3 I. Bob Iogan Sebastian Bax hayot yo’li


Download 84.95 Kb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi84.95 Kb.
#1534994
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
aaaa kurs ishi



Mavzu : Iogan Sebastian Baxning polifoniyasi va garmoniyasi
Mundarija:
Kirish..........................................................................................3
I. Bob Iogan Sebastian Bax hayot yo’li......................................4
1.1 Ijodiy yo'lining boshlanishi..................................................6
1.2 Leypsig. I.S.BAX..................................................................9
II. Bob Klavir ijodi ....................................................................12
2.1 Yaxshi temperatsiyalangan klavir...................................13
2.2 Asosiy asarlari................................................................18
III. Xulosa..................................................................................20
IV. Foydalanilgan adabiyotlar......

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Musiqada “mumtoz”, ya’ni, “klassika” tushunchasi dastlab Yevropa xalqlarining buyuk kompazitorlari ijodiga nisbatan baho berib, qo’llanilgan edi. Keyinchalik esa “klassika” atamasi jahonning ko’plab xalqlari madaniyati, adabiyotida yaratilgan, davr va vaqt sinovidan o’tgan, ko’pchilik, keng xalq ommasi tomonidan tan olingan, e’tirof etilgan ijod namunalariga ham qo’llaniladigan bo’ldi. Shu singari o’zbek musiqasi san’atida ham xalqimizning milliy qadriyatlariga aylanib ulgurgan xalq ashulalari (mumtoz deb ataluvchi qo’shiqlar), katta ashula, dostonlar va maqomlar (Shashmaqom, Xorazm maqomi, Toshkent – Farg’ona maqom yo’llari) hamda ular ta’sirida yaratilgan kuy – qo’shiqlar, ya’ni og’zaki an’anadagi professional janrlardagi asarlarga nisbatan qo’llanila boshlandi.
San’at asarlarida inson o'zini o‘rab turgan hayot haqida hikoya qiladi. Poeziya yoki tasviriy san’at kabi musiqa ham boy va turli-tuman dunyoni ko'rish va tushunib yetishga yordam beradi. U haqqoniy va afsonaviy voqealar haqida hikoya qilishi, tabiat manzarasini tasvirlashi, poyezd harakati yoki quvnoq olomon shovqiniga taqlid qilishi mumkin. Lekin musiqaga, ayniqsa, odamlar kayfiyati, ulaming his-tuyg‘ulari va kechinmalarini ifodalash xosdir.
Qo‘shiq, romans, xor ijrosining mazmunini osonlik bilan gapirib berish mumkin. Bu yerda mazmun doimo aniq va ravshan, chunki musiqa so‘zlar bilan birgalikda sadolanadi. Opera yoki baletda teatr sahnasida muayyan voqealar sodir bo'ladiki, ulami ko‘rib, kuzatish mumkin. Ammo alohida cholg‘u asbobi yoki orkestr uchun yozilgan asarlarda mazmun faqatgina musiqa tovushlari orqali ochib beriladi.

Download 84.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling