3 I. Bob Iogan Sebastian Bax hayot yo’li


Download 84.95 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi84.95 Kb.
#1534994
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
aaaa kurs ishi

1.2 Leypsig. I.S.BAX
l.Bax 1723-yilda Kyotendan Leypsig shahriga keldi, bu yerda u umrining oxirigacha qoldi. Ushbu shaharda u avliyo Foma cherkovi qoshidagi qo'shiqchilar maktabida kantor (xor rahbari) vazifasini egalladi. l.Bax maktabning kuchi bilan shaharning asosiy cherkovlarida xizmat qilishi va cherkov musiqasining ahvoli hamda sifatiga javob berishi lozim edi. U o'zi uchun noqulay sharoitlarida ishlashga majbur bo'ldi. O'qituvchi sifatida kantorlik, tarbiyachi va kompozitorlik vazifalari bilan birga uning majburiyatlariga quyidagilar ham yozib qo'yilgan edi: “Shahardan burgomistming ruxsatisiz chiqib ketish mumkin emas”. Avvalgidek, uning ijodiy imkoniyatlari chegaralab qo'yilgan edi. l.Bax cherkov uchun “judayam uzun bo'lmagan, shuningdek... operaga o'xshash, biroq tinglovchilarda ixlos uyg'otuvchi” musiqa bastalashi kerak edi. Lekin l.Bax, har doimgidek, ko'p narsalardan voz kechib, o'zining badiiy qarashlarini barcha narsadan ustun qo'ydi. Butun hayoti davomida u o'zining chuqur mazmuni va ichki boyligi bo'yicha ajoyib asarlar yozdi.
Bu safar ham shunday bo'ldi. Leypsigda l.Bax o'zining eng yaxshi vokal-cholg'u asarlarini yaratdi: kantatalarining ko'proq qismi shu yerda yozilgan (l.Bax tomonida jami 250 ga yaqin kantatalar yaratilgan), “Ioanndan iztiroblar”, “Matfeydan iztiroblar”, si minor Messasi. “Iztiroblar” yoki “passionlar” (lotincha “passio” - “iztiroblar”) - bu Iso payg'ambaming azoblanishi va o'limi haqida yevangelistlar Ioann va Matfeylar hikoyasidir. Messa o'zining mazmuni bo'yicha “Iztiroblar”ga yaqin turadi. Avval Messa ham, “Iztiroblar” ham katolik cherkovda xor ijrosida kuylanardi. Baxning bu asari cherkov xizmati chegarasidan uzoqqa chiqib ketadi. I.Baxning Messa va “Iztiroblar”i - bu konsert xarakteridagi monumental asarlardir. Ularni ijro etishda yakkaxonlar, xor, orkestr, organ ishtirok etadi. O‘zining badiiy ahamiyati bo'yicha kantatalar, “Iztiroblar” va Messa kompozitor ijodining eng yuksak uchinchi cho'qqisini tashkil qiladi.
Cherkov rahbariyati I.Baxning musiqasidan ochiqchasiga norozi edi. Oldingi yillari kabi, bu musiqani o'ta yorqin, dabdabali, dunyoviy (insoniy) deb hisoblashardi. Haqiqatan ham, I.Baxning musiqasi cherkov sharoitiga javob bermas, ko'proq uning tarkidunyochilik siyosatiga qarama-qarshi edi.Yirik vokal-cholg'u asarlar qatorida I.Bax klavir uchun musiqa yozishni davom ettirdi. Messa bilan deyarli bir vaqtning o'zida mashhur “Italyancha konsert” yaratildi. Keyinroq I.Bax “Yaxshi temperatsiyalangan klavir”ning ikkinchi jildini yozib tugatdi, undan 24 ta yangi preludiya va fugalar o'rin egalladi.Ulkan ijodiy ish va cherkov maktabidagi xizmatdan tashqari, T.Bax shahaming “Musiqa kollegiyasi” faoliyatida faol qatnashardi. Bu shaharliklar uchun dunyoviy (cherkov musiqasi emas) musiqa konsertlarini tashkil qiluvchi musiqa ixlosmandlarining jamiyati edi. “Musiqa kollegiyasi” konsertlarida I.Bax yakka ijrochi va dirijor sifatida katta muvaffaqiyat bilan ishtirok etardi. Jamiyatning konsertlariga atab u dunyoviy xarakterdagi ko'plab orkestr, klavir va vokal asarlarini yaratdi.
Biroq I.Baxning asosiy ishi - qo'shiqchilar maktabining rahbarligi - unga faqat xafagarchihk va ko'ngilsizliklar keltirardi. Cherkov tomonidan maktab uchun ajratiladigan mablag' shu darajada kam ediki, qo'shiqchi bolalaming doim qornilari och, kiyimlari bir holatda edi. Qo'shiqchi bolalar I.Baxning fikri so'ralmasdan maktabga qabul qilinardi. Maktak orkestrining tarkibi juda kamchilikni tashkil etardi: to'rtta truba va to‘rtta skripka!
I.Bax tomonidan maktab uchun yordam so‘rab shahar rahbariyatiga yozilgan arizalar e’tiborsiz qolib ketardi. Barcha kamchiliklar uchun esa kantor javob berishi kerak edi. Avvalgidek uning uchun yagona quvonch ijod qilish va uning oilasi edi. Katta bo'lib qolgan o'g'illari: Vilgelm Frideman, Filipp Emmanuil, Iogann Xristian iqtidorli musiqachi bo‘lib yetishdilar. Otalarining hayotligi davridayoq ular taniqli kompozitorlar bo'ldilar. Kompozitoming xotini Anna Magdalena Bax yuqori musiqiy iqtidorga ega edi. Uning ajoyib eshitish qobiliyati bo‘lib, go‘zal, kuchli soprano sohibasi edi.I.Baxning katta qizi ham yaxshi qo‘shiq aytardi. Shu sababli uning xonadonida tez-tez musiqa yangrab turardi.
Kompozitor hayotining so'nggi yillarida jiddiy ko‘z kasalligiga duchor bo‘ldi. Muvaffaqiyatsiz operatsiyadan so‘ng I.Bax ko‘rmay qoldi. Ammo shunday holatda ham u o'z asarlarini yozib olish uchun ko‘rsatmalar berib, ijod qilishni davom ettirdi. I.Baxning o ‘limi shov-shuvsiz, sezilarsiz sodir bo‘ldi. Uni tez orada unutib yubordilar. I.B'axning rafiqasi va kichik qizining taqdiri qayg‘uli kechdi. Anna Magdalena o'n yildan so'ng qashshoqlar uyida vafot etdi. Kichik qizi Regina kambag‘alchilikda umr kechirdi. Og‘ir hayotining so‘nggi yillarida unga Betxoven yordam berdi.

Download 84.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling