3. Hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari va moddalar almashinuvi


Download 175 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi175 Kb.
#1021352
  1   2   3   4

3. Hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari va moddalar almashinuvi

6. Monosaxaridlarga nimalar kiradi ?


A) glyukoza, kraxmal, riboza, dezoksiriboza
B) riboza, glikogen, kraxmal, fruktoza,
C) deozoksiriboza, sellyuloza, kraxmal, glikogen
D) glyukoza, fruktoza, riboza, dezoksiriboza
7. Qaysi qatorda sodda lipidlar to`g`ri keltirilgan ?
A) yog`, mum, moylar
B) yog`, xolisterin
C) moy, glyukolipid
D) mum, yog`, steroid
9.Globulin qanday modda?
1) oqsil, 2) yog`, 3) uglevod, 4) distillangan suvda eriydi, 5) osh tuzining kuchsiz eritmasida eriydi, 6) bug`doy va no`xat oqsili kiradi, 7) qon oqsiliga kiradi
A) 3,4,6
B) 1,5,7
C) 2,5,7
D) 1,4,6
11. Hujayrani energiya bilan ta’minlovchi biomolekulalarni aniqlang?
A) oqsil va lipidlar
B) uglevod va aminokislotalar
C) nuklein kislotalar va lipidlar
D) uglevod va lipidlar
17. Tolasimon (1) va yumaloq (2) oqsillar qayerlarda uchraydi?
a) hayvon juni; b) qondagi gemoglobin; c) ipak; d) muskul.
A) 1-a, d; 2-b,c
B) 1-b; 2-a,c,d
C) 1-a,c; 2-b,d
D) 1-a,c,d; 2-b
21. Tashqaridan olingan moddalarni o`zlashtirish, ulardan hujayra kompanentlarini yaratish uchun foydalanish nima deyiladi.
A) plastik almashinuv
B) sitokinez
C) dissimlatsiya
D) energetik almashinuv
22. O`simliklarda, achitqi zamburug`ida, mikrorganizimlarda o`tadigan glikoliz jarayoniga xos umumiylikni aniqlang ?
A) barcha moddalar bir molekula glyukozaning parchalanishi, ikki molekula ATF ning hosil bo`lishi bilan boradi
B) hujayrada bir molekula uglevodning parchalanishi, ikki molekula ADFning hosil bo`lishi bilan boradi
C) barcha hollarda polisaxaridlarning monosaxaridlarga aylanishi bilan boradi
D) doim oqsil sturukturasining yemirilishi bilan boradi
23. Kuchsiz kislota va ishqorlarning anionlari vodorod ionlari hamda gidroksil ionlari bilan bog`lanishi natijasida nimani kuzatish mumkin?
A) hujayraning pH qiymatini pasayishi
B) hujayraning pH qiymatini ortishi
C) hujayraning pH qiymati deyarli o`zgarmaydi
D) hujayraning pH qiymati bunga bog`liq emas
24. Kichik molekulali organik moddalar keltirilgan javobni aniqlang.
A) pigmentlar, oqsillar, nukleotidlar
B) pigmentlar, gormonlar, aminokislotalar, kraxmal
C) pigmentlar, gormonlar, yog’lar
D) pigment, shakar, gormon, aminokislotalar
25. Nima sababdan hujayra ichidagi harorat deyarli o’zgarmaydi?
A) suv katta issiqlik sig’imiga va issiqlikni yaxshi o’tkazish xususiyatiga ega bo’lganligi uchun
B) suv kichik issiqlik sig’imiga va issiqlikni yaxshi o’tkazish xususiyatiga ega bo’lganligi uchun
C) suv katta issiqlik sig’imiga va issiqlikni yomon o’tkazish xususiyatiga ega bo’lganligi uchun
D) suv kichik issiqlik sig’imiga va issiqlikni yaxshi o’tkazish xususiyatiga ega bo’lganligi uchun
26. Mikrorganizmlardagi glikoliz jarayonida qanday moddalar hosil bo’ladi?
1.etil spirti 2.sirka kislota; 3.aseton; 4.karbonat angidrid; 5.asetat kislota; 6.sut kislota.
A) 1,4
B) 2,6
C) 3,4
D) 3,5
27. Aerob nafas olishning anerob nafas olishdan afzalligi nimada?
A) ko’p karbonat angidrid chiqadi
B) afzalligi yo’q
C) ko’p energiya ajraladi
D) ko’p kislorod chiqadi
28. Ovqat hazm qilish sistemasining og’iz bo’shlig’i qismida ovqatni kimyoviy o’zgari va lizotsim farmenti tasirida bakteriyalarni nobud bo’lishi energiya(II) almashinuvini va organizmning himoya bosqichini(II)nechanchi bosqichi hisoblanadi.
A) I 1-bosqich, II 1-bosqich
B) I 1-bosqich, II 2-bosqich
C) I 2-bosqich, II 1-bosqich
D) I 2-bosqich, II 2-bosqich
29. Qaysi oqsillar yadro va sitoplazmaning ajralmas qismi hisoblanadi?
A) nukleoproteinlar
B) albuminlar
C) globulinlar
D) lipoproteinlar
30. Quyidagi organizmlarning qaysi birida hujayra qobig’i xitin moddasidan tuzilgan?
1.lishaynik 2.zamburug’lar 3.bakteriyalar 4. suvo’tlar 5.hasharotlar 6.yuksak o’simliklar
A) 1.2
B) 2.5
C) 1.2.4
D) 1.2.5
31. Bir molekula glyukoza sintezlash uchun qancha CO2(a) va ATF (b) sarflanadi ?
A) a – 18; b – 6
B) a – 6 ; b – 18
C) a – 12 ; b – 18
D) a – 6 ; b – 12
32.Ribosoma tarkibidagi RNK qaysi molekula asosida hosil bo’ladi?
A) mitoxondriya va plastidadagi RNK molekulasi
B) yadrodagi DNK molekulasi
C) Mitoxondriyadagi DNK molekulasi
D) yadrodagi t RNK molekulasi
33 Quyidagilardan qaysi birining tarkibida azot mavjud emas?
A) fosfolipid
B) nukleoprotein
C) asparagin kislota
D) lipoprotein
34. Glikoliz jarayonida qanday moddalar hosil bo’lishi mumkin?
1) aminokislotalar; 2) yog’ kislotalar; 3) sut kislota; 4) atsetat kislota; 5) metal soirt; 6) etil spirt; 7) kislorod; 8) ATF
A) 3,4,6,8
B) 5,6,7,8
C) 1,3,6,8
D) 2,3,5,7
35. Hujayraning buferlik xususiyati nimaga bog`liq ?
A) oqsilning miqdoriga
B) tuzlarning aralashmasiga
C) barcha biopolimerlar aralashmasiga
D) suvning miqdoriga
36. Moddalar almashinuvining dastlabki (1) oraliq (2) va oxirgi (3) boshlangichlarini aniqlang ?
a) ovqat hazm qilish b) keraksiz mahsulotlarni tashqariga chiqarish c) hujayrada sodir bo`ladigan jarayonlar
A) 1c, 2b, 3a
B) 1c, 2a, 3b
C) 1a, 2b, 3c
D) 1a, 2c, 3b
37. Hujayra kimyoviy tarkibini va ularda sodir bo’ladigan kimyoviy jarayonlarni o’rganishga katta hissa qo’shgan o’zbek olimlarni ko’rsating.
A) Yo. To`raqulov, B.Toshmuhamedov
B) M.Mavlonoy, M.Mirzayev
C) S.N.Alimuhamedov, V.V.Yaxontov
D) M.Muzaffarov, S.Asqarov
38. DNK (a) va RNK (b) tarkibidagi azotli asoslarni juftlab ko’rsating.
1.adenin 2.ATF 3.ADF 4.guanin 5.sitozin 6.timin 7.uratsil
A) a-1.4.5.6 b-1.4.5.7
B) a-1.2.4.5 b-1.4.5.7
C) a-1.4.5.6 b-1.4.5.6
D) a-1.2.4.5 b-1.4.3.5
39. Qaysi polisaxaridlar hujayra devorini hosil qilmaydi?
1. xitin 2.kraxmal 3. saxaroza 4. glikogen 5. maltoza 6.sellyuloza
A) 1.2.3
B) 2.4
C) 4.5.6
D) 1.3.5.6
40. Achitqi zamburug’larida glukoza kislorodsiz sharoitda nimaga parchalanadi?
A) ikki molekula sut kislotaga
B) etil spiri va CO2
C) CO2 va H2O
D) atsetat kislota va CO2
41. Tabiiy oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning necha % ini asiklik aminokislotalar tashkil etadi?
A) 25 %
B) 75 %
C) 30 %
D) 70 %
42. Tuzilmalar hosil qiluvchi biopolimerlar qaysilar?
A) faqat oqsillar
B) oqsillar va nuklein kislotalar
C) polisaxaridlar va ayrim oqsillar
D) fosfolipidlar va lipoproteinlarr
43. Hujayraning qaysi qismida DNK molekulasi uchraydi?
a. yadro b. sitoplazma c. lizosomada d. Golji apparati e. mitaxondriya f. xloroplastlarda
A) a, c, e
B) a, e, f
C) d, e, f
D) a, b, c
44.Hujayrada jami necha xildagi t-RNK uchraydi?
A) 64
B) 20
C) 61
D) 18
45. Sintez (1) va parchalanish (2) reaksiyalarida qanday jarayonlar kuzatiladi?
a) energiya sarflanishi b) energiya ajraladi c) oddiy moddalardan murakkab moddalar hosil bo’ladi d) murakkab moddalardan oddiy moddalar hosil bo’ladi
A) 1-b,d, 2-a,c
B) 1-a,c, 2-b,d
C) 1-a,d, 2-b,c
D) 1-b,c 2-a,d
46. ATF tarkibida qanday azotli asos (1) va monosaxarid (2) bo’ladi?
a) adenin b) guanin c) glyukoza d) riboza e) dezoksiriboza f) uratsil
A) 1-a, 2-e
B) 1-a, 2-d
C) 1-b, 2-c
D) 1-f, 2-e
47. Quyidagi qaysi jarayonlar fotosintezda kuzatiladi?
a) suv va CO2 dan uglevodni sintezlanishi b) quyosh energiyasining kimyoviy energiyaga aylanishi c) erkin O2 ning hosil bo’lishi d) ATF sintezlanishi e) uglevod va oqsillarning parchalanishi f) quyosh energiyasining mexanik energiyaga aylanishi
A) a,b,c,d
B) e,f
C) a,b
D) c,d
48. Quyidagi birikmalardan qaysi birining monomerlari glyukoza hisoblanmaydi?
1.kraxmal 2.albumin 3.glikogen 4.globulin 5.selluloza
A) 2,4
B) 1,2,3
C) 2,3,5
D) 2,3
49. Alveolalarda 02 ni qon hujayralarida C02 ni bosimi yuqori bo’lib ular o’rtasida gazlarning almashinishi moddalar almashinuvini jarayonini nechanchi bosqich(lar)i kuzatiladi.
A) 1-bosqichi
B) 1va3-bosqichi
C) 3-bosqichi
D) moddalar almashinuvi jarayoni emas
50. Ozuqa moddalarda toplangan kimyoviy energiya organik birikmalar molekulasidagi atomlarni bog’lovchi …… bog’larda mujassamlashgan.
A) vodorod
B) fosfodiefir
C) kovalent
D) makroegrik
51. Spirtli achish deb nimaga aytiladi?
A) glyukozaning kislorodsiz sharoitda etil spirti va CO2 gacha parchalanishi
B) glyukozaning kislorodli sharoitda etil spirti, sut kislota va CO2 gacha parchalanishi
C) glyukozaning kislorodli sharoitda etil spirti va suvgacha parchalanishi
D) etil spirti bilan CO2 ishtirokida disaxaridlarni sintez- lanishi
52. 5 kunda odam o`rtacha qancha (gr) kislorod (a) va tuz (b) o`zlashtiradi?
A) a-500, b-4300
B) a-4800, b-500
C) a-4300, b-500
D) a-430, b-50
53. Halqali (a) va haqlqasiz (b) aminokislotalarni aniqlang.
1. alanin 2. fenilalanin 3. treonin 4. tirozin 5. triptofan 6.arginin
A) a-1, 3, 6; b-2, 4, 5
B) a-2, 4, 5; b-1, 3, 6
C) a-2, 4, 6; b- 1, 3, 5
D) a-1, 2, 3; b-4, 5, 6
54. Hujayra membranasi tarkibida uchraydigan lipidlarni belgilang.
1. fosfolipid 2. lipoprotein 3. organik kislota 4. mum 5. glikolipid 6. murein
A) 1, 2, 4, 6
B) 1, 2, 3, 6
C) 3, 4, 6
D) 1, 2, 5
55. Sut kislotani oksidlanishi natijasida qancha miqdorda CO2 (a) va ATF (b) hosil bo’ladi?
1-3; 2-6; 3-36; 4-2; 5-18
A) a-2 b-3
B) a-1 b-5
C) a-2 b-5
D) a-2 b-4
56.RNK sintezi asosan qayerda amalga oshadi?
A) yadro
B) hujayra membranasi
C) Golji kompleksi
D) lizosoma
57. Suv dipollari orasida kimyoviy bog’ hosil bo’lishida qo’shni suv molekulalarining qaysi atomlari orasida bog’ hosil bo’ladi.
A) O va H atomlari orasida
B) O atomlari orasida
C) H atomlari orasida
D) suv dipollari orasida bog’ hosil bo’lmaydi
58.Mumlar uchun xos bo'lmagan javob?
A) murakkab yog'
B) asalarilar undan uya quradi
C) o'simliklar va hayvonlar undan suvni yuqtirmaslik uchun foydalanadi
D) neytral yog'
59. Amilaza fermenti kraxmalga qanday ta’sir ko’rsatadi?
A) shakargacha parchalaydi
B) suv va CO2 gacha parchalaydi
C) sellulozaga aylantiradi
D) glikogenga aylantiradi
60. Hujayra membranasi tarkibida uchraydigan lipidlarni belgilang.
1. fosfolipid 2. lipoprotein 3. organik kislota 4. mum 5. glikolipid 6. murein
A) 1,2,3,6
B) 1,2,4,6
C) 1,2,5
D) 3,4,6
61. Tirik organizmlarga xos bo’lgan qo’zg’aluvchanlikni amalgam oshirishni ta’minlaydigan ionlarni ko’rsating.
A) H2PO4, HPO4-2
B) OH-, HCO3-
C) Fe+2, Ca+2, P
D) K+, Na+, Ca+2
62. Umurtqali hayvonlarda qaysi modda issiqlikni saqlash vazifasini bajaradi?
A) glikogen
B) yog’
C) oqsil
D) uglevod
63. O’simlik (1) va hayvon (2) hujayralarida qaysi organik birikmalar ko’p uchraydi?
a) uglevod b) oqsil c) koferment d) nuklein kislota
A) 1-c, 2-d
B) 1-a, 2-b
C) 1-a, 2-d
D) 1-b, 2-a
64. Xloroplastlarda kislorodning ishtirokisiz shu o’simlikning mitoxondriyalariga nisbatan 30 marotaba ko’p ATF sintezlanadi. Bu to’plangan energiya qaysi jarayon uchun sarflanadi?
A) karbonat angidridni biriktirish jarayoni uchun
B) organik moddalarni parchalash uchun
C) moddalarni harakati normal o’tishi uchun
D) hujayrani bo’linib ko’payishi uchun
65.Hujayradagi birikmalarni mos ravishda juftlab ko`rsating.
I) biopolimerlar; II) kichik molekulali organic moddalar.
1) aminokislotalar; 2) gormonlar; 3) nukleotidlar; 4) oqsillar; 5) nuklein kislotalar; 6) lipidlar; 7) xlorofil; 8) kraxmallar;
A) I-1, 2, 6, 7; II-3, 5, 8
B) I-1, 2, 5, 6; II-3, 4, 7
C) I-2, 5, 6, 8; II-1, 3, 4, 7
D) I-4, 5, 8; II-1, 2, 3, 7
66.Quyidagi keltirilgan javoblardan biopolimerlar qatoriga xos bo’lmagan moddalarni belgilang
A) kraxmal, oqsil, klechatka
B) DNK, RNK, oqsil
C) glyukoza, glitserin, yog’
D) klechatka, oqsil, DNK
67.Yumaloq oqsillar organizmda qanday funktsiyalarni bajaradi?
1. infarmatsion 2.struktura 3. katalizator 4. transport 5. qisqarish
A) 3.4.5
B) 1.3.4
C) 2.3.5
D) 3,4
68. ATF tarkibini aniqlang.
A) adenin, dezoksiriboza, 2 ta fosfat kislota
B) adenin, riboza, 1 ta fosfat kislota
C) adenin, riboza, 2 ta fosfat kislota
D) adenin, riboza, 3 ta fosfat kislota
69.Qaysi polisaxaridlar hujayra devorini hosil qilishda ishtirok etadi?
1) xitin; 2) kraxmal; 3) saxaroza; 4) glikogen; 5) maltoza; 6) selluloza
A) 1, 6
B) 2, 4
C) 1, 2, 3
D) 4, 5, 6
70. Hujayrada oqsil biosintezi qaysi bosqichlar asosida o`tadi?
A) Transkripsiya va translatsiya
B) Dastlab aminokislotalar faollashuvi-transkripsiya-translatsiya.
C) Genetik kod – i – rnk sintezi – translatsiya
D) Genetik kod – iPHK – tPHK – translatsiya
71. Quyidagi qaysi organizmlar tarkibida oqsil bor(a) va qaysi moddalar oqsil tabiatga ega(b)?
1) gerpes; 2) lizotsin; 3) gommoz; 4) kapsid; 5) batsilla; 6) bakteriya; 7) xitin; 8) bakteriofag; 9) amilaza; 10) xrokokk; 11) esteriol; 12) progesteron; 13) mum; 14) pepsin; 15) rezus omil; 16) glitserin; 17) melanin
A) a-1,3,6,8,10,5; b-4,14,16
B) a-1,3,6; b-2,14,4,17
C) a-4,6,8; b-7,16,15,2
D) a-1,8; b-7,9,11,12,13,17
72. O’simliklarning kosmik ahamiyati nimadan iborat?
A) fotosintez qilishi
B) turli ta’sirlar natijasida yemirilishdan saqlash
C) turli xom ashyo manbai hisoblanadi
D) o’simliklarning xemosintez bakteriyalar bilan simbiozi
73. Glikolizda glukozaning parchalanish reaksiyasida qanday moddalar ishtirok etadi?
A) AMF, ADF
B) nukleotidlar
C) H3PO4, AMF
D) ADF, H3PO4
74. Sun’iy sharoitda oqsil sintezlash uchun ribosomalar quyonning, i-RNK lar esa qo’yning hujayralaridan olingan. Sintezlangan oqsil qaysi hayvonga mansub bo’lishi mumkin?
A) quyon
B) qo’y
C) quyon va qo’y
D) oqsil sintezlanmaydi, chunki quyonning genetik kodi(tripleti) qo’ynikiga mos emas
75. Quyidagilar orasidan ortiqchasini chiqarib yuboring.
A) gemoglobin
B) aminokislota
C) DNK
D) xitin
76. Fotosintez jarayonida hosil bo'ladigan va atmosferani boyitadigan molekulyar kislorod manbayi nima hisoblanadi?
A) karbonat angidrid
B) suv
C) glyukoza
D) sut kislota
77.Oqsilning signal funksiyasiga misol keltiring.
A) qondagi- gemoglobin
B) me'daosti bezidan ajraluvchi- insulin
C) Kd'zningto'r pardasidajoylashgan- rodopsin
D) makkajo'xori donidagi- zein
78. Leytsin aminokislotasi kodoniga mos keladigan antikodonlarni aniqlang.
A) AAU, AAG
B) AAA, AAG
C ) UUU, UUG
D) UUA, UUG
79. Qaysi hususiyatlar achitqi zamburug’iga xos?
1) haqiqiy mitseliysi bo’lmaydi; 2) ularni “turish” deyiladi; 3) nafas olish jarayoni anaerob usulda boradi; 4) energiya almashinuvida CO2 hosil bo’ladi; 5) energiya almashinuvida ajralgan energiyaning80 kJ ATF ga bog’lanadi; 6) assimlatsiya jarayonida etil spirit, CO2 hosil bo’ladi; 7) dissimlatsiya jarayonida 60 % energiya issiqlik tarzida tarqab ketadi; 8) kislorodsiz muhitda yashagani tufayli nafas olish sodir bo’lmaydi; 9) energiya almashinuvining uchinchi aerob bosqichida etil spirit, CO2 va H2O ga parchalanadi
A) 1,2,3,6,7
B) 2,3,4,5,7
C) 1,2,6,8,9
D) 2,4,5,8,9
80. Qanday biomolekulalar barcha tirik organizmlar hujayralarida uchraydi?
1) gemoglobin; 2) lipoprotein; 3) fofolipid; 4) riboza; 5) nucleoprotein; 6) dezoksiriboza; 7) kletchatka
A) 3,4,5,6
B) 2,4,6,7
C) 1,2,3,4,5,6
D) 1,3,4,5,6
81. Biosintetik reaksiyalarning farqi nima bilan bog’liq?
A) har bir turga va individga xos bo’lgan hususiyatlar bilan
B) genetik kodning universalligi bilan
C) turli organizmlarda monomerlarning farqlanishi bilan
D) organizmlarning tuzilish darajasi bilan
82. Quyidagi keltirilganlardan qaysilari lipidlar?
1) xromoprotein 2) lipoprotein 3) steroid 4) xitin 5) mum 6) xolesterol 7) glikoprotein 8) jinsiy gormonlar 9) insulin 10) gemoglobin
A) 2,3,5,6,8
B) 1,2,7,9,10
C) 2,4,7,8,10
D) 1,4,5,8,9
83. “Qo’zg’algan “ xlorofill molekulalarining energiyasi qanday jarayonlarga sarf bo’ladi?
1) energiyaning bir qismi issiqlik sifatida tarqaladi
2) energiyaning bir qismi yorug’lik sifatida tarqaladi
3) fotoliz jarayoniga sarflanadi
4) ATF sinteziga sarflanadi
5) organic moddalar sinteziga sarflanadi
6) karbonat angidridni biriktirish jarayoniga sarflanadi
A) 3,4,5
B) 1,3,4
C) 1,2,5,6
D) 5,6
84. Tolasimon (1) va yumaloq (2) oqsillar qayerlarda uchraydi?
a) hayvon juni; b) qondagi gemoglobin; c) ipak; d) muskul.
A) 1-a,d; 2-b,c
B) 1-a,c,d; 2-b
C) 1-b,c; 2-a,d
D) 1-a,c; 2-b,d
85. Qaysi anionlar hujayraning ichki muhit buferligini ta’minlaydi?
A) H2PO4- va HPO42-
B) HSO-4 VA H+
C) Na+ va Cl-
D) H2CO3 va HCO3-
86. Oksidlanishga xos hususiyatlarni ko’rsating.
1) organik moddalarning CO2 va H2O ga parchalanishi; 2) anorganik moddalarning CO2 va H2O ga parchalanishi; 3) organik moddalarning O2 ishtirokida parchalanishi; 4) organic moddalarning O2 ishtirokisiz parchalanishi; 5) bakteriyalar faoliyatida uchraydi; 6) zamburug’lar faoliyatida uchraydi; 7) bu jarayon natijasia da sut kislota hosil bo’ladi; 8) bu jarayon natijasiada spirt hosil bo’ladi; 9) bu jarayon natijasiada 2 ta ATF hosil bo’ladi;
A) 2,3,4,9
B) 1,2,3,6,7
C) 1,3,5
D) 2,5,6,7
87. Achish jarayonida mikroorganizmlarda qaysi mahsulotlar xosil bo’ladi?
1) sut kisolta; 2) atseton; 3) ammiak, 4) mochevina; 5) spirt; 6) mineral tuzlar; 7) suv; 8) karbonat angidrid.
A) 1,2,5
B) 1,4,5,6
C) 3,4,5,6
D) 6,7,8
88. Qaysi jarayonlarda eng kam energiya hosil bo’ladi?
1) glikolizda; 2) oshqozonda oqsil parchalanganda; 3) ichakda yog’lar parchalanib, glitserin hosil bo’lganda; 4) ichakda yog’lar parchalanib, yog’ kislotalari hosil bo’lganda; 5) mitoxondriyalardagi parchalanish reaksiyalarida
A) 2,4,5
B) 1,2,3
C) 1,3,5
D) 2,3,4
89. Qanday jarayonlarda energiya ajraladi?
1) oqsil biosintezi; 2) fotosintez; 3) nafas olish; 4) achish; 5) glikoliz; 6) reduplikatsiya; 7) oksidlanish; 8) cherish; 9) transkripsiya
A) 2,3,4,5,6,7
B) 2,4,5,7,9
C) 1,2,6,9
D) 3,4,5,8
90. Glukoza(a) va ribozaga(b) xos xususiyatlarni belgilang.
1) tarkibida 5 ta C atomi bor; 2) monosaxarid; 3) polisaxarid; 4) t-RNK monomeri; 5) glikogenning monomeri; 6) jigarda to’planadi; 7) energiya manbai; 8) ATF tarkibiga kiradi; 9) barcha tirik organizmlarda uchraydi
A) a-2,5,7; b-2,8,9
B) a-2,3,5,6; b-1,3,7,8
C) a-2,3,5,7,8; b-1,2,4,9
D) a-1,5,6,7; b-2,4,8
91. Mitoxondriyalarda (a), xloroplastlarda(b) va sitoplazmada(c) ATF sintezi jarayonlariga xos hususiyatlarini aniqlag.
1) aerob sharoitda sodir bo’ladi; 2) yorug’lik energiyasi hisobiga ATF hosil bo’ladi; 3) hosil bo’lgan ATF hujayraning hayotiy jarayonlariga sarflanadi; 4) anaerob sharoitda sodir bo’ladi; 5) glukozaning parchalanish hisobiga sodir bo’ladi; 6) hosil bo’lgan ATF organic moddalarning sintezlanishiga sarf bo’ladi; 7) ATF ADF va fosfat kislotadan hosil bo’ladi; 8) hosil bo’lgan ATF karbonat angidridni biriktirish jarayoniga sarflanadi; 9) 30 marta ko’p ATF hosil bo’ladi; 10) ATF sut kislotaning oksidlanishi hisobiga hosil bo’ladi
A) a-5,6,7; b-1,2,9; c-4,7,8,10
B) a-1,7,3,8; b-2,4,5,9; c-4,7,6,10
C) a-5,6,1; b-3,6,2,9; c-4,7,8,
D) a-1,3,10; b-4,7,8; c-3,4,7,5
92. Quyidagilardan qaysi belgilar disaxaridlar uchun mos bo’la olmaydi?
1)manna tarkibida uchraydi; 2) vertitsiulum hujayrasi qobig’ini tashkil etadi; 3) silliq endoplazmatik to’rda hosil bo’ladi; 4) javdar doni tarkibida uchraydi; 5) axborot saqlash vazifasini bajradi
A) 2,5
B) 2,3,4
C) 1,2,3
D) 2,4,5
93. Polisaxaridlar uchun xos xususiyatlarni aniqlang.
1) mikroorganizmlar hujayrasidagi zahira modda; 2) koloriyasi yog’larga nisbatan 1,5-2 barobar yuqori; 3) Golji majmuasida o’zgarishga uchraydi; 4) paxta tolasini tashkil qiladi; 5) axborot saqlaydi; 6) shoyigul tugunaklarida ko’p uchraydi
A) 1,3,6
B) 3,4,5
C) 4,5,6
D) 1,2,4
94. Hujayrani energiya bilan ta’minlab beruvchi jarayonlarni aniqlang.
1) assimlatsiya; 2) dissimlatsiya; 3) nafas olish; 4) anabalizm; 5) katabolizm; 6) plastic almashinuv; 7) energetic almashinuv
A) 1,2,6,7
B) 1,2,4,5
C) 2,3,5
D) 2,6,7
95. Tirozin, tiamin, timin birikmalari qanday guruhlarga tegishli ekanligini mos ravishda aniqlang.
A) nukleotid, vitamin, aminokislota
B) aminokislota, vitamin, azot asosi
C) aminokislota, nukleotid, vitamin
D) vitamin, aminokislota, azot asosi
96. 124 ta aminokislotadan tuzilgan oqsilning genida nechta nukleotid bo’ladi?
A) 364
B) 273
C) 248
D) 372
97. Hujayrani energiya bilan ta’minlovchi biomolekulalar qaysilar?
A) oqsillar va lipidlar
B) uglevodlar va lipidlar
C) oqsillar va uglevodlar
D) oqsillar va nuklein kislotalar
98. Anaerob nafas olish jarayonida muskullarda (a), achitqi zamburug’ida (b) qanday moddalar hosil bo’ladi?
1) glukoza; 2) karbonad angidrid; 3) suv; 4) etil spirit; 5) sut kislota; 6) ADF; 7) ATF
A) a-1,5,6; b-2,4,6
B) a-2,3,5,7; b-2,4,7
C) a-2,3; b-4,5
D) a-5; b-2,4
99. Odam organizmida ishlab chiqariladigan qaysi gormonlar kimyoviy jihatdan har xil tabiatga ega?
1) insulin va androsteron; 2) tripsin va pepsin; 3) samototrop va estrogen; 4) insulin va melanin; 5) melotonin va melonin
A) 1,3
B) 1,2
C) 1,4
D) 1,5
100. Muskul sitoplazmasida glyukoza molekulasining anaerob usulda parchalanishidan qanday modda(lar) hosil bo‘ladi?
A) etil spirt va karbonat angidrid
B) 2 molekula piruvat
C) 2 molekula sut kislotasi
D) 1 molekula limon kislotasi
101. Genetik kodning o’ziga xos muhim xususiyati nima?
A) 3 ta triplet 1 ta aminokislotaga mos keladi
B) 1 necha triplet 1 necha aminokislotaga to’g’ri keladi
C) 1 ta triplet 1 ta aminokislotaga to’g’ri keladi
D) Barcha tirik organizmlar uchun universal
102. Qonni narmal ivishida va qon xosil bo’lishida qaysi elementlar qatnashadi.
A) Co; Ca
B) Zn; Co
C) Ca; Co
D) K+; Ca
103. Albuminlarni tanlang.
1) tuxum oqsili; 2) qon oqsillari; 3) bug’doy oqsili; 4) no’xat oqsili; 5) ko’pchilik hayvon oqsillari
A) 1.2.5
B) 1.3.5
C) 1.3.4
D) 1.2.4
104. Hujayradagi birikmalarni mos ravishda juftlab ko’rsating.
I) biopolimerlar; II) kichik molekulali organik moddalar;
1)aminokislotalar; 2) gormonlar; 3) nukleotidlar; 4) oqsillar; 5) nuklein kislotalar; 6) lipidlar; 7) xlorofil; 8) kraxmallar.
A) I-1,2,5,6,8; II-3,4,7;
B) I-1,2,6,7; II-3,5,8;
C) I-2,5,6,8; II-1,3,4,7;
D) I-4,5,8; II-1,2,3,7.
105. Xlorifill molekulasining biologik ahamiyatga ega bo’lgan fizik-kimyoviy xususiyatini aniqlang.
A) suvni fotolizga uchratish
B) yorug’lik energiyasini qaytarish qobiliyati
C) yorug’lik energiyasini yutish qobiliyati
D) glukoza sintez qilish
106. “Steroidlar” qaysi organik moddalar guruhiga kiradi?
A) oqsillar
B) uglevodlar
C) nukleotidlar
D) lipidlar
107. Qaysi reaksiyada ATF to’planadi?
A) oksidlanish, glikoliz
B) sintezlash, achish
C) oksidlanish, sintezlash
D) oksidlanish, sintezlash, achish
108. Qaysi modda hujayra membranasi tarkibiga kiradi?
A) kraxmal
B) fosfolipidlar
C) lipidlar va ribosoma
D) nuklein kislota va lipidlar
109. Moddalar almashinuvining dastlabki bosqichini aniqlang.
A) metobolizm mahsulotlarini tashqariga chiqarilishi
B) glikoliz
C) ozuqaning hazm bo’lishi
D) sut kislotaning parchalanishi
110. Hujayraga suvning o’tishini nima ta’minlaydi?
A) hujayra tashqarisidagi tuzlar aralashmasiga
B) vakuola shirasi hosil qiladigan osmotik bosim
C) tashqi muhitga
D) hujayra ichidagi tuzlar aralashmasiga
111. Hayotning barcha shakillarida uchraydi (a) va uchramaydi (b)
A) a- ATF b- Timin
B) a- guanin b- adenin
C) a- DNK b- uratsil
D) a-fosfat kislota b- riboza
112. Kichik molekulali organik moddalarni ko’rsating.
1) glukoza; 2) ADG; 3) kraxmal; 4) xromatin; 5) ATF; 6) fenilalanin; 7) gemoglabin; 8) lipoprotein; 9) i-RNK
A) 2,5,6
B) 1,2,3,8
C) 3,6,7,9
D) 1,4,5,9
113..Xloroplastlarda hosil bo’lgan ATF energiyasi (a) mitoxondriyalarda hosil bo’lgan ATF energiyasi (b) qanday jarayonga sarf bo’ladi?
1) hujayradagi oqsil biosintezi jarayoni uchun;
2)hujayraning bo’linishi uchun; 3) vodorod va karbonat angidriddan organik modda sintezi uchun; 4) moddalarning membranalar orqali faol ko’chirilishi uchun; 5) kislorod ishtirokisiz uglevod sintez bo’lishi uchun.
A) a-1,3; b-2,4,5
B) a-4,5; b-2,3
C) a-1,3,5; b-2,4
D) a-3,5; b-1,4
114. Berilgan atamalarni ularga mos keluvchi ta’riflar bilan juftlang.
1) turgor; 2) plazmoliz; 3) deplazmoliz; 4) buferlik
a) hujayraning kuchsiz ishqoriy holatini saqlab turishi; b) vakuolaga suv kirib, hujayraning tarangligini saqlashi; c) hujayra tarngligini yo’qolishi; d) tarangligi yo’qolgan hujayraning toza suvda o’z holatiga qaytishi
A) 1-b; 2-c; 3-d; 4-a
B) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a
C) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d
D) 1-c; 2-b; 3-a; 4-d
115. Achishda(a) va oksidlanishda(b) sodir bo’ladigan jarayonlarni juftlang.
1) glukozadan sut kislota hosil bo’lishi; 2) glukozadan sirka kislota hosil bo’lishi; 3) ATF hosil bo’lishi; 4) sut kislota parchalanib karbonat angidrid va suv hosil bo’lishi; 5) mitoxondriyada boradi; 6) glukozadan etil spirt va karbonat angidird hosil bo’ladi; 7) sitoplazmada boradi
A) a-1,3,6; b-3,4,5
B) a-2,3,5,6; b-3,7
C) a-1,3,4; b-3,5,6
D) a-4,7; b-3,6,7
116. Barcha hayotiy shakllarda mavjud brikmani aniqlang.
A) aminokislota
B) dezoksiriboza
C) ATF
D) riboza
117. Barcha hayot shakllarida mavjud brikmani aniqlang.
A) riboza
B) timin
C) uratsil
D) guanin
118. Qanday brikmalar bir nuklein kislota tarkibida bir vaqtning o’zida hech qachon uchramaydi?
1) riboza va dezoksiriboza; 2) adenin va guanin; 3) timin va uratsil; 4) riboza va timin; 5) uratsil va dezoksiriboza; 6) sitozin va guanin; 7) adenin va timin
A) 4,5
B) 4,5,6
C) 1,3,4,6
D) 1,3,7
119. Odam organizmida ishlab chiqariladigan qaysi gormonlar kimyoviy jihatdan bir xil tabiatga ega?
1) insulin va somatatrop; 2) tripsin va pepsin; 3) androsteron va esterogen; 4) insulin va melanin; 5) melotonin va melanin
A) 1,3
B) 1,2
C) 1,5
D) 1,4
120. Albumin qanday modda?
1) oqsil; 2) yog’; 3) uglevod; 4) distillangan suvda eriydi; 5) oshtuzining kuchsiz eritmasida eriydi; 6) bug’doy va no’xat oqsili kiradi; 7) qon oqsiliga kiradi
A) 2,5,7
B) 1,4,6
C) 1,5,7
D) 3,4,6
121. Amilaza qanday modda?
1) gormon; 2) ferment; 3) glukozani glikogenga aylantiradi; 4) kraxmalni glukozaga aylantiradi; 5) unayotgan don tarkibida bo’ladi; 6) oshqozon osti bezida sintezlanadi
A) 2,3,4,6
B) 1,3,6
C) 2,4,5,6
D) 1,4,5
122.Oqsil (I) va lipid (II) tabiatiga ega garmonlarni ularni ishlab chiqaruvchi bezlar bilan juflab ko’rsating.
1) insulin; 2) tripsin; 3) androsteron; 4) interferon; 5) somototrop; 6) melanin; 7) asterogen; 8) xolistirol; a) gipofiz; b) me’da osti bezi; c)urug’don; d) tuxumdon; e) epifiz; f) qalqonsimon bez; h)buyrak usti bezi.
A) I-1-b, 5-a, 6-e; II-3-c, 8-h
B)I-1-b, 5-a; II-3-c, 7-d
C)I-1-b, 2-f, 5-a; II-3-c, 7-d, 8-h
D)I-2-f, 4-a, 6-e; II-1-b, 5-a
123.Anaerob nafas olish jarayonida muskullarda (a) achitqi zamburug’ida (b) qanday moddalar hosil bo’ladi?
1) glukoza; 2) karbonat angidrid; 3) suv; 4) etil spiriti; 5) sut kislota; 6) ADF; 7)ATF.
A) a -1,5,6; b-2,4,6
B) a-5; b-2,4
C) a-2,3; b-4,5
D) a-2,3,5,7; b-2,4,7
124. Qaysi jarayonlar moddalar almashinuvining ikkinchi bosqichida sodir bo’ladi?
1) glikoliz; 2) translyatsiya; 3) hujayradan tashqarida proteazalar faolligi yuqori; 4) lipazaning lipidlarga ta’siri; 5) reduplikatsiya; 6) so’lak tarkibidagi amilazaning ta’siri; 7) oziqning mexanik o’zgarishi; 8) transkripsiya; 9) o’pkalar tomonidan karbanat angidridning ajratilishi; 10) fotosintez; 11)glikoliz.
A)2,6,7,9,10
B)1,3,4,5,12
C)1,5,8,10
D)2,4,6,11
125. Organizmning qarishi qaysi moddalar parchalanishining kuchayishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin?
1) kraxmal; 2) nuklein kislota; 3) selluloza; 4) nukleoprotein; 5) lipoprotein; 6) glikogen; 7) DNK
A) 2,5,7
B) 1,3,6
C) 6,7
D) 4,5
126. Quyidagilardan odamda har sekunda yani uzluksiz amalga oshadiganlarni aniqlang.
a.filtratsiya b.mitoxondriyada sut kislotasini parchalanishi c.oqsil biosintezi d.reabsorbsiya e.qon oqishi f.uch boshli muskullarni qisqarishi g.reduplikatsiya h.piramidasimon nerv hujayralardagi qo'zg'alish i.oshqozondan lipaza ajralishi
A) b,a,d
B) i,g,c,a,d
C) h,e,b,c,g
D) b,a,e,h
127. Oqsillar quyidagi qaysi organoidlarni tuzulishida ishtirok etadi ?
1) ribosoma; 2) mitoxondriya; 3) sentriolla; 4) golji aparati; 5) endoplazmatik to'r; 6) plastida;
A) faqat 1 va 3
B) 2 va 4
C) 6 va 1
D) 1,2,3,4,5,6
128. Nima alohida belgilami rivojlanishini aniqlaydi yoki oqsil molekulasini shakllantiradi ?
A) Gen
B) Xromosoma
C) DNK
D) RNK
129. Organizmdagi miqdori juda keng doirada o'zgaruvchan bo'ladigan moddaga ta'sir ko'rsatuvchi fermentni aniqlang.
A) amilaza
B) pepsin
C) karbogidraza
D) lipaza
130. Gidroliz reaksiyalarda suvning OH" va H+ guruhlari turli xil molekulalarning erkin valentligiga birikadi. Natijada....
A) elektrostatik o'zaro ta'sir vujudga „ keladi va suv molekulalari "yopishganday" bo'ladi
B) hujayra ichidagi harorat atrofdagi muhitga nisbatan juda kam darajada farqlanishi mumkin
C) yangi xususiyatga ega bo'lgan yangi modda hosil bo'ladi
D) yangi moddalar hosil bo'lishi sekinlashadi
131. Qurilish materiali bo’lib hizmat qiladigan birikmalarni to’g’ri ko’rsating.
1) fosfolipidlar; 2) kraxmal; 3) selluloza; 4) mum; 5) lipoptotein; 6) glikolipid; 7) lipaza;
8) glukoza; 9) karbogidraza; 10) plimeraza
A) 1, 2, 5, 6, 7, 9
B) 1, 3, 4, 5, 6
C) 3, 5, 6, 8, 10
D) 1, 2, 3, 5, 6, 9
132. Quyidagilardan odamda har sekunda yani uzluksiz amalga oshadiganlarni aniqlang.
a.filtratsiya b.mitoxondriyada sut kislotasini parchalanishi c.oqsil biosintezi d.reabsorbsiya e.qon oqishi f.uch boshli muskullarni qisqarishi g.reduplikatsiya h.piramidasimon nerv hujayralardagi qo'zg'alish i.oshqozondan lipaza ajralishi
A) b,a,d
B) i,g,c,a,d
C) h,e,b,c,g
D) b,a,e,h
133. Insulin uchun xos bo'lgan xususiyatlami aniqlang.
1) monomeri 4 xil; 2) endoplazmatik torda hosil bo'ladi; 3) u hisobiga silliq endoplazmatik torni funksiyasi tezlashadi; 4) peptid bog'larga ega; 5) uni sintezlovchi gen faqat medaosti bezininig hujayralarida bo'ladi; 6) agar miqdori kamayib ketsa buyrakda filtratsiya jarayoni buziladi; 7) ferment tabiatli; 8) ribosomalarda hosil bo'ladi; 9)u hisobiga odamni 40 % da zahira to'planadi; 10) agar ko'payib ketsa qandsiz diabet kassaligi kelib chiqadi; 11) tanadagi miqdori gemoglobinga nisbatan kam.
A) 3,10,2,5,4,11,8
B) 8,11,3,2,10,
C) 2,3,9,6,8,11
D) 3,2,1,8,10
134. Qaysi guruhga mansub birikmalar turli-tumanligi bilan ajralib turadi?
A) uglevodlar
B) lipidlar
C) oqsillar
D) nuklein kislotalar
135. Infarmatsion RNK tarkibidagi UAG izchillik polipeptit zanjirga qaysi aminokislotani bog'laydi ?
A) arginin
B) kodlamaydi
C) metianin
D) glutamin

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling