3 I. Bob. Badiiy asarda peyzaj
Download 57.84 Kb.
|
I bob. Badiiy asarda peyzaj-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning vazifasi.
- Mavzuning o`rganilish darajasi.
- Tadqiqotning yangiligi
Tadqiqotning maqsadi. Yangi o`zbek adabiyot rivojida bir qator yorqin iste’dodlar alohida o`rin tutadi. Ularning qatorida Ulug’bek Hamdamov ijodi ham alohida e’tirofga loyiq. Kurs ishining maqsadi sifatida yozuvchining uslibiy mahoratini aniqlash, hikoyalarining o`ziga xosligini o`rganish, asar kompozitsiyasida peyzajning tutgan o`rni, yozuvchining peyzaj yaratish mahoratini tadqiq etish belgilandi.
Tadqiqotning vazifasi. Ushbu kurs ishni yoritishda quyidagi vazifalar belgilab olindi: - asar kompozitsiyasida peyzajning o`rnini tadqiq etish; - tabiat tasviri orqali qahramon ruhiyatini yoritish; - peyzajni chizishda adib mahoratini belgilash; - peyzaj turlarini tahlil qilish; - qahramon xarakterini yoritishda peyzajning o`rnini aniqlash; - peyzaj vositasida ramziylikning ifodalanishida muallif pozitsiyasini tadqiq etish. Mavzuning o`rganilish darajasi. U. Hamdam ijodi bir qator adabiyotshunos olimlar, adabiy tanqidchilar tomonidan muayyan aspektlarda o`rganilgan. Jumladan, O.Sharafiddinovning “Ijodni anglash baxti” (2004), U.Normatovning “Ijodkorning haroratli so`zi” (2015) asarlari, D.Quronovning Zavqimdan bir shingil”2 ( 2013) risolasi, D.Quronovning “Mutolaa va idrok mashqlari”3 ( 2013) kitobi, Y.Solijonovning “Haqiqatning sinchkov ko`zlari”4 (2009), “Mo`jizalar sehri”5 (2013) kitoblari, R.Rahmatning “Adabiyotdan chiqish”6 (2015), U.Ali “Ko`ngilga sayr”7 (2009) kitoblarida Ulug’bek Hamdamning ijodi va asar kompozitsiyasida peyzajning tutgan o`rni yuzasidan adabiy-tanqidiy, adabiy-nazariy qarashlar mavjud. Xorijlik olim Veli Savash Yelok8 ilmiy ishlarida Ulug`bek Hamdam asarlari muammoning nechog`lik badiiy va haqqoniy, mahorat bilan tasvirlanganligi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi, shu asosda xolis hamda ishonchli xulosalar beriladi. Tadqiqotning yangiligi. Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, Ulug`bek Hamdam ijodi bo`yicha ilmiy ishlar qilingan. Adib mahorati, uslubi, xarakter yaratish mahorati kabi masalalar tahlil qilingan. Qissa va romanlari poetikasi haqida ayrim olimlarimiz ilmiy maqolalari mavjud. Biroq adibning hikoyalaridagi peyzajning badiiy-estetik funksiyasi haqida alohida ilmiy tadqiqot amalga oshirilmagan. Kurs ishida adib hikoyalaridagi tabiat tasvirini ilmiy va nazariy jihatdan tahlil qilinishi ishning yangiligini belgilaydi. Download 57.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling