3 I bob. Fransuz frazeologizmlari alohida semantik stilistik birlik sifatida
Download 367.04 Kb. Pdf ko'rish
|
fransuzcha frazeologik birliklarning etimologik talqini
Tadqiqot ob’yekti va predmeti. Tilshunoslikning frazeologik qatlami
mazkur ishimizning tadqiqot ob’yekti sifatida xizmat qiladi. Tadqiqot predmeti sifatida esa leksikologiyaning bir bo‘limi hisoblangan frazeologiya fanini keltirish mumkin. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi fransuz tilidagi FBlar etimologiyasini, ularga xos semantik-funksional xususiyatlarni o‘rganish va ularni struktur-semantik jihatdan talqin qilishdir. Ushbu qo‘yilgan maqsad quyidagi vazifalar yechimini taqozo etadi: 1) frazeologiyaning tilshunoslik sohasida o‘rganilish masalalarini ko‘zdan kechirish; 2) fransuz tilida FBlarning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflash hamda frazeologizmlarini semantik turkumlarga ajratish; 3) FBlarning etimologik ma’nosini va ularga xos funksional stilistik buyoqdorligi tarkibini tavsiflash mezonlarini aniqlash; 4) ko’p ma’noli frazeologizmlarining semantik tarkibi bilan stilistik buyoqdorligi o‘rtasidagi munosabatni, omonim, sinonim, antonim FBlarning o‘ziga xos semantik-funksional xususiyatlarini tahlil qilishda etimologik xususiyatlarning ahamiyatini tavsiflash; 5) FBlarning kelib chiqish xususiyatlari orqali ularning matnda qo‘llanilish usullarini tahlil qilish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Frazeologiya bo‘yicha shu kungacha juda ko‘plab tilshunos olimlar izlanishlar olib borishgan. Ushbu tadqiqotlar ichida esa asosan, bugungi kunda FBlar etimologiyasi tahliliga kam e’tibor berilgan. Ushbu tadqiqot ishi fransuzcha FBlar etimologiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning natijalari asosida tilshunoslikdagi ayrim frazeologik muammolar o‘z echimini topishi mumkin. Xususan, birgina fransuz tili doirasida olib borilgan ushbu tadqiqot natijasida erishilgan umumiy faraz va xulosalar orqali FBlarga 5 xos etimologik xususiyatarning FBlar semantikasida tutgan o‘rnini aniqlashga yordam berishi hamda ularni matn doirasida tushunish imkoniyatlarining bir ko‘rinishi ekanligi shular jumlasidandir. Download 367.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling