3 I. Bob. Badiiy asarda peyzaj
Muvozanat romanida peyzaj
Download 57.84 Kb.
|
I bob. Badiiy asarda peyzaj-fayllar.org
2.2 Muvozanat romanida peyzaj.
Roman qor yog‘ishi tasviri bilan boshlanadi. Qor yoqqanidan ichiga sig‘may tipirchilagan Yusuf tong otishini intiqlik bilan kutardi. Asarning aynan shunday tasvirlar bilan boshlanishi bejiz emas, Bu tasvirlar orqali yozuvchi endigina mustaqilligini qo‘lga kiritgan, yangi kunga endigina qadam tashlab kelayotgan yurtimiz, tong otishini intiqlik bilan kutayotgan Yusuf obrazi orqali istiqlol kunlarini intiqib kutgan odamlar obrazi berilmoqda. Asar qahramoni Yusuf ancha yillardan so‘ng qishlog‘iga qaytadi. Halima aya boshchiligida uyga kirisharkan hovlida tok ko‘tarayotgan Odil akaga ko‘zlari tushishadi. Yusuf ularning oldilariga yetar yetmas tanasi qayrilayotgan tok qarsillab yoriladi. - Odam bo‘ladimi o‘zi bu tok, ota?- so‘radi Yusuf. -Odam bo‘ladi, bo‘lishi kerak!-dedi nihoyat Odil aka qaddini rostlab. - Nega joyini o‘zgartiryapsiz?- so‘radi tag‘in Yusuf. -Chunki soyada qolib ketdi.Qo‘shni imoratni qarang, Odil aka imo bilan sobiq rais bovaning qo‘shqavatli, baland uyini ko‘rsatdi, zang‘arning dastidan ko‘p mevalar hech oftob ko‘rmayapti. Tokni boshqa tomonga tarashdan maqsad ham shu - oftobga olib chiqish deydi Odil aka. Birgina soyada qolib ketgan tok tasviri orqli yozuvchi O‘zbekistonning ham shu tok singari sobiq raisning imorati soyasida Sobiq imperiya soyasida quyosh ko‘rmay qolib ketayotgan tokka o‘xshatmoqda. Yusuf yillar o‘tib Muhammadjon akadan qolgan bog‘ga keladi. Lekin bu yerda bog‘ yo‘q edi, uning soyasigina qolgan edi; baland-baland turli-tuman daraxtlarning qolgan bo‘lsa uchda biri serrayib turardi, ustiga ustak, ularning ham bir shoxi sinib qurib osilib yotar, boshqasi shakl berilmaganidan yonidagisining novdalari bilan achomlashib, ilgarilari hech o‘smagan zarpechakning omonsiz changaliga tushib, arang nafas olar yoki allaqachon bo‘g‘ilib o‘lgan-qurib pastda odam bo‘yi bo‘lib o‘sgancha chakalakzorni tashkil etgan ho‘lu quruq yovvoyi o‘tlar bilan chirmashib ketgandi. Bu yerdagi umumiy manzara kishi yodiga beixtiyor ertakdagi yalmog‘iz kampir yoki unga o‘xshash masalan, bir ko‘zli odamxo‘r maxluqning yovuz qo‘rqinch makonini yodga solardi... Bu tasvirlar orqali yozuvchi sobiq imperiya davrida xalqimiz nafaqat erkidan balki o‘zining o‘tmishi, tarixi, madaniyatidan mahrum bo‘lganligini, tariximiz, ming yillik madaniyatimiz shu bog‘ kabi qarovsiz nochor ahvolda qolganligi, bor o‘tmishimiz ham zarpechaklar chirmashib ketgandek buzib ko‘rsatiganini tasvirlab o‘tgan Tobora quyoshning nuriga to‘lib, yorishib borayotgan kenglikda Ulug‘tog‘ Yusufga judayam yaqin tuyuldi, xuddi yo‘lning nargi boshida uni kutib turgandek. Qorsiz qishning muzdek, sof havosini simirib borarkan, Yusuf shu yo‘ldan to‘ppa to‘g‘ri tog‘ning qor tushan cho‘qqisiga chiqib ketadigan kabi sezardi o‘zini. "Xudo xohlasa, bahorda qishloqqa atay sen uchun, sening cho‘qqingni zabt etish uchun kelaman!"-Yusuf hayolan xitob qildi toqqa. Ulug‘tog‘ tasviri romanda bir necha marta keladi. Yozuvchi Ulug‘tog‘ tasviri orqali yaqin kelajakni, kelajakka bo‘lgan umidlarini tasvirlamoqchi. Qahramon Ulug‘tog‘ cho‘qqisini zabt etishi va dunyoga boqishi tez orada o‘tish davri ostonasida turgan yurtimizning ham yaxshi kunlarga yetishi va dunyoga o‘zligini namoyon etishiga umid bog‘laganini ko‘rsatadi. XULOSA Mustaqillikka erishganimizdan so`ng mamalakatimizda o`zlikni anglash, yuksak ma’naviyatli barkamol insonni tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor berila boshlandi. Bu muqaddas vazifani ado etish badiiy adabiyot zimmasiga tushishini anglagan adiblar o`z asarlarida mazkur jihatlarga ko`proq e’tibor qaratdilar. Ulug’bek Hamdam ham ana shunday ijodkorlardan biri hisoblanadi. Uning hikoyalarida o`zlikni angalsh, komil inson konsepsiyasi ilgari suriladi. Adibning hikoyalarida insoniy fazilatlar, milliy va umuminsoniy qadryatlar, insoning ruhiy dunyosidagi evrilishlar, tafakkuridagi yangilanishlar mohirona ifodalanadi. Bunda peyzaj tasvir usuli sifatida asar sarlavhasidan boshlab alohida o‘rin tutadi. Kurs ishi davomida Ulug’bek Hamdamning yozuvchilik mahoratida quyidagi xususiyatlarni tadqiq etdik: 1. “Muvozanat”. Yozuvchining yozuvchilik mahorati o`ziga xosligi bilan xarakterlidir. 2. Yozuvchining roman yaratish uslubida g`arb modern adiblari uslublarining mushtarak jihatlari ko`zga tashlanadi. Asarlarining o`ziga xos jihatlari sujetdan ko`ra ruhiyatning ustivorlik qilishida namoyon bo`ladi. Ulug’bek Hamdam ijodining mavzular ko`lami keng. Unda abadiy mavzular, shuningdek, davr bilan hamnafas dolzarb, diniy va dunyoviy mavzular o`z ifodasini topgan. 3. Ulug’bek Hamdam asarlari kompozitsiyasi romanchilik tajribalari novatorona yondashuv asosida tuzilgan. Roman kompozitsiyasida peyzaj muhim rol o‘ynaydi. Adib romanining nomlanishi ham peyzajga xos bo‘lib, alohida badiiy-estetik funksiya bajaradi. 4. Tilning obraz yaratish resurslari, ijodkorning g`oyaviy niyati, estetik ideali, qalb kechinmalari va individual uslubini e’tirof etishga ko`maklashadigan vositalardan biriga aylangan. Yozuvchining asarlarida aytilmoqchi bo`lgan poetik fikrning aniq va lo`ndaligi, ifodaning estetik tasirchanligini oshirish maqsadida uning xalq hayoti,turmush tarzi, milliy ruhning yaqinligi bilan tasirli va jozibalidir. Adabiyotimizda badiiyati yuksak asarlar yaratib alohida e’tirof etilgan ijodkor asarlarining poetikasi, yozuvchining uslubiy mahoratini o`rganish, adbiyotshunoslik uchun muhim. Badiiy asarlarning g`oyaviy estetik maqsadining ilmiy talqini ko`p jihatdan xuddi shunday asarlar tilining qay darajada tahlil hamda talqin qilinishi bog`liqligi tabiiy holdir. 5. Ulug’bek Hamdamning romanlari tili boyligi, ta’sirchanligi, xalqchilligi bilan ahamiyatlidir. Uning asarlarida obrazlar yaratish tizimi hamda personajlar nutqiga alohida e’tibor berilgan. Peyzaj tasvirini berish orqali tabiatdagi hayotni badiiylashtirgan va hayot falsafasini ifoda etgan. 6. Ramz badiiy adabiyotda muhim o`rin tutadi. Ulug’bek Hamdam asarlarida keltirilgan peyzaj tasviri ramziylik asosida qurilganligi bilan A.Qahhor ijodi bilan mushtaraklik kasb etadi. Ba’zan asarlar to`lig`icha peyzajdan tashkil topadi. Bu ramziylik vositasida esa yozuvchi kitobxonga berishni istagan g`oya anchayin salmoqdorlik kasb etadi. Bu kabi tasvirlarda romantizmga xos xususiyatlar, lirizmning uyg`unlashuvini ko`ramiz. Ulug’bek Hamdamning asarlarini go`zal va ifodali, ta’sirchan va maroqli qilgan narsa bu ijodkorning tabiat hodisalariga, tabiat go`zalliklariga keng o‘rin berganida ham ko‘rinadi. Bunda yozuvchi xuddi rassom kabi tabiat tasvirini rangin, mohirona tasvirlaydi. Bunday tasvirlar badiiy sintezga boyligi bilan ayrichalik kasb etadi. U.Hamdamning " Muvozanat " romanida shaxs va jamiyat muammolari falsafiy muhokamaga tortilar ekan , muhit suvratidan sizib chiqadigan ijtimoiy mohiyat estetik ideal bilan chambarchas aloqadorlikda badiiy tahlilga tortiladi . O'tmish , bugun , kelajak ; jamiyat va shaxs ; iymon va nafs ; ruhiyat va reallik aro muvozanat muammolari asarning g'oyaviy va konseptual asosini tashkil etadi . Muallif insonning ma'naviy - moddiy mutanosibligi mezonlariga urg'u berarkan . ruhiy yaxlitlik odamzod a'molini belgilashini ta'kidlaydi . U.Hamdamning " Muvozanat " romanida jamiyat ruhi va asar yaratilgan davr muammolari kompozitsion jihatdan Yusuf shaxsiyatida markazlashtiriladi . yozuvchi davr o'zgarishlarini dunyoqarashdan hayotiy ziddiyatlarga , ijtimoiy muammolardan ruhiy evrilishlarga qarata siljitar ekan , ularni asosan yagona nuqta 50 inson qalbida fokuslashtiradi . Yusuf bamisoli personajlararo badiiy katalizator . U muallifning g'oyaviy - estetik niyatini yaxlitlashtirib , kompozitsiya komponentlarini bir - biriga ulovchi universal obrazdir . Ushbu romandagi Mirazim Said , Amir kabi obrazlar mohiyati , ularning roman kompozitsion yaxlitligini ta'minlashdagi roli tahlil etildi . O'rni bilan Amir obraziga munosabat bildirgan U.Normatov , D.Quronov , S.Sodiq , J.Eshonqul , I.Yoqubov kabi olimlar bilan bahs munozaraga kirishildi . U.Hamdamning romani uchun tanlangan mavzu , uslub va mazmun munosabatlari " tahlil " zalvorini oshirish , talqin ta'sirini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi . Roman qahramoni Yusuf shaxsiyatidagi falsafiy - ijtimoiy mohiyatni namoyon etishda asardagi badiiy komponentlar munosabati muhim o'rin tutadi . Adib uning ruhiy - ijtimoiy maqsadlarini ochishda dramatizmni keskinlashtirish yo'lidan boradi . Epik maydon kengayishi asar strukturasini murakkablashtiradi .. Epik qatlam syujet qismlaridagi shartlilikni teranlashtirib , tasvirdagi yaxlitlashuvni yuzaga keltiradi . Tasvir o'zida talqinni ham jo etgan holda ijtimoiy psixologik manzaralar ichiga olib kiradi . U.Hamdam romanlarida mavzu va g'oya o'zaro mutanosiblikda ifodalanadi . Mavzu tanlanishi va uni shu mavzuga muvofiq g'oyaviy akslantirish adib mahorati orqali romanlar kompozitsiyasini yo'naltiradi . Xullas, yangi asrning ilk dekadasida jahon arenasiga chiqayotgan o`zbek adabiyotida roman janri har tomonlama yangilanib, yuksak taraqqiyot bosqichiga ko`tarilmoqda, deyishga barcha asoslar yetarli.Uning yangicha fazilatlarini aniqlash va tadqiq etish adabiyotishunosligimizning galdagi muhim vazifalaridandir. Ulug’bek Hamdamningasarlarida ham ana shunday yangilanishlar, yangi usullar o‘z ifodasini topgan. Bu esa uni hali ko‘plab ilmiy tadqiqotlarga asos bo‘lishini ko‘rsatadi. Download 57.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling