3. Falsafada haqiqat muammosi Falsafada metod va metodologiya


Analogiya (moslik, ayniylik, o’xshashlik) usuli yordamida ikki predmetning o’xshash xususiyatlari o’rganiladi. Ideallashtirish


Download 93.95 Kb.
bet13/16
Sana17.06.2023
Hajmi93.95 Kb.
#1554128
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Bilish nazariyasi

Analogiya (moslik, ayniylik, o’xshashlik) usuli yordamida ikki predmetning o’xshash xususiyatlari o’rganiladi.
Ideallashtirish bilish jarayonida ob’ektni qulaylashtirish usuli. Bu usulda real ob’ekt ideal ob’ekt bilan almashtiriladi. Bu usul tabiiyot fanlarining tadqiqot usuli hisoblaiadi. Masalan, fizikada shunday usul orqali fizik ob’ektlar: ideal gaz, mutlaq qattiq jism, mutlaq qora jism, geometriya fani o’rganayotgan ob’ektlar, to’g’ri chiziq, kvadrat, shar va boshqalarni ideallashtirilgan ob’ektlar deb qarash mumkin. Ideallashtirish usulida real predmet ega bo’lmagan xossalarni o’rganish usuli hisoblanadi. U reallikning nisbatan ishonchli manzarasini hosil qilishga yordam beradi. Bu xol amaliy maqsad uchun yetarli hisoblanadi.
Modellashtirish borliqni bilvosita o’rganishga asoslangan ilmiy usuldir.
Modellashtirish asosida tadqiq qilinayotgan ob’ekt bilan uning modeli o’rtasidagi o’xshashlik, muvofiqlik yotadi. Modellashtirish usuli ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba’zi hollarda murakkab ob’ektlarni o’rganishning yagona vositasi hisoblanadi. Bu usul o’rganish qiyin bo’lgan ob’ektlarni tadqiq etishda qo’llaniladi. Masalan, yirik fizik Borning atom modeli atomning murakkab xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. Bu usul ob’ektning faqat ma’lum xususiyat va munosabatlarinigina emas, balki yangi xususiyat va munosabatlarini ham aniqlash usuli hisoblanadi.
Modellar ikki xil: moddiy va g’oyaviy bo’lishi mumkin. Moddiy narsalardan yasalgan modellar moddiy modellar deyiladi. Bu modellar ob’ektlarning taraqqiyot jo’shqinligini, ularning mohiyatini ifodalovchi zaruriy, qonuniy aloqalarni, munosabatlarni qayta hosil qiladi. G’oyaviy modellar esa g’oya shaklida mavjud bo’lishi mumkin. Masalan, matematik modellash fizik jarayonlarning matematik ifodalaridir. Matematik modellash ob’ektiv yaxlit tekshirish va tadqiq ko’lamini o’rganish imkonini beradi. Kibernetik moslamalar, EHMlar shu usul asosida vujudga kelgan.
Hozirgi ilmiy bilish jarayonida keng qo’llaniladigan usul — tizimlash usulidir. Murakkab ob’ektlarni ilmiy bilishda bu usul qo’llaniladi. Tizimli usullash o’z ichiga muayyan tarzda o’zaro bog’langan va bir qadar yaxlitlikni tashkil etadigan unsurlar majmuini o’rganishni oladi. Bu usul asosida o’rganilayotgan yoki izlanayotgan ob’ektning boshqa ob’ekt bilan umumiy bog’lanishlari, munosabatlari ochiladi. Har bir tadqiq ob’ekti va uni tashkil etuvchi unsurlar bir butun tizim deb olinsa, shu tizimni tashkil etuvchi har bir usul bir-biri bilan o’zining tutgan o’rni, vaqti va imkoniyatlariga ko’ra funktsional bog’langan. Bu unsurlardan birining o’zgarishi ikkinchisining ham o’zgarishiga olib keladi. Shuning uchun ham bu unsurlarni o’rganish tizimlash usuliga asoslanadi. Har bir tizimni o’rganishda uni boshqa tizimlar bilan birgalikda olib qarash kerak. Lekin bu tizimlarni birdaniga, bir vaqtda bilish mumkin emas, lekin ularni bilish, birbiridan ajratish, o’zaro bog’liqlikda olib qarash mumkin.
Ilmiy bilishning empirik darajasi uch bosqichdan iborat bo’lib, uning birinchi bosqichida alohida-alohida o’rganilgan hodisalar haqida to’plangan bilimlar hosil bo’ladi. Uning ikkinchi bosqichida mazkur bilimlar umumlashtirilib hodisalarning o’rtasidagi aloqa va bog’lanishlar aniqlanadi. Nihoyat, empirik darajaning uchinchi bosqichida narsa va hodisalarga xos empirik qonunlar aniqlanadi. SHu bilan empirik daraja tugatiladi. Uning natijasida yig’ilgan ma’lumotlar bilishning nazariy darajasiga zamin, poydevor bo’lib xizmat qiladi.



Download 93.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling