3 I bob. Fransuz frazeologizmlari alohida semantik stilistik birlik sifatida
Download 367.04 Kb. Pdf ko'rish
|
fransuzcha frazeologik birliklarning etimologik talqini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqni ixchamlashtirish funksiyasi
- Baholash funksiyasi
- Ekspressiv funksiya
Stilistik funksiya- FBlarning aksariyati uchun xarakterli jihat hisoblanadi.
Chunki FBlarda denotativ ma’no bilan bir qatorda konotativ element ham ishtirok etgan bo‘ladi. Bu esa nutq momentida FBlarning o’ziga xos stilistik vazifani ifodalab kelishini ko’rsatadi. FBlarning uslubiy funksiyalari xilma-xil va rang-barangdir, ularning ayrimlari tabiiy bo’lib, FBning ichki tabiatidan kelib chiqadi. Qolganlari esa individual xarakterga ega bo’lib, u yoki bu so’z san’atkorining estetik mahorati, xohish irodasi, til vositalaridan foydalanishdagi novatorligi bilan aloqadordir, shulardan birinchisini FBlarning lisoniy, uzual uslubiy funksiyalari deb, keyingilarini esa nutqiy okkazional uslubiy funksiyalari deb nomlash mumkin. FBlarning uzual uslubiy funksiyalari FBlar uchun umumiy, doimiy bo’lib, har qanday matnda reallashadi va ular FBlarning o’ziga xos kategorial xususiyatlari bilan aloqadordir. Rus tilshunosi S.G. Gavrin rus tilida FBlarni tahlil qilganda, ularning bir necha funksiyalari mavjudligini ko‘rsatib bergan 1 . 1 Гаврин 58 1) Nutqni ixchamlashtirish funksiyasi. FBlar ayniqsa gap shakliga ega bo’lgan FBlar nutqni ixchamlashtirish xususiyatiga ega. 2) Obrazli ifodalash funksiyasi. Ko'pgina FBlar konkret, ko’rgazmali tasvir uchun xizmat qiladi, shaxs predmet, voqea hodisaning obrazli ifodasi bo’lib keladi. Masalan, bunday FBlar badiiy va publisistik nutqda metaforalar, o’xshatishlar bilan bir qatorda obrazlilik hosil qilishga bo’ysundiriladi. Obrazli ifodalash funksiyasi ichki ta’sirchan shaklga obrazli tasavvurga ega bo’lgan FBlar uchun ko’proq xarakterlidir. Ba’zan FBlar muayyan tushunchani obrazli nomlab, ifodalab qolmasdan butun matnga kuchli obrazlilik “radiatsiya” baxsh etadi. 3) Baholash funksiyasi. FBlarning turli strukturali tillari uchun biror predmet yoki voqea-hodisani nomlash bilan birga ularga salbiy yoki ijobiy baho berish funksiyasi ham xaraktelidir. Ba’zi hollarda FBlarning baholash funksiyasi undagi nominativ funksiyani keyingi planga o’tkazsa, ba’zan esa FBlarda nominativ ma’no ustunlik qiladi. FBlarni ekspressiv-baho bo‘yog‘i tarkibini baholash, emotsionallik va ekspressivlik tashkil etadi. Baholash deganda predmet yoki shaxsga nisbattan salbiy yoki ijobiy tavsif berish tushuniladi. FB ma’nosini talqin qilganda baholash xususiyati albatta ishtirok etadi. Agar FBlarning semantik strukturasida baholash semasi bo’lsa, o‘sha iboraning struktur–grammatik qurilishidan qat’iy nazar FB ga izoh sifat orqali beriladi yoki bu izoh tarkibida “nihoyatda”, ”juda” singari baho semasini ifodalovchi so’zlar qo’llaniladi. FBlarning emotsionalligi ularning turli xil his-tuyg’ulari, shaxs-predmetlarga nisbattan sub’yektiv munosabatlarini ifodalash bilan bog’liqdir. FBlarning emotsionalligi bir vaqtning o’zida ikki ma’noning reallashuvi va obrazlilik natijasida yuzaga chiqadi. Darhaqiqat, FBlar qo’rquv, shodlik, azoblanish, hayrat taajub kabi emotsional xususiyatlarni ifodalash imkoniyatiga ega. FBlar uchun xarakterli funksiyalardan bo‘lgan stilistik funksiya tarkibiga giperbolizatsiya hamda intensivlik funksiyasi ham kiradi. 4) Ekspressiv funksiya. “Ekspressiya” so’zi lotincha bo’lib, nutqning ta’sirchanlik faoliyatini ifodalaydi, bu xususiyat leksik, grammatik, va boshqa 59 vositalar yordamida yuzaga keladi. Masalan, FB tarkibidagi fonetik, leksik, grammatik o’zgarishlar ekspressivlik darajasini kuchayishiga olib keladi Yuqorida keltirilgan barcha funksiyalarni FBlar nutq momentida bir vaqtning o‘zida namoyon eta olmaydi. Ba’zi jihatlar doimiy, konstant vazifalar bo‘lsa, ba’zilari faqat ma’lum bir FBlar uchun xosdir. Tilning frazeologik fondida alohida o‘rin tutadigan, maqol va matallar uchun Download 367.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling