3 I bob. Fransuz frazeologizmlari alohida semantik stilistik birlik sifatida


Download 367.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/35
Sana23.12.2022
Hajmi367.04 Kb.
#1048327
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Bog'liq
fransuzcha frazeologik birliklarning etimologik talqini

Stilistik funksiya- FBlarning aksariyati uchun xarakterli jihat hisoblanadi. 
Chunki FBlarda denotativ ma’no bilan bir qatorda konotativ element ham ishtirok 
etgan bo‘ladi. Bu esa nutq momentida FBlarning o’ziga xos stilistik vazifani 
ifodalab kelishini ko’rsatadi. 
FBlarning uslubiy funksiyalari xilma-xil va rang-barangdir, ularning 
ayrimlari tabiiy bo’lib, FBning ichki tabiatidan kelib chiqadi. Qolganlari esa 
individual xarakterga ega bo’lib, u yoki bu so’z san’atkorining estetik mahorati, 
xohish irodasi, til vositalaridan foydalanishdagi novatorligi bilan aloqadordir, 
shulardan birinchisini FBlarning lisoniy, uzual uslubiy funksiyalari deb, 
keyingilarini esa nutqiy okkazional uslubiy funksiyalari deb nomlash mumkin. 
FBlarning uzual uslubiy funksiyalari FBlar uchun umumiy, doimiy bo’lib, 
har qanday matnda reallashadi va ular FBlarning o’ziga xos kategorial 
xususiyatlari bilan aloqadordir. 
Rus tilshunosi S.G. Gavrin rus tilida FBlarni tahlil qilganda, ularning 
bir necha funksiyalari mavjudligini ko‘rsatib bergan
1
.
1
Гаврин 


58 
1) Nutqni ixchamlashtirish funksiyasi. FBlar ayniqsa gap shakliga ega 
bo’lgan FBlar nutqni ixchamlashtirish xususiyatiga ega.
2) Obrazli ifodalash funksiyasi. Ko'pgina FBlar konkret, ko’rgazmali tasvir 
uchun xizmat qiladi, shaxs predmet, voqea hodisaning obrazli ifodasi bo’lib keladi. 
Masalan, bunday FBlar badiiy va publisistik nutqda metaforalar, o’xshatishlar 
bilan bir qatorda obrazlilik hosil qilishga bo’ysundiriladi. Obrazli ifodalash 
funksiyasi ichki ta’sirchan shaklga obrazli tasavvurga ega bo’lgan FBlar uchun 
ko’proq xarakterlidir. Ba’zan FBlar muayyan tushunchani obrazli nomlab, ifodalab 
qolmasdan butun matnga kuchli obrazlilik “radiatsiya” baxsh etadi. 
3) Baholash funksiyasi. FBlarning turli strukturali tillari uchun biror 
predmet yoki voqea-hodisani nomlash bilan birga ularga salbiy yoki ijobiy baho 
berish funksiyasi ham xaraktelidir. Ba’zi hollarda FBlarning baholash funksiyasi 
undagi nominativ funksiyani keyingi planga o’tkazsa, ba’zan esa FBlarda 
nominativ ma’no ustunlik qiladi. FBlarni ekspressiv-baho bo‘yog‘i tarkibini 
baholash, emotsionallik va ekspressivlik tashkil etadi. Baholash deganda predmet 
yoki shaxsga nisbattan salbiy yoki ijobiy tavsif berish tushuniladi. FB ma’nosini
talqin qilganda baholash xususiyati albatta ishtirok etadi. Agar FBlarning semantik 
strukturasida baholash semasi bo’lsa, o‘sha iboraning struktur–grammatik 
qurilishidan qat’iy nazar FB ga izoh sifat orqali beriladi yoki bu izoh tarkibida 
nihoyatda”, ”juda” singari baho semasini ifodalovchi so’zlar qo’llaniladi.
FBlarning emotsionalligi ularning turli xil his-tuyg’ulari, shaxs-predmetlarga 
nisbattan sub’yektiv munosabatlarini ifodalash bilan bog’liqdir. FBlarning 
emotsionalligi bir vaqtning o’zida ikki ma’noning reallashuvi va obrazlilik 
natijasida yuzaga chiqadi. Darhaqiqat, FBlar qo’rquv, shodlik, azoblanish, hayrat 
taajub kabi emotsional xususiyatlarni ifodalash imkoniyatiga ega. FBlar uchun 
xarakterli funksiyalardan bo‘lgan stilistik funksiya tarkibiga giperbolizatsiya 
hamda intensivlik funksiyasi ham kiradi. 
4) Ekspressiv funksiya. “Ekspressiya” so’zi lotincha bo’lib, nutqning 
ta’sirchanlik faoliyatini ifodalaydi, bu xususiyat leksik, grammatik, va boshqa 


59 
vositalar yordamida yuzaga keladi. Masalan, FB tarkibidagi fonetik, leksik, 
grammatik o’zgarishlar ekspressivlik darajasini kuchayishiga olib keladi 
Yuqorida keltirilgan barcha funksiyalarni FBlar nutq momentida bir 
vaqtning o‘zida namoyon eta olmaydi. Ba’zi jihatlar doimiy, konstant vazifalar 
bo‘lsa, ba’zilari faqat ma’lum bir FBlar uchun xosdir. 
Tilning frazeologik fondida alohida o‘rin tutadigan, maqol va matallar uchun 

Download 367.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling