3 I. Bob Iogan Sebastian Bax hayot yo’li


Download 84.95 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi84.95 Kb.
#1534994
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
aaaa kurs ishi

II. Bob Klavir ijodi
I.S.Bax asarlarining ko‘pchiligi polifonik uslubda yozilgan. “Polifoniya” - yunoncha so‘z. U o’zbek tiliga tarjima qilinganda “ko‘p ovozlilik” ma'nosini anglatadi. Polifonik musiqada har bir ovoz kuy jihatidan mustaqil, shuning uchun hamma ovozlar ifodali va kuychan. Bax polifoniyasining mohiyati to‘g ‘risida rus musiqa tanqidchisi A.N.Serov (P.Chaykovskiy, N.Rimskiy-Korsakov, M.Musorgskiy zamondoshi) juda yaxshi fikr bildirgan: “l.Bax buyuk, balki eng buyuk melodist bo'lib qolaveradi. Faqat u bitta emas, balki ko'p ovozlami birdaniga kuylashga majbur qilishni sevadi, bitta kuy ipini emas, balki butun kuy matosini yaratadi”. Polifoniyada kuy rivojlanishining asosiy vositalaridan biri imitatsiyadir. Lotin tilidan “imitatsiya” so'zining taijimasi “taqlid qilish” ma’nosini anglatadi. Musiqada bu ovozlarning navbatma-navbat tushishi bo'lib, unda har bir ovoz oldingisiga o'sha kuyni bir muncha kechga qolgan holda go'yo taqlid qiladi. Misol uchun re minor invensiyasining boshlanishidagi imitatsiya
Imitatsiya kuy harakati to‘xtovsizligiga yordam beradi, bu narsa polifonik musiqaning o ‘ziga xos xususiyatlaridandir. Shu sababli unga hamma ovozlar uchun bir vaqtning o‘zidagi pauzalar, kadensiyalar xosdir.
Polifonik uslubdagi musiqa I.Bax davridan ancha oldin mavjud bo'lgan. Italiya kompozitori va organchisi J.Freskobaldi, nemis kompozitori, organchisi va klavesinchisi I.Froberger polifonik san’atning zo'r ustalari bo'lishgan. I.Bax ijodiyotida polifoniya o ‘zining eng yuqori badiiy mukammalligiga erishdi. Shu bilan bir vaqtning o ‘zida uning ijodida boshqacha, o ‘sha davr uchun yangi bo'lgan musiqa uslubi - gomofoniyaning xususiyatlari namoyon bo'ldi. Polifoniyadan farqli o'laroq, gomofon musiqasida bitta ovoz birinchi darajali ahamiyatga ega, boshqa barcha ovozlar esa unga bo'ysunadi va jo'm avozlik qiladi. Gomofon musiqasining eng oddiy misoli sifatida kuy va jo'rnavozlik mavjud bo'lgan qo'shiqni keltirish mumkin.“simfoniyalar”da kuzatish mumkin. Ayniqsa ikki ovozli invensiyalarda imitatsiyali uslubni yaqqol ko'rish mumkin. Kompozitor tomonidan bunday polifonik pyesalar jami o'n beshta yozilgan. Invensiyaning asosini odatda qisqa, lekin juda ifodali mavzu tashkil qiladi. Do major - birinchi invensiyada bu oddiy kuy bo'lib, avvaliga do major gammasining tovushlari bo'ylab tuzilgan. Mavzu yorqin ifodali kvinta xitobi bilan yakunlanadi. Kuy osoyishta, salmoqli, juda mayin va ravon sadolanadi.
I.Bax oltita “Fransuzcha” va oltita “Inglizcha'' suitalar, shuningdek, o'zining tuzilishi bo'yicha suitalarga o ‘xshash oltita partitalar yozdi. Kompozitorning vafotidan keyin suitalar o'z nomlanishiga ega bo‘ldi.Fransuzchadan taijimada “suita” so‘zi “qator”, “ketma-ketlik” ma’nosini anglatadi. I.Bax zamonida suita qator mustaqil pyesalar - raqslardan tashkil topgan musiqiy asar bo‘lgan. To'rtta raqs: allemanda, kuranta, sarabanda va jiga suitaning asosini tashkil qilgan. Sarabanda va jiga o'rtasiga, odatda, qo‘shimcha raqsona pyesalar: menuet, gavot, burre va boshqalar kiritilgan. Har bir qismning mustaqilligiga qaramasdan, suita yaxlit musiqa asari sifatida qabul qilinadi. Barcha pyesalami bir xildagi, yagona tonallik birlashtiradi. Raqslaming joylashuvi ham muhim ahamiyatga ega. 0‘rta va og‘ir harakatli raqslar tez harakatlilari bilan almashib turadi. Bunday qonuniyat shuningdek, ulami yagona yaxlitlikka birlashtiradi.
Polifonik uslubni I.Baxning pedagogik maqsadlarda kichik yoshdagi o'g'illari uchun yozgan ko'pgina uncha katta bo'lmagan asarlari - kichik preludiya, fugalar, invensiyalar, “simfoniyalar”da kuzatish mumkin. Ayniqsa ikki ovozli invensiyalarda16 imitatsiyali uslubni yaqqol ko'rish mumkin.
Kompozitor tomonidan bunday polifonik pyesalar jami o'n beshta yozilgan. Invensiyaning asosini odatda qisqa, lekin juda ifodali mavzu tashkil qiladi. Do major - birinchi invensiyada bu oddiy kuy bo'lib, avvaliga do major gammasining tovushlari bo'ylab tuzilgan. Mavzu yorqin ifodali kvinta xitobi bilan yakunlanadi. Kuy osoyishta, salmoqli, juda mayin va ravon sadolanadi
Imitatsiya uslubidagi polifonik musiqada asosiy kuy ko'proq asarning boshlanishida bir ovozda sadolanadi. Yuqori ovozda sadolangandan keyin do m ajor invensiyasining mavzusi oktava pastda paydo bo'ladi, unga ikkinchi ovoz taqlid qiladi.
Ikkinchi ovoz boshlanishi bilan birinchi ovoz harakatni to'xtatmaydi, u endi boshqa ovoz kuylayotgan mavzuning ifodaliligini bo'rttirib beradi. Kuyning bunday davom ettirilishi qarshi tuzilma deyiladi.Keyinchalik boshqa tonal bo'yoqlar, bay on etishning turli uslublari mavzuni faollashtiradi, uni yanada qudratliroq qiladi.
Invensiyada mavzu birorta ham ovozda sadolanmaydigan musiqa tuzilmalari uchrab turadi. Bunday parchalar i n t e r m e у e d i у a I a r deb ataladi, chunki ular mavzular o'tkazilishi о r a l i g ‘ i d a joylashgan bo‘ladi. Intermediyalar ko‘p hollarda mavzuning alohida kuy aylanmalariga tuziladi, ammo mavzu yaxlitligicha ularda sadolanmaydi.Pyesa asosiy tonallik - do majorda tugaydi. Shunday qilib, bitta mavzu butun asarning asosini tashkil etadi, bu esa polifonik musiqaga juda xos bo‘lgan xususiyatdir.Fa major invensiyasi (sakkizinchi) butunlay boshqacha turda. Bu yerda, birinchi invensiyadagi kabi, butun pyesaning xarakterini bitta mavzu belgilab beradi. Do major invensiyasining mavzusidan farqli o'laroq, u harakatchan, quvnoq. Kuy yuqoriga intiluvchi uchtovushliklar bo‘ylab yengil, keskin sakramalarga qurilgan va trubaning da’vatli xitobini eslatadi
Yuqori ovozdagi bir ovozli mavzuga uni oktava pastda taqlid qiluvchi quyi ovoz “javob beradi”. Biroq pastki ovoz faqatgina mavzuga emas, balki uning davomiga ham taqlid qiladi. Bunday to‘xtovsiz imitatsiya к a n о n l i yoki oddiygina к a n о n deb ataladi.
Keyingi musiqiy rivojlanish birinchi invensiyadagi mavzu rivojlanishiga o’xshash tarzda kechadi Avval aytib o'tilganidek, ikki ovozli invensiyalar I.Bax tomonidan uning o ‘g ‘li Vilgelm Fridemanga atab yozilgan edi. Keyinroq I.Bax shu tonalliklarda yana o ‘n beshta pyesa yaratdi, ular uch ovozli bayonda bo'lib, I.Bax ulami “simfoniyalar”deb atadi.Si minor invensiyasi (N 15) o ‘zining lirik hayajoni, harakatchanligi bilan ajralib turadi. Uning mavzusi o ‘ziga xos mungli iltijo bilan sadolanadi:
Qolgan “simfoniyalar”dagi kabi, mavzuning birinchi o'tkazilishi (invensiyalarga o ‘xshab) bir ovozli kuylashda berilmagan, u bir yo‘la ikki ovozli tarzda sadolanadi. Mavzuning ikkinchi marta o ‘tkazilishida pastki ovozda qarshi tuzilma aynan takrorlanadi, saqlab qolinadi. В unday qarshi tuzilma saqlab q о l i sh deyiladi. Uchinchi o'tkazilish o'rta ovozga topshiriladi, lekin bu yerda mavzu to‘la sadolanmaydi.Uncha katta bo‘lmagan intermediya (arpedjioli passajlar) “simfoniya”ning ikkinchi bo‘limiga olib keladi, bu yerda mavzu boshqa tonalliklarda sadolanadi (re major, lya major, mi minor).Si minor tonalligiga qaytilganda “simfoniya”ning uchinchi bo'limi boshlanadi. Bu safar mavzu biror marta ham paydo bo‘lmaydi, balki ulaming ayrim parchalari, qarshi tuzilma va intermediyalaming ohanglari rivojlantiriladi. Asosiy tonallikning uzoq vaqt sadolanishi “simfoniya”ni yakunlaydi, bu bilan u uch qismli shaklga ega bo'ladi.Buyuk I.Baxning polifonik mahorati nafaqat o'zining ixtirosi va mavzu rivojlanishining turli-tumanligi bilan, balki ko‘proq bitta mavzuning rivojlantirishga asosiangan musiqasining chuqur ifodaliligi bilan ham kishini xayratga soladi.Do minor fransuzcha suitaI.Bax oltita “Fransuzcha” va oltita “Inglizcha'"0” suitalar, shuningdek, o'zining tuzilishi bo'yicha suitalarga o'xshash oltita partitalar yozdi. Kompozitorning vafotidan keyin suitalar o ‘z nomlanishiga ega bo‘ldi.
Fransuzchadan taijimada “suita” so‘zi “qator”, “ketma-ketlik” ma’nosini anglatadi. I.Bax zamonida suita qator mustaqil pyesalar - raqslardan tashkil topgan musiqiy asar bo‘lgan. To'rtta raqs: allemanda, kuranta, sarabanda va jiga suitaning asosini tashkil qilgan. Sarabanda va jiga o'rtasiga, odatda, qo‘shimcha raqsona pyesalar: menuet, gavot, burre va boshqalar kiritilgan. Har bir qismning mustaqilligiga qaramasdan, suita yaxlit musiqa asari sifatida qabul qilinadi. Barcha pyesalami bir xildagi, yagona tonallik birlashtiradi. Raqslaming joylashuvi ham muhim ahamiyatga ega. 0 ‘rta va og‘ir harakatli raqslar tez harakatlilari bilan almashib turadi. Bunday qonuniyat shuningdek, ulami yagona yaxlitlikka birlashtiradi.Allemanda to'rt hissali qadimgi nemischa raqs bo‘lib, XVI asrlarda mavjud edi. Allemanda tantanali guruhli raqs bo‘lgan. XVII asrda u raqsona pyesa sifatida suitaga kiritildi.
I.Baxning do minor suitasida allemanda yumshoq, ohista sadolanadi. Uning ovozlari kuychan va ohangdor. Polifonik bayon uslubiga qaramasdan, bu yerda bosh rolni yuqori ovoz o ‘ynaydi. Allemandaga takt oldi bilan boshlanish xosdir. Kuranta - fransuzcha harakatchan uch hissali raqs. Qadimda u juftlik raqs sifatida ijro etilgan. Allemandaga o'xshab, do minor suitasida kuranta takt oldi bilan boshlanadi. U ikki ovozli bayonda sadolanadi. Ikkinchi ovozning tushishi har safar birinchi ovozdagi pauzaning eshitilishiga “xalaqit” beradi, shu tufayli kuy harakatining to'xtovsizligiga erishiladi. Ko‘p pianinochilar forte va piano sadosining keskin farqlanishini e’tirof etadilar, bu bilan ular go'yo klavesindagi
ikkita klaviatura mavjudligiga ishora qiladilar, l.Bax esa bu asarni klavesinga mo'ljallab yozgan. Sarabanda - bu uch hissali, og‘ir tantanali yurish xarakteridagi ispancha raqs. Ba’zan sarabandalar motam xarakterida bo‘lib, hatto qahramonlar, mashhur insonlami dafn etish marosimlarida ijro etilgan.
I.Baxning sarabandasi bir maqsadga qaratilgan va munglitantanavor. Pastga yo‘nalgan bas fonida juda ifodali kuy sadolanadi, u nafis, go‘zal “naqsh” bilan boyitilgan. Allemandadagi kabi, bu yerda boshqa ovozlardagi akkordlaming ravon harakati bilan qo'llab-quvvatlangan yuqori ovoz bosh ahamiyat kasb etadi:
Do minor suitasida sarabanda va jiga orasida ariya va menuet sadolanadi. Avvallari “ariya” so‘zi “qo‘shiq” ma’nosini anglatgan. Keyinchalik orkestr bilan ovoz uchun murakkab kompozitsiyani ariya deb atay boshlashdi. I.Bax suitasida “ariya” yumshoq, kuychan xarakterdagi pyesani bildiradi. Menuel - qadimgi fransuz raqsi. Bu raqsga tushayotgan juftliklar harakatida bir-birlariga, shuningdek, atrofdagi tomoshabinlarga qarata ta’zimlar, olqishlar va reveranslar bo'lgan. l.Bax menueti o'rtacha tempda, juda sodda sadolanadi. Uning kuyi nafisligi bilan ajralib turadi, biroq unda o'sha davr menuetlariga xos bo'lgan melizmli bezaklar yo'q.
J i g a - bu qadimiy xalq raqsi. U, ayniqsa, Angliya, Irlandiya, Shotlandiyada keng tarqalgan edi. Inglizcha jiga - matroslar raqsi bo'lib, birmuncha qo'polroq va juda quvnoq. Suitani yakunlovchi raqs sifatida u boshqa qismlarga nisbatan eng tez tempda ketadi. Do minor suitasining jigasi jonli, harakatchan sadolanadi. Punktirli (o'ziga xos) ritm pyesaning boshidan oxirigacha davom etadi va musiqaga ta’kidli aniq xarakter ato etadi. Jiga kurantaga o'xshab ikki ovozli yagona bo'lgan do minor tonalligi bilan birlashtirilgan.
Templarning qarama-qarshiligi bu yerda fakturaning qonunqoidali almashinuvi bilan uyg'unlashadi: allemanda va sarabandada yuqori ovoz yetakchilik qiladi, kuranta va jigada ovozlar teng huquqqa ega.

Download 84.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling