma'naviy meroslar va ularning ahamiyati haqida gapirib bering?
. Nomoddiy ma'naviy meroslar va ularning ahamiyati haqida gapirib bering?
. Tariximizdan faxrlanish bu ………?
. Tariximizdan g'ururlanish bu ………?
. Uchta maqol aytib, izohlab bering?
. Ikkita hadisi sharifni aytib, izohlab bering?
. Hadisi sharif bilan maqol o'rtasidagi farqlarni aytib bering?
. Ichki ishlar organi xodimi bo'la olmasangiz qaysi kasbni tanlaysiz?
. Uchta maqol aytib, izohlab bering?
. “Vatan - ostonadan boshlanadi”, siz buni qanday tushunasiz?
. Sizningcha “Ustoz-otangdan ulug'”mi yoki “Ustoz otangdek ulug'”mi? Izoh bering?
. Ikkita hadisi sharifni aytib, izohlab bering?
. Salomlashish va salom berishning asosiy to'rtta qoidasi deb nimalarni aytgan bo'lar edingiz?
. Ibrat nima? Ibratli misol keltiring?
. «Ilhaq» badiy fil`mi haqida nima deya olasiz?
. O'zbekistonda 130 dan ortiq millat istiqomat qiladi, shulardan 15 tasini sanab bering?
. Nima uchun «Navro'z» bayrami sobiq Sovet davrida keng, tantanali nishonlanmagan deb o'ylaysiz?
. Alpomish kim bo'lgan? U haqida bilish sizga nima beradi?
. Sayxun, Jayxun, Yoyik, enasoy, Boykul, Irtish nima? Bilganingiz haqida gapirib bering?
. Xotirangizda yaxshi saqlanib qolgan ertakning nomini aytib, u haqida gapirib bering?
. Toshkentda saqlanayotgan Usmon Qur'oni haqida nima bilasiz?
. Samarqanddagi Registon maydoni, undagi madrasalar to'g'risida aytib bering?
. Imom al-Buxoriy to'g'risida gapirib bering?
. Imom at-Termiziy to'g'risida gapirib bering?
. Axmad Yassaviy va uning nomi bilan ataluvchi maqbara haqida nima deya olasiz?
. «Dil ba yoru dast ba kor – Alloh dilingda qo'ling mehnatda bo'lsin» degan bu so'zlar kimga tegishli va iboraga izoh bering?
. Abu Ali ibn Sino kim bo'lgan va u to'g'risidagi afsona hamda rivoyatlardan eslab, aytib bering?
. Muhandis kim, muhaddischi? Misollar bilan ayting?
. Prezidentimiz Shavkat Miramonovichning «Xalq qabulxonasi»ni va «Prezident portali»ni tashkil etishdan ko'zlagan asosiy maqsadi nima edi?
. Biron bir she'rni yod aytib bering?
. Nima uchun mashhur shaxslarga bag'ishlab haykallar o'rnatiladi va Toshkentda kimlarga haykallar o'rnatilgan aytib bering?
. Fil`m janrlari haqida gapirib, misollar keltiring?
. Yashab turgan mahallangiz nomi, tarixi, mahalla raisi va uchastka nozirining unvoni, ismi sharifini to'liq aytib bering?
. “Mahallada duv-duv gap” yoki “Suyunchi” fil`mlari haqida eslab, o'zbek xarakterini yoriting?
. Jadidlar kim bo'lgan?
. Hunarmandchilikning: beshikchi, pichoqchi, kosib, chilangar, temirchi turlari to'g'risida gapirib bering?
. O'zbekistonda ta'sis etilgan orden va medallarni nomini aytib, kimlarga qaysilari, nima uchun berilishi haqida gapirib bering?
O'zbekistonda o'zbek tilidan tashqari yana qanday tilli maktablar mavjud? Nega shunday?
31-avgust O'zbekistonda katog'on qurbonlarini yod etish kuni. Qatag'on qurbonlari kim va ularni nega yod etamiz? O'zbekiston radiokanallarini sanab bering?
O'zbekiston televizion kanallarini sanang bering?
Najmiddin Kubro haqida nima bilasiz?
Ra'no Sharipova, Botir Zokirov, Kumush Razzoqova bu ismlar eslanganda gap nima haqida boradi va shu haqida gapirib bering?
Shukur Burxonov, Xamza Umarov, Lutfixon Sarimsoqova, Zaynab Sadrieva bu ismlar eslanganda gap nima haqida boradi va shu haqida gapirib bering?
Maxatma Gandi to'g'risida gapirib bering?
Suqrot, Platon, Aristotel`, Alfraganus kabi buyuk ismlar o'zbekchada qanday talaffuz etiladi?
Iymon kalimasini ayting va Islomning besh ustunini sanab bering?
ekstremist va separatist so'zlariga izoh bering?
«Yomonning kuchi yapaloqqa etadi» ushbu maqolni izohlang?
Vijdon erkinligi deganda nima tushunasiz?
Diniy fanatizm va uning xavfi haqida aytib bering?
Insonning ongi va tafakkuri uchun kurash deganda nimani tushunasiz?
Mafkuraviy immunitet tushunchasiga izoh bering?
. Xalifalar deyilganda kimlar tushuniladi?
. O'zbekistondagi viloyatlar va ularning markazlarini aytib bering?
. Milliy totuvlik nima?
. O'zbekiston “Yoshlar ittifoqi” tashkiloti haqida gapirib bering?
. Mirzo Ulug'bek haqida gapirib bering?
. Kosmopolitlar deyilganda kimlar tushuniladi?
. Harbiy unvonlarni aytib bering?
. O'zbekiston kelajagini qanday tasavvur qilasiz?
. “Mahalladosh” va “vatandosh” siz uchun qaysi biri ahamiyatliroq va nima uchun?
. Assalomu alaykum so'zining – so'zma so'z tarjimasini izohlang?
. Yaponlarning qaysi xislatlarini bizda yo'q deb hisoblaysiz?
. Nemislarning qaysi xislatlarini bizda yo'q deb hisoblaysiz?
. Jentel`men degan tushunchani qanday izohlaysiz?
. Agarda boshqa millat vakili bo'lib qolish imkoni bo'lib qolsa, qaysi millatni tanlar edingiz? Tanlashingiz shart. Tushuntiring?
. Amakivachcha, xolavachcha deyilganda kimlar tushuniladi, ulardan sizda nechta va ismlarini aytib bering?
. Oxirgi uch kun ichida taxminan necha marta sadaqa berdingiz va nega?
. Islom dinida odam hech qachon 5 narsani oldindan bila olmaydi deyiladi, sizningcha ular nima?
. “Alloh qalbimizda, yuragimizda” bu iborani qanday tushunasiz?
. Sizni beshikka yotqizishganmi? Beshik haqida gapirib bering?
. Badiiy fil`m, hujjatli fil`m, ilmiy ommabop fil`m ularning mazmunan farqlarini aytib bering?
. Shiroqning jasoratini esga oling, nima deb o'ylaysiz u boshqacha yo'l tutishi mumkin edimi?
. Uylanish - o'z huquqlarini ikki marta kamaytirib, majburiyatlarini ikki barobar oshirishdir (Shopengauer). Bu fikrga qo'shilasizmi?
. Nikoh nihoyasi yo'q tarbiyadan iborat bo'lishi kerak (Am`el`) - bu bilan nima deyilmoqda?
. Uyda yashovchilar yaxshi bo'lsa uy ham yaxshi bo'ladi - bu hikmatni qanday tushundingiz, izohlang?
. Gap kelganda otangni ham ayama – izoh bering?
. Qonun bilan nima ishim bor, sudyalardan tanishim bor – sizningcha bu ibora kimlarga tegishli?
. Militsiya xodimi hunarli bo'lgani yaxshimi yoki ilmli?
. Ko'p dam olish odamni zanglatadi - fikrning to'g'ri ekanligini misol bilan isbotlang?
. Ishdan bo'sh vaqtning kamligi odamni madaniyatsiz qiladi - fikrga qo'shilasizmi? Tushuntiring?
. Hunarmandning mehnatini mahsulot sifatiga qarab baholaymiz, militsiya mehnatini qanday baholash mumkin?
. Amir Temurning haykallari qaysi shaharlarda o'rnatilgan va nega aynan shu shaharlarda?
. Jahon adabiyoti durdonalari hisoblangan asarlardan aytib bering?
. Nima uchun musulmon erkaklari ayol kishidan bir qadam oldinda yuradilar?
. Ovqatlanish odobi haqida nimalar ayta olasiz?
. Mehmon kutish odobi haqida nimalar ayta olasiz?
. Jamoat transportida o'zini tutishning beshta qoidasini aytib bering?
. Sigaret yoki nos chekuvchilarga munosabatingiz?
. Maktabda sizga ta'lim bergan uchta o'qituvchini eslab, nega aynan shularni eslaganingizni ayting?
Uyatchanlik haqida gapirib, uning yaxshi yoki yomonligini isbotlab ko'ring?
Shahar aholisi bilan qishloq aholisini xarakterlashga urinib ko'ring? ehson va sadaqa, ularning farqi nimada deb hisoblaysiz?
Beg'araz yordam bilan uzoq muddatli imtiyozli kredit yordami deganda nimani tushunasiz?
Bankota bilan bankrot orasida qanday farqlar bor?
Milliy valyutamiz so'mda aks ettirilgan rasmlarni eslang?
Ozodlikka chiqqan sobiq mahbuslarga nisbatan qanday munosabatda bo'lishni taklif etardingiz?
Aqliy va jismoniy mehnat qiluvchilar orasida qaysi birini ko'prok hurmat qilish kerak deb o'ylaysiz? “Shum bola” asarini muallifi kim va asarning mazmuni haqida gapirib bering.
Bahorda birinchilardan bo'lib gullaydigan daraxtlarni sanab bering?
Pizan va eyfel` minoralari haqida gapirib bering?
Dunyoda hududi jihatidan eng katta davlatlarni sanab bering?
“ Romeo va Juletta” haqida nima deya olasiz?
Abdulla Qodiriy qanday taxalluslarda ijod qilgan?
Innovatsion usul deganda nimani tushunasiz?
O'zbekistonda qancha aholi yashaydi?
Dunyoni suv bosishi to'g'risidagi afsona haqida gapirib bering?
Yo'ldosh Oxunboboev haqida gapirib bering?
. Fayzulla Xo'jaev haqida gapirib bering?
. Sobir Raximov haqida gapirib bering?
. Mamadali Topiboldiev haqida gapirib bering?
. Axmadjon Shukurov haqida gapirib bering?
. Zebo Ganieva haqida gapirib bering?
. Xamza Umarov haqida gapirib bering?
. Shukur Burxonov haqida gapirib bering?
. G'ani A'zamov haqida gapirib bering?
. Soip Xo'jaev haqida gapirib bering?
. Qodir Maxsumov haqida gapirib bering?
. Sora eshonto'raeva haqida gapirib bering?
. Mirzacho'lni o'zlashtirish haqida gapirib bering?
. Kolxozlar tuzish haqida gapirib bering?
. “Osmondagi bolalar” fil`mi haqida gapirib bering?
. Toshkent zilzilasi haqida gapirib bering?
. Toshkent metrosi haqida gapirib bering?
. Adiblar xiyoboni haqida gapirib bering?
. Xojiboy Tojiboev haqida gapirib bering?
. O'zbek tandiri haqida gapirib bering?
. O'zbekning do'ppisi haqida gapirib bering?
. O'zbek dorbozi haqida gapirib bering?
. “O'zbek ishi” yohud “Paxta ishi” haqida gapirib bering?
. Inomjon Usmonxo'jaev haqida gapirib bering?
. Poytaxt, shahar tushunchasini yoriting?
. Masal aytib bering?
. Lof aytib bering?
. Dinning qanday ildizlari bor?
. Diniy tasavvur nima?
. Dinning funktsiyalarini gapirib bering?
. “Kelinlar qo'zg'oloni” spektakli yoki fil`mi haqida gapirib bering?
. Salomingizga alik olmagan odamga munosabatingiz?
. Sertakalluflik nima va uni siz qanday baholaysiz?
. Qaysi millat to'g'risida yaxshi bilsangiz shular haqida gapirib bering?
. O'zimizni chapani odam deganda kim tushuniladi?
. Kibrlilik haqida gapirib bering?
. Sahovatpesha odam qanday bo'ladi?
. Sodda mug'ombir deganda kimni tushunasiz?
. Ateist odamlar haqida nima deya olasiz?
. Nima uchun dinimizda boshqa dinlarni haqoratlash taqiqlanadi?
. Qobil bilan Xobil haqida nimalarni bilasiz?
Jinoyati uchun jazo muddatini o'tab chiqqan odamga qanday munosabatda bo'lish kerak deb hisoblaysiz?
Xaftaning qaysi kunida tug'ilgansiz, bu kun haqida nimalar deyishadi?
Yolgizlik Allohga xos degan so'zni qanday tushunasiz?
Hashar nima? misollar bilan ayting?
Kattani hurmat qil kichikni izzat-misollar bilan tushuntiring?
Islomda besh narsani inson hech qachon bilolmaydi degan aqida bor, sizningcha bular nima?
Islomda beshta jonzotni tutgan joyda o'ldirishga ruxsat bor, sizningcha bu qaysi jonzotlar?
Kuyidagi maqollarni oxiriga etkazing: - Burgaga achchiq qilib ......, Bo'linganni.............. “ Oltin baliq”, “Shox Saltan” ertaklarining muallifi haqida nima deya olasiz?
Jargon so'z. Hozirgi jargonlardan misollar ayting?
Xalqimiz orasida mashhur : - Ko'chani haqqi degan iborani tushuntiring?
Xalqimiz orasida mashhur : - Qo'shnini hakqi degan iborani tushuntiring?
Xalqimiz orasida mashhur : - Erni haqqi degan iborani tushuntiring?
Xalqimiz orasida mashhur : - Etimni haqqi degan iborani tushuntiring?
Bilagi zo'r birni yiqar – bilimi zo'r mingni - maqolni misol bilan izohlang?
O'zbekiston “Qizil kitobi” haqida gapirib bering?
entsiklopediya kitobining - boshqa kitoblardan farqi haqida gapirib bering?
Irimlarga munosabatingiz, ularning qaysi birini ishonarli deya olasiz.
. Oxirgi marta o'qigan kitobingiz haqida gapirib bering? . Oxirgi marta ko'rgan fil`mingiz haqida gapirib bering?
. Oxirgi marta ko'rgan spektaklingiz haqida gapirib bering?
. Oxirgi marta ko'rgan kontsertingiz haqida gapirib bering?
. Oxirgi marta bo'lgan tarixiy joyingiz haqida gapirib bering?
. O'zbekistonlik mashhur sportchilarni aytib bering?
. Sport turlarini sanab bering?
. Ashula va maqom, ularning farqi nimada?
. Dunyoning mashhur brendlarini aytib bering?
. Yoddan biladigan she'rlaringizdan xohlagan bittasini ayting?
. Said Ahmad haqida gapirib bering?
. “Ursang eti qotadi-gapirsang beti qotadi”, bu maqolni tushuntirib bering?
. Qarz so'rash, qarz olish to'g'risida nimalar deya olasiz?
. Ichki ishlar organlari xodimlariga beriladigan unvonlarni sanab bering?
. Satraplar kim bo'lishgan?
. Odam savdosi haqida nima deya olasiz?
. Narkodispanserda kimlar davolanadi?
. Siflis, trifer qanday kasalliklar?
. Ta'lim sohasidagi o'zgarishlar haqida gapirib bering?
. OITS haqida nima deya olasiz?
. Jinoyatchilik suyak suradi - degan gapga munosabatingiz?
. Odam tanasidagi qaysi a'zoni suyaksiz yov deyishadi va nega?
. Yursang sayoq - eysan tayoq - misollar bilan tushuntiring?
. Qanday holatlarda o'zingizni kamsitilgan deb hisoblaysiz?
. Menga raxming kelmasin. Nega ko'pchilik shu gapni aytadi?
. Oyni etak bilan yopib bo'lmaydi – iborani tushuntiring?
. G'iybat nima va buni misollarda tushuntiring?
. Aytayotgan gapingni qulog'ing eshitayaptimi? Bu ibora ko'pincha qaysi holatlarda qo'llaniladi?
. Yo'qolgan pichoqning sopi oltindan - misol bilan izohlang?
. Tomosha qilgan komediya fil`mlaringizdan sanab bering va bittasini qisqacha gapirib bering?
. Jamoa transportlaridagi qoida yozuvlarida UVU qatnashchilari degan tushuncha uchraydi. Ular kim?
. Boquvchisini yo'qotgan va yolg'iz ona tushunchalarini qanday izohlaysiz?
. Machit, maqbara, karvonsaroy, sardoba bular nima?
. Ijtimoiy tabaqalarning qanday belgilarini ayta olasiz?
. Toshkentdagi shox ko'chalarni aytib bering?
. Oxirgi marta qaysi muzeyda bo'lgansiz?
. «..Har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda ezgulik va yovuzlik yo'lida foydalanish mumkin» degan fikrga izoh bering?
. O'zbekiston yoshlari deyilganda necha yoshlilar tushuniladi va nega shunday?
. Said Olimxon kimligini aytib bering?
Boboraxim Mashrab haqida gapirib bering?
Latif Fayziev, Shuxrat Abbosov, Zulfiqor Musoqov gap qaysi soha vakillari haqida bormoqda?
Internetda qaysi saytlarga kirib turasiz va bilgan saytlaringizni sanab bering?
O'zbekistonda nashr etiladigan sohaviy gazetalar va ularning ahamiyati haqida gapirib bering?
Oliy Majlis deputati qanday xislatlarga ega bo'lishi kerak deb hisoblaysiz?
Pediatriya instituti va tibbiyot institutining bir-biridan farqi nimada?
Qo'rqoq oldin musht ko'tarar – siz buni misollar bilan tushuntiring?
Vladimir Jonibekov, Solijon Sharipov ular haqida gapirib bering? Kazzob kim va unga munosabatingiz?
Riyokorlik nima?
Qaysi rassomlarni chizgan suratlari haqida gapira olasiz?
Novvoylar, non turlari, non haqida gapirib bering?
Loy uylar deyilganda qanaqa uylar tushuniladi?
“Kar va soqovlar jamiyati”ning vazifasi nimadan iborat?
Aktsiya nima? Aktsionerlik jamiyatichi?
Sudxo'rlik, sudxo'rlikka munosabatingiz?
Nogironlar, imkoniyati cheklanganlar - hozirgi kunda qaysi so'zni ishlatish tavsiya etilmoqda nima uchun? Shaxsiy gigiena to'g'risida gapirib bering?
. Nurafshon shahri haqida gapirib bering?
. Plantatsiya deganda nimani tushunasiz?
. O'zbekistonning yovvoyi tabiati haqida gapirib bering.
. Paranji haqida gapirib bering?
. Nima - yaxshiyu, nima - yomon?
. Tanqid nima, o'zingizni tanqid qilingchi?
. Bukrini qabr to'g'rilaydi – bu maqolni qanday tushunasiz?
uchinchi savol – kasbiy kompetentsiyadan kelib chiqib umumiy dunyoqarashini aniqlash bo'yicha savollardan iborat bo'ladi.
Tanlovlarda ishtirok etayotgan nomzodlarga beriladigan savollar mazmuni ichki ishlar organlarining safdorlar tarkibi lavozimlari uchun ta'lim mutaxassisligi huquqshunoslik fanlariga ixtisoslashmagan umumiy, o'rta-maxsus, boshlang'ich professional, o'rta professional va o'rta-maxsus professional ta'lim uchun mo'ljallangan o'quv dasturlariga, ofitserlar tarkibi lavozimlari uchun ta'lim mutaxassisligi huquqshunos va ijtimoiy gumanitar fanlarga ixtisoslashmagan tayanch oliy ta'lim uchun mo'ljallangan o'quv dasturlariga muvofiqlashtirilgan holda tuziladi.
Nomzodlarning kasbiy kompetentsiyadan kelib chiqib, umumiy dunyoqarashini aniqlash yuzasidan tuziladigan savollar, ularning ijtimoiy-siyosiy bilimi, dunyoqarashi, respublika va dunyoda bo'layotgan voqealardan xabardorligi hamda ichki ishlar organlarining tegishli sohaviy xizmati faoliyati uchun zarur bo'lgan boshqa muhim jihatlarni aniqlashga yo'naltirilgan bo'ladi.
Nomzodlar biletlardan birini ixtiyoriy tanlab olgach, savollarga tayyorgarlik ko'rishlari uchun 15 daqiqa vaqt beriladi. Agarda nomzod ushbu vaqtdan foydalanishni lozim deb topmasa, tayyorgarlik ko'rmasdan ham javob berishga ruxsat beriladi.
Nomzodlarning savollarga javoblari quyidagi 4 ta mezon bo'yicha baholanadi: savolning mazmuni va mohiyatini ochib berishi; savolga javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalashi; savolni yoritishda mustaqil va ijodiy fikrlashi; savolni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ hujjatlarga murojaat qilishi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat uchun ajratilgan eng yuqori ball 30 ballni tashkil etib, nomzodning har bir savoliga bergan javobi “10” ballik tizimda baholanadi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbatda uzrli sabablarsiz qatnashmagan nomzodlar “0” ball bilan baholanadi.
Qabul chegarasida bir nechta nomzod bir xil natija ko'rsatgan hollarda, ushbu nomzodlarning biletning uchinchi savoli “kasbiy kompetentsiyadan kelib chiqib umumiy dunyoqarashini aniqlash” bo'yicha bergan javobi natijasi yuqori bo'lgan nomzod bo'yicha xizmatga kasbiy jihatdan yaroqliligi to'g'risida xulosa chiqariladi. Nomzodlarning mazkur savol bo'yicha ballar miqdori ham teng bo'lganda, kasbiy kompetentsiyadan kelib chiqib umumiy dunyoqarashini aniqlash bo'yicha qo'shimcha savolga javoblari natijasiga qarab xulosa chiqariladi.
Bo'lishish:   Chop etish
Vazirlik haqida
Vazirlik tarixi
Rahbariyat
Vazirlik tarkibiy tuzilmasi
Vazirlik vazifalari va funksiyalari
Vazirlik tasarrufidagi o’quv muassasalari
Sayt xaritasi
Davlat dasturlari
Xizmatni o‘tash tartibi
Nomzodlar uchun savollar
Terminlar

.
.
.
.
.
.
.
https://iiv.uz/pages/nomzodlar-uchun-savollar /

Download 111.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling