3 I bob. Fransuz frazeologizmlari alohida semantik stilistik birlik sifatida


Download 367.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/35
Sana23.12.2022
Hajmi367.04 Kb.
#1048327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
fransuzcha frazeologik birliklarning etimologik talqini

Tadqiqot metodlari. Bu xususda ishda kompleks xarakterga ega bo‘lgan 
lingvistik tahlil metodlari keng o‘rin egallaydi. Bundan tashqari qiyosiy-tarixiy
qiyosiy tipologik va statistik metodlardan foydalanildi. Shuningdek, tadqiqot 
metodining asosiy salmog‘ini tipologik, semantik va tarjima metodlari tashkil 
qiladi. Tadqiqot oldiga qo’yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ishda
tasviriy, struktur va distibutiv tahlil qilish metodlaridan keng foydalanildi. 
  Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati.  Ushbu tadqiqotning nazariy
ahamiyati quyidagilar orqali belgilanadi: 
-fransuz 
tili 
frazeologizmlarini semantik–funksional xususiyatlarini 
tavsiflash; 
-fransuz frazeologiyasining hozirgi zamon tilshunosligida tutgan o’rnini 
hamda frazeologiyaning tilning boyish manbai ekanligini tavsiflash
- fransuzcha frazeoligik birliklarning etimologiyasini o’rganish;
- frazeologik birliklarni kommunikativlikning eng asosiy ko’rinishlaridan 
biri ekanligini tavsiflash. 
Tadqiqotning 
amaliy qiymati 
hozirgi 
zamon fransuz tilidagi 
frazeologizmlarining etimologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Shuningdek, 
o‘tkazilgan tadqiqot natijalaridan ixtisoslashgan o‘quv yurtlarida, bakalavrlikning 
barcha bosqichlarida fransuz tili o‘qitish amaliyotida leksikologiya fanidan 
nazariy kurslarni o‘qitishda, matn tahlili va stilistika fanlarining amaliy 
mashg‘ulotlarida foydalanish tavsiya qilinadi. 
 Ish tuzilmasining tavsifi. Tadqiqot oldiga qo‘ygan asosiy maqsadga 
erishish barobarida ishda kuzatilgan masalalarning ma’noviy jihatdan izchillik
asosidagi ketma-ketlik tarzda o‘rganilishi ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Dissertarsiya kirish, uchta bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Birinchi 



bob uchta paragraf, ikkinchi bob ham uchta paragraf va uchinchi bob ikkita 
paragrafdan tashkil topgan.
Kirish qismida magistrlik dissertatsiyasining oldiga qo‘ygan maqsad va 
vazifalar, mavzuning dolzarbligi, ishning amaliy va nazariy ahamiyatini
belgilovchi omillar, himoyaga olib chiqilgan asosiy holatlarning umumiy tavsifi
to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tilgan. 
Birinchi bobda frazeologiyaning rivojlanish tarixi, frazeologik birliklarning
o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, frazeologiyaning umumiy lingvistik
mohiyati borasida fikr boradi.
Ikkinchi bobda fransuz tilidagi frazeologizmlarining etimologiyasi va 
ularning kelib chiqishidagi asosiy omillarga e’tibor qaratiladi va ular ma’lum
bir etimologik xususiyatlariga ko‘ra tahlil qilinadi.
Uchinchi bobda esa FBlarining funksional xususiyatlari hamda ularning 
okkazional qo‘llanilshdagi o‘ziga xosliklari yoritiladi.  

Download 367.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling