3 I bob. Fransuz frazeologizmlari alohida semantik stilistik birlik sifatida
Download 367.04 Kb. Pdf ko'rish
|
fransuzcha frazeologik birliklarning etimologik talqini
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa.....................................................................69
Xulosa...........................................................................................................72 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati...........................................................75 2 KIRISH Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatish yana ham rivojlandi. Respublikamizning viloyatlari, ko‘p shahar va tumanlari chet el sarmoyadorlari bilan birgalikda juda ko‘plab qo‘shma korxonalar ochildi. Bulardan tashqari, yurtimizda ko‘pgina xalqaro musobaqalarning o‘tkazilishi, xalqaro tashkilotlar, vakolatxonalarning rasmiy faoliyat olib borayotgani, mamlakatimizga kelayotgan sayyohlarning soni kundan- kunga ortib borayotgani xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirmoqda. Prezidentimiz I.A. Karimovning 2012-yil 10-dekabrdagi 1875-son qaroriga muvofiq chet tillarni o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatini yanada integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratildi 1 . “Hozirgi davrda chet tilini o‘rganish va o‘qitish katta e’tibor kasb etmoqda. Bu, albatta bejiz emas. Bugungi kunda jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashga intilayotgan davlatimiz uchun chet tillarni mukammal bilishning naqadar muhimligi mubolag‘a emas, zero xalqimiz o‘zining buyuk kelajagi chet ellik sheriklar bilan o‘zaro bog‘liq ekanini juda yaxshi biladi. O‘zbekiston jamiyatining milliy xususiyatlariga asoslangan va insoniyat qadr qimmatiga mos keluvchi, chet tilini tezroq o‘rganish metodini ishlab chiqishimiz kerak” 2 . Chet tillarni o‘rganish hamda o‘rgatishga berilgan bunday katta e’tibor fransuz tili sohasida yangidan-yangi tadqiqotlarni ochilishiga sabab bo‘lmoqda. Ma’lumki, kishilar o‘rtasidagi aloqaning eng muhim vositasi, ya’ni fikrni boshqalarga yetkazuvchi qurol bu tildir. Shu bilan birga tilda milliy madaniyatning o‘ziga xos oynasi bo‘lgan, uni saqlovchi, avloddan-avlodga yetkazuvchi vosita sifatidagi frazeologik iboralarni o‘rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi. U yoki bu xalq yashayotgan joyining tabiati, iqtisodiy tizimi, og‘zaki adabiyoti, badiiy adabiyoti, san’ati, fani, urf-odati aynan iboralar orqali avloddan-avlodga yetkazib beriladi. Frazeologik birliklar (keyinchalik FB) 1 Prezidentimiz I.A. Karimovning 2012-yil 10-dekabrdagi 1875-son qarori 3 obrazlilik va ekspressivlikni vujudga keltiruvchi murakkab vositalar bo‘lib, ular badiiy, siyosiy va publisistik matnlarning ifodaviy ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. Download 367.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling