3. Hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari va moddalar almashinuvi
Fanning molekulyar biologiyaga oid masalalari va ularning yechimlari
Download 175 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- RNK zanjirini uzunligi va uning tarkibidagi nukleotidlarni miqdorini aniqlash
4. Fanning molekulyar biologiyaga oid masalalari va ularning yechimlari.
RNK zanjirini sintezlanishiga doir. 1.DNK ning bir zanjiri TASSGTTAAAGSAST ni teskari transkripsiyalanganda m-RNK molekulasi nechta aminokislotani kodlaydi? Izoh. DNK bir zanjiridan m-RNK molekulasi teskari transkripsiyalanayotganda bir pirimidin asosi qarshisiga purin asosi yoki bir purin asosi qarshisiga pirimidin asosi yani T-A, G-S tartibida sintezlanadi. Yechim.Quyidagicha sintezlanadi ATG,GSA ATT,TSG,TGA bu yerda har 3 ta nukleotid 1ta aminokislotani sintezlaydi, lekin bu yerda UAA, UAG, UGA lar oqsil biosintezida aminokislotani kodlamaydi, biosintezni boshlovchi yoki tugallovchi terminator kodlar hisoblanadi. Bu yerda TGA aminokislotani kodlamaydi. Javob: 4 ta 1. Agar DNK ning bitta zanjiridagi nukleotidlar ketma-ketligi quyidagicha AGATTSGATSATSGTAT bo’lsa, uning ikkinchi zanjiridagi nukleotidlar ketma-ketligi qanday bo’ladi (a) va shu DNK dagi H bog’lar soni (b) nechta? A) a) TSTAAGSTAGTAGSATA; b) 40 ta B) a) USUAAGSUAGUAGSAUA; b) 40 ta C) a) TSTAAGSTAGTAGSATA; b) 45 ta D) a) TSTAAGSTASGAGSATA; b) 40 ta 2.Agar iRNK nusxa ko'chirib olgan DNK ning I zanjirida nukleotidlar ketma- ketligi ATTCGGTGCATA bo'lsa, uning II chi zanjiri qanday bo'ladi? A) UAAGCCUCGUAU B) TUUGCCACGUAU C) TAAGCCACGTAT D) AUUCGACGGUAU 3. Agar vazopressinning i-RNK molekulasida 7 ta kodon bo’lsa, u nechta nukleotiddan tashkil topgan? A) 21 ta B) 7 ta C) 14 ta D) 28 ta 4. Agar iRNK nu8,1,6,3sxa ko'chirib olgan DNK ning I zanjirida nukleotidlar ketma- ketligi ATTCAGTGCTTA bo'lsa, uning II chi zanjiri qanday bo'ladi? A) UAAGUCUCGAAU B) TUUGCCACGUAU C) TAAGTCACGAAT 8,1,6,3 D) AUUCGACGGUAU RNK zanjirini uzunligi va uning tarkibidagi nukleotidlarni miqdorini aniqlash. 1. DNK ning tarkibidagi nukleotidlarnig barchasi bir xil miqdordaligi ma’lum bo’lsa ularni 265ta vodorod bog’ o’zaro birlashtirib tursa ushbu DNKva transkripsiyalangan i-RNK da mononukleotidlar soni nechta? Izoh. DNK zanjirida A va T orasida 2 ta, G va S orasida 3 ta vodorod bog’ mavjud. Yechim.1-ish. 2x+3x=265 5x=265 x=53 2-ish. 53x4=212 i-RNK da mononukletidlar DNK dagi nukleotidlardan 2 barobar kam. Javob. 106 ta 2. Agar vazopressin oqsilining sintezini amalga oshiruvchi iRNK molekulasida 9 ta kodon bo’lsa, uning uzunligi toping? ( nukleotidlar orasidagi masofa 3,4 A0 ga teng). Izoh. RNK va DNK zanjirida nukleotidlar orasida fosfodiefir bog’ mavjud. Ushbu bog’ni uzunligi 3,4 A0 yoki 0.34 nm ga teng ( uzunlik topilayotganda masala shartiga qaraladi). Yechim. 1 ta kodon 3 ta nukleotiddan iborat, damak 9 ta kodon 27 ta nukleotid bo’ladi. 27x3.4 = 91.8 A0 Javob. 91.8 A0 1. Gemoglobinni sintezlagan gen uzunligini belgilang (nm). A) 291.72 nm B) 194.48 nm C) 583.44 nm D) 295.8 nm 2. Axborot tashuvchi iRNK tarkibida nukleoditlar quyidagi nisbatda uchraydi: guanin-31, uratsil-19, sitozin-21, adenin-29, Mazkur iRNK molekulasi asosida uning sintezida ishtirok etgan DNK molekulasining tarkibidagi nukleoditlar miqdorini aniqlang. A) T=19; A=29; G=21; S=31 B) T=29; A=29; G=31; S=31 C) T=48; A=48; G=52; S=52 D) T=29; A=19; G=21; S=31 3. DNK ning tarkibida 120 ta nukleotid bo'lsa, undan qanday uzunlikka (A0) ega i-RNK sintezlandi? A) 20,4 A0 B) 40,8 A0 C) 204 A0 D) 136 A0 4. DNK ning tarkibidagi nukleotidlarnig barchasi bir xil miqdordaligi ma’lum bo’lsa ularni 265ta vodorod bog’ o’zaro birlashtirib tursa ushbu DNK dan transkripsiyalangan i-RNK ning uzunligi necha nm bo’ladi? A) 36.04 nmB) 18.02 nm C) 9.01 nmD) 90.1 nm 5. Axborot tashuvchi iRNK tarkibida nukleoditlar quyidagi nisbatda uchraydi: guanin-30, uratsil-19, sitozin-20, adenin-29, Mazkur iRNK molekulasi asosida uning sintezida ishtirok etgan DNK molekulasining tarkibidagi nukleoditlar miqdorini aniqlang. A) T=19;A=29; G=30; S=30 B) T=29; A=19; G=20; S=30 C) T=48; A=48; G=50; S=50 D) T=29; A=19; G=20; S=30 6. DNK molekulasining bitta zanjirida fosfodiefir bog’lari 19 ta. A nukleotidi DNK molekulasidagi umumiy nukleotidlarni 20% ni tashkil etsa transkripsiyalangandan so’ng nukleotidlar soni nechta bo’ladi? A) G-12: S-12: T-8: U-8 B) G-6: S-6: A-4: U-4 C) G-24: S-24: T-16: U-16 D) G-12: S-12: T-8: U-0 7. Agar DNK ning uzunligi 306,4 A0 bo’lsa, 1) undan sintezlangan iRNK ning uzunligi(nm) qancha? 2) DNK tarkibidagi nukleotidlad soni qancha? 3) iRNK tarkibidagi nukleotidlar nechta? A) 1) 30,64 nm; 2)180 ta; 3) 90 ta B) 1) 306.4 nm; 2) 90 ta; 3) 90 ta C) 1) 3064 nm; 2) 180 ta; 3) 90 ta D) 1) 306.4 nm; 2) 90 ta; 3) 90 ta Download 175 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling