3 I bob. Fransuz frazeologizmlari alohida semantik stilistik birlik sifatida


Download 367.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/35
Sana23.12.2022
Hajmi367.04 Kb.
#1048327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
fransuzcha frazeologik birliklarning etimologik talqini

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Ushbu tadqiqot ishining mavzusi 
o’tmishda ham bugungi kunda ham dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelgan. 
Buning sababi shundaki, frazeologiyaning alohida fan sifatida shakllanishi qariyb 
ikki asrni o‘z ichiga oladi. Tilshunoslik sohasida frazeologiyani alohida 
o‘rganilishi uchun ilk qadamni mashhur tilshunos Sharl Balli qo‘ygan bo‘lsa, 
keyinchalik rus tilshunoslari B.A.Larrin, A.V.Kunin, V.V.Vinogradov, 
N.N.Amosovalar tomonidan bu sohaga chuqur yondashilgan. Hozirgi kunda
frazeologiya borasidagi tadqiqot ishlari tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari 
doirasida yanada kengroq tadqiq etilmoqda. Xususan, ularga xos 
pragmalingvistik, kognitiv va lingomadaniy xususiyatlar ko‘plab zamonaviy 
frazeologlarni qiziqtirib kelmoqda.
FBlar o‘zlariga xos xususiyatlariga ko’ra so‘z birikmalari, sodda va 
qo‘shma gaplardan ajralib alohida bir turni tashkil qiladi, ya’ni FBlarda so‘z, so‘z 
birikmalari va gapning zid qo‘yilish belgilari ma’lum ma’noda neytrallashib, 
dialektik birlashadi, yaxlit holatda yuzaga chiqadi. Shuning uchun bugungi kunda 
rivojlanib kelayotgan sistem tilshunoslikda turli xildagi so‘z yasash qoliplari, 
semantik-funksional reja asosida olingan frazeologizmlar orasidagi sistem 
aloqalarni o‘rganilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot ishining asosiy dolzarbligi shundaki, bugungi kunda fransuz 
frazeologiyasida keng tarqalgan frazeologizmlarining kelib chiqish tarixi, ya’ni 
etimologiyasi ularni lingvo-kulturologik jihatdan talqin qilish, semantik 
xususiyatlarini pragmatik va kognitiv nuqtai nazardan tadqiq qilish, ularga xos 
turli ma’no munosabatlari, ularning nutq momentida qo‘llanilish funksiyalari va
ularni to‘liq tushunishda paydo bo‘ladigan ayrim nomutanosibliklar 
muammosidagi ayrim masalalar echimiga imkon beradi. Frazeologizmlarining 
etimologiyasi va semantik tahlilini berish va larning stilistik-funksional 
xususiyatlarini tavsivlash bugungi kun muammolaridan biri sifatida qo‘yilishining 



asosiy 
sababi tilshunoslikning va til sohasining rivojlanishi, yangi 
ma’lumotlarning muhokama etilayotgani, shuningdek, aynan nutqda qo‘llanilishi 
va shu soha yuzasidan olib borilgan ishlarning kamchilikni tashkil qilishidadir. 

Download 367.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling